Amir Temur hayoti va faoliyati. Sohibqiron Amir Temur

0

Амир Темур ҳаёти / хаёти ва фаолияти. Соҳибқирон Амир Темур.


Amir Temur hayoti va faoliyati

Amir Temur 1336-yil 9-aprelda hozirgi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi.

Uning otasi Amir Tarag‘ay Bahodir o‘zbeklarning barlos urug‘i va Kesh viloyatining nufuzli amirlaridan biri bo‘lgan.

Amir Temur Тамерлан
Amir Temur

Onasi Takina Mohbegim Buxoroning yetuk ilm ahli xonadonlaridan birining qizi bo‘lgan. Amir Temurning yoshligi Shahrisabzda o‘tdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish va harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. U o‘z davrining ilmlarini puxta egalladi. Otasining piri shayx Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak boTib voyaga yetdi.

17 уоshida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan davrda Vatanimiz hududi Chingizxonning o‘g‘illaridan biri Chig‘atoy nomi bilan ataluvchi ulus (davlat) tarkibida edi.

Amir Temur davlati bayrogi
Amir Temur davlati bayrogi

XIV asrning o‘rtalarida Chig‘atoy ulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaydi. Natijada ulus parchalanib ketdi. Amir Temur ana shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqdi. U o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi askarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xiz- mat qilishdan boshladi. Ulaming o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat

ko‘rsatdi. Bu esa uning nomini Qashqadaryo vohasida mashhur qilib yubordi. Kurashlarda toblana borgan Amir Temur endi o‘z oldiga Vatanni mo‘g‘ullardan ozod etishdek muqad- das vazifani qo‘ydi.


Amir Temur qudratli davlat asoschisi

Amir Temur qudratli davlat asoschisi (Амир Темур қудратли давлат асосчиси). Tez orada Amir Temur mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik kurashini boshlab yubordi. Bu kurash sakkiz yil davom etdi. Nihoyat, ozodlik kurashchilari mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahr hududidan quvib chiqardilar. 1370-yilning 9-aprel kuni esa Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilindi. Bu vaqtda u 34 yoshga toTgan edi.

Amir Temurga piri shayx Sayyid Baraka oliy hokimiyat ramzi boTgan katta nog‘ora va bayroqni tutqazdi. Samarqand davlatning poytaxti etib belgilandi.

Yodda tuting!

1370-yilda Sohibqiron Amir Temur buyuk davlatga asos soldi.


Amir Temur Yevropa xalqlari xaloskori

Amir Temur Yevropa xalqlari xaloskori (Амир Темур Европа халқлари халоскори). Bu davrda Amir Temur davlatiga mo‘g‘ullar barpo etgan Oltin O‘rda davlati xavf sola boshla- di. Bu davlat taxtida To‘xtamishxon o‘tirar edi. Amir Temur Oltin 0‘rdaning tahdidlarini bartaraf etishga kirishdi. 1395-yilda Amir Temur To‘xtamishxonning qo‘shinini tor-mor etdi.

Bu g‘alaba Oltin O‘rdani zaiflashtirib qo‘ydi. Shuningdek, Oltin O‘rdaga qaram bo‘lgan Rus (Rossiya)ning mo‘g‘ullar zuhnidan ozod boTishini tezlashtirdi.

Diqqat bilan o‘qing!

«Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos boTishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi».

Mixail Ivanin (rus tarixchi olimi). «Ikki buyuk sarkarda» kitobi.

Amir Temur G‘arbiy Yevropa xalqlariga katta tahdid solayotgan Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) sultoni Boyazid qo‘shinini 1402-yilda Anqara yonida boTgan jangda tor-mor etdi.

Usmoniylaming bu magTubiyati uning Yevropa davlatlariga solayotgan tahdidini yo‘qqa chiqardi.

Boyazidning tahdididan xalos boTgan Yevropa davlatlari Amir Temurga minnatdorchilik maktublarini jo‘natishdi.

Fransiya va Ispaniya qirollari esa elchilar ham yuborishdi. Sohibqironga G‘arbiy Yevropada XV asrdayoq yodgorlik oTnatilib, unga «Yevropa xaloskoriga» degan chuqur ma’noli so‘zlar yozib qo‘yildi.

Amir Temur haykali
Amir Temur haykali

Amir Temur yurtni qudratli mar- kazlashgan davlatga aylantira oldi. Ayni paytda Yevropa xaloskoriga ham aylandi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni kattadir.

Shu boisdan ham YUNESKO tashkiloti qarori bilan 1996-yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.

Diqqat bilan o‘qing!

«Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g‘ururimiz!».

Islom Karimov

Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temur haykallari o‘rnatildi. Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Vatanimizning yuksak mukofotlaridan biri — «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi.


Atama mazmunini bilib oling

Anqara — hozirgi Turkiya Respublikasining poytaxti.


Savol va topshiriqlar

  1. Amir Temur kurash maydoniga chiqqan davrda Vatanimizda ahvol qanday edi?
  2. Amir Temurning Vatan mustaqilligi yo ‘Iida olib borgan kurashi va buyuk davlat barpo etganligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
  3. Nega Amir Temur Yevropa xaloskori deb ataldi?
  4. Mustaqillik yillarida buyuk Amir Temurning pok nomini tikiash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Previous articleJaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni
Next articleRossiya imperiyasi nima? Россия империяси нима?