Yer yuzining kashf etilishi va urganilish. Materiklar va okeanlarning kashf etilishida jasur dengizchi ham- da sayyohlarning xizmatlari juda katta bo‘lgan. O‘rtaosiyolik Nosir Xisrov (1004—1088-yy.) Janubi-G‘arbiy Osiyo va Shimoli-Sharqiy Afrikaga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan. Yetti yil davom etgan ikkita sayohatida 15 ming kilometr(km)dan ortiq yo‘lni bosib o‘tgan (10-betdagi 5-rasm).
—Mashhur sayyoh va olim Nosir Xisrovning «Safarnoma» asarida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Bu asarni topib o‘qishga harakat qiling.
1492-yilda Xristofor Kolumb boshchiligidagi ekspeditsiya Hindistonga dengiz orqali yo‘l topish maqsadida Ispaniyadan g‘arbga tomon suzib ketadi. U Atlantika okeanini kesib o‘tib, Amerika qirg‘oqlariga yetib bordi. Portugallar 1498-yilda Afrikani aylanib, Hindistonga borishdi.
1519—1522-yillarda Fernan Magellan boshchiligidagi ispanlar ekspeditsiyasi kemalarda dunyoni g‘arbdan sharqqa aylanib chiqdi. Tinch okeanni kesib o‘tdi. Natijada Yerning sharsimonligi isbot- landi, Yer yuzining katta qismini suv qoplab yotishi aniqlandi.
1820-yil yanvarida rus dengizchi sayyohlari eng uzoqda joy- lashgan, muzlar bilan qoplanib yotgan Antarktida materigini kashf etishdi. Hozirgi vaqtga kelib, Yer yuzida aniqlanmagan, xaritaga tushirilmagan joy qolmagan. Biroq Yer yuzi tabiatining barcha xu- susiyatlarini, ayrim tabiiy hodisalarni, ularning sabab va oqibatlari- ni olimlar yetarlicha tushuntirib berganlari yo‘q. Shuning uchun geograf olimlar Yer yuzasini, uning tabiatini yanada mukammal o‘rganishni davom ettirishmoqda. Geograflarning tadqiqotlari natija- laridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda geograflar o‘zlarining tadqiqotlarida hisoblash texnikasidan, kompyuterlardan, kosmik suratlardan foydalanish- moqda. Endilikda Yer yuzasidagi har bir nuqtaning aniq koordi- natlarini Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordamida aniqlash mumkin.