Jaloliddin Manguberdi xalqimizning milliy qahramoni

0

Жалолиддин Мангуберди халқимизнинг миллий қаҳрамони. Жалолиддин Мангуберди халкимизнинг миллий кахрамони.


Mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash

Mo‘g‘ullarga qarshi mardonavor kurash (Мўғулларга қарши мардонавор кураш). 1206-yilda Mo‘g‘u- listonda «Yakka mo‘g‘ul ulusi» deb atalgan davlat vujudga keldi.[1] Bu davlatni o‘z davrining mashhur sarkardasi Temuchin tashkil etdi. Davlat hukmdori Temuchin Chingizxon unvoni bilan atala boshlandi.

чингисхан Chingizxon
Chingizxon

Chingizxon o‘z davri uchun qudratli qo‘shin tuza oldi. Endi, u dunyo hukmdori boTishga intildi. Qisqa vaqt ichida juda katta hududlarni bosib olib, o‘z davlatini ulkan davlatga aylantirdi. Nihoyat, uning davlati chegaralari yana bir ulkan davlat — Xorazmshohlar davlati chegaralariga- cha yetib keldi.

Bu davrda Xorazmshohlar davlatining hukmdori Alouddin Muhammad edi. Chin- gizxonning maqsadi — Xorazmshohlar dav­latini qulatish va Osiyoda tanho hukmdor bo‘lib olish edi.

Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad
Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad

1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo‘1 qo‘ydi. Harbiy kuchlarni birlashtirish o‘rniga, har bir shahar-qal’a o‘z mudo­faasini tashkil etishi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Xorazmshohlarning har bir qal’asi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.

Ammo qudratli Chingizxon Movaroun- nahr shaharlarini birin-ketin vayronaga aylantira bordi. Tez orada mamlakat poytaxti Urganch shahriga hujum boshladi. Urganchliklar zamonasining buyuk allomasi Najmiddin Kubro boshchiligida dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar.

Najmiddin Kubro mudofaachilarga qarata: «Yo Vatan, yo sharafli o‘lim», — deb murojaat qildi. Shaharda ko‘cha janglari yetti oy davom etdi.

Oxiri, qo‘lida qurol ushlashga holi qolmagan shahar mudofaachilari ilojsizlikdan taslim bo‘ldilar. Urganch mudofaasida Najmiddin Kubro ham mardlarcha halok bo‘ldi.

Alouddin Muhammad o‘g‘li Jaloliddin Manguberdiga olmos qilichini tutqazmoqda
Alouddin Muhammad o‘g‘li Jaloliddin Manguberdiga olmos qilichini tutqazmoqda

Urganchni egallagan mo‘g‘ullar shaharni xarobaga aylantirdilar. Natijada, uzoq yillar davomida barpo etilgan bu ko‘rkam shaharda hayot to‘xtadi.


Jaloliddin Manguberdi jasur va mohir sarkarda

Jaloliddin Manguberdi (1198—1231) jasur va mohir sarkarda (Жалолиддин Мангуберди жасур ва моҳир саркарда). Og‘ir kasalga chalingan sulton Alouddin Muhammad o‘limidan oldin katta o‘g‘li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinladi.

Biroq bungacha barcha imkoniyat boy berib bo‘lingan edi. Mamlakat uchun shun- day og‘ir sharoitda Jaloliddin bosqin- chilarga qarshi kurash boshladi. 1221-yilda Valiyon qal’asini qamal qilib turgan mo‘g‘ullarga hujum qilib, ularni tor-mor keltirdi. Bu mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan birinchi yirik g‘alaba edi.

Jaloliddin Manguberdi
Jaloliddin Manguberdi

Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi 45 ming kishilik qo‘shin yubordi.

Jaloliddin qo‘shinni G‘azna yonidagi Parvonda qarshi oldi va jangda g‘alaba qozondi.

Yodda tuting!

Tarixga «Parvon jangi» nomi bilan kirgan bu jangda Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi barcha lashkarni otlaridan tushi rib dushmanni kamondan o‘qqa tutish va keyin yalpi hujumga o‘tish usulini qo’lladi.

Endi Chingizxonning o‘zi katta qo‘shinga bosh bo‘lib, Jaloliddinga qarshi urushga otlandi.


Hal qiluvchi jang

Hal qiluvchi jang (Ҳал қилувчи жанг). Ikki tomon o‘rtasida hal qiluvchi jang Sind daryosi yonida 1221-yilning 24—26-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi va bu jang tarixga «Sind jangi» nomi bilan kirdi.

Jaloliddin qo‘shini oz sonli bo‘lishiga qaramay, qudratli dushman bilan mardonavor olishdi. Jang taqdirini Chingizxonning pistirmaga qo‘ygan saralangan qo‘shini hal etdi. Maglubiyatga uchragan Jaloliddin oz sonli jangchisi bilan daryoning narigi sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi. Chingizxon dushmani bo‘lsa-da, Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolib: «Otaga shunday jasur o‘g‘il lozim. U ikki girdob — olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oldi», degan. Sulton Jaloliddin Manguberdi yengilgan bo‘lsa ham 1231-yilgacha mo‘g‘ullarga qarshi tinim bilmay kurashdi. U zafar quchdi, mag‘- lubiyat alamini tortdi, ammo yengilmadi. Jaloliddin Manguberdi 1231-yilning avgust oyida hozirgi Turkiya hududida halok bo‘ldi.


Xalqimizning milliy qahramoni mangu barhayot

Xalqimizning milliy qahramoni mangu barhayot (Халқимизнинг миллий қаҳрамони мангу барҳаёт). Davlatimiz tomoni- dan mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kohsatgan mislsiz jasorati, Vataniga va xalqiga sadoqati, cheksiz muhabbati yuksak qadrlandi.

Diqqat bilan o‘qing!

«Jaloliddin Manguberdi — ona Vatan himoyachisi, jasur sarkarda.., xalqimiz tarixida …o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramon».

Islom Karimov.

Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o‘rnatildi. Ko‘cha va maydonlarga uning nomi berildi.

«Jaloliddin Manguberdi» ordeni
«Jaloliddin Manguberdi» ordeni

2000-yilda esa davlatimizning oliy harbiy mukofotlaridan biri — «Jaloliddin Man­guberdi» ordeni ta’sis etildi.


Atamalar mazmunini bilib oling

  • Valiyon — hozirgi Afg‘oniston hududidagi qadimgi shahar.
  • Parvon — Afg‘onistondagi shaharcha.
  • Sind — hozirgi Pokistonning shimolidan oqib o‘tuvchi katta daryo.

[1] Q. Rajabov va bosh. JTMS. – T.: «Sharq» NMAK. 2011. 150-bet.


Savol va topshiriqlar

  1. Chingizxon tuzgan mo‘g‘ullar davlati haqida nimalarni bilib ol- dingiz?
  2. Nega Alouddin Muhammad Xorazmshoh mamlakat mudofaasini tashkil eta olmagan ?
  3. Jaloliddin qaysi shaharlarda mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozongan?
  4. Sind daryosi bo ‘yidagi jang haqida so ‘zlab bering.
  5. Vatanimiz mustaqilligi yillarida Jaloliddin Manguberdining xotirasini abadiylashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Previous articleMuqanna qo‘zg‘oloni. Arablarga qarshi xalq ozodlik kurashi
Next articleAmir Temur hayoti va faoliyati. Sohibqiron Amir Temur