Ayrim yuridik atamalarning izohli lug‘ati

0

Ayrim yuridik atamalarning izohli lug‘ati. Айрим юридик атамаларнинг изоҳли луғати.


ADLIYA — arabcha “adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik” ma’nolarini bildiradigantushuncha bo‘lib, muayyan o‘rganning huquqini muhofaza qilish bo‘yichafaoliyatini anglatadi.

ADVOKAT (lotin) — ayblanuvchining himoyachisi, sudda biror shaxsningishini olib boruvchi, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beruvchi yurist.

ALIMENT — mehnatga yaroqsiz bo‘lib, alohida ro‘zg‘or yuritayotgan oilaa’zolariga yaqin kishilari tomonidan to‘lab turiladigan nafaqa.

AMNISTIYA — sudlanganlarning bir qismini qonun asosida to‘la yoki qismanozodlikka chiqarish.

APELLATSIYA — shikoyat qilish, norozilik bildirish.

AUDITOR — tijorat banklari yoki boshqa kompaniyalarning faoliyatinitekshirish vakolatiga ega bo‘lgan maxsus shaxs.

AYB — jamoat tartib-qoidalari va axloq normalariga xilof nojo‘ya xatti-harakat.

AYBLANUVCHI — jinoiy javobgarlikka daxldor shaxs.

BEZORILIK — jamoat tartib-qoidalariga qasddan hurmat sizlik bildirib – urish,do‘pposlash, badanga shikast yetkazish.

BOSQINCHILIK — o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujumuyushtirib, badaniga shikast yetkazish.

DALOLATNOMA — biror voqea, hodisa yoki mavjud holatni tasdiqlash, ungaguvohlik berish maqsadida bir necha kishilar tomonidan tuzilgan hujjat.

DAM OLISH VAQTI — xodim mehnat vazifalarini baja rishdan xoli bo‘lgan vabundan u o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.

DA’VO — o‘zining fuqarolik huquqini himoya qilish haqida sud orqali qilinganarznoma.

DEKLARATSIYA (lotin) — bayonot, daromadi va boylik lari haqida soliqto‘lashga tortilgan shaxsning arizasi.

EKSPERTIZA — muayyan masalalarni ekspertlar tomo nidan tekshiribo‘rganilishi.

EKSTERNAT (lotin) — tashqi, begona, o‘quv yurtida bevo sita o‘qima ganshaxslar uchun o‘quv kursi bo‘yicha imtihonlarni topshirish uchun belgilangantartib.

EMANSIPATSIYA (lotin) — jabr-zulmdan, qaramlikdan, xurofotdan qutulish,teng huquqlikka erishish, ozodlikka chiqish.

FARMON— davlat boshlig‘i tomonidan chiqariladigan hujjat.

FARMOYISH— davlatni boshqarish hujjatlari turlaridan biri.

FARZ (arab) — burch, majburiyat, hamma musulmonlar bajarishi shart bo‘lgantalablar va normalarni anglatuvchi diniy-huquqiy kategoriya.

FIRIBGARLIK — aldash va boshqa yo‘llar bilan o‘zgalar mulkini g‘arazgo‘ylikmaqsadida egallash.

GUVOH — ro‘y bergan hodisani shaxsan o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan, bilganlariniaytib berish uchun sudga chaqirilgan kishi.

HADYA — shaxsning o‘zga shaxs foydasiga o‘z mulkini bepul berish haqidagishartnoma.

HAKAM — tarafl ar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni sudsiz bartaraf etuvchi,kelishtiruvchi, xolis vositachi.

HUKM — ayblanuvchiga jazo berish yoki uni oqlash to‘g‘ri sida chiqarilgan sudqarori.

HUQUQ — davlat tomonidan belgilangan va muhofaza etiladigan qonunqoidalar tizimi.

HUQUQIY MUNOSABAT — ishtirokchilarning huquq va burchlarinibelgilaydigan, qonun normalari bilan tartibga solina digan ijtimoiy muno sabat.

JABRLANUVCHI — jinoiy harakati natijasida zarar ko‘rgan shaxs.

JARIMA — aybdordan davlat daromadiga qonunda belgi langan miqdorda pulundirishdir.

JAVOBGARLIK — nojo‘ya harakati uchun javob berishni talab qiladigan holat.

JAZO — huquqbuzar deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmibilan qo‘llaniladigan, muayyan huquq va erkinliklardan mah rum qilishdan iboratmajburlov chorasidir.

JINOYAT — qonun bilan taqiqlangan, jazoga loyiq, ijtimoiy xavfl i qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb topiladi.

KODEKS (lotin) — huquqning biror tarmog‘iga oid qonun-qoidalar to‘plami.

KONSTITUTSIYA (lotin) — tuzilish, davlatning asosiy qonuni. U davlatningijtimoiy-siyosiy, davlat tuzilishi, organlari sistemasi, fuqaro larning asosiy huquqva burchlarini ifodalaydi.

KONTRABANDA — (kontr va bando) mollar ni davlatga g‘ayriqonuniy yo‘lbilan olib o‘tish.

KONVENSIYA (lotin) — bitim, ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma turlaridanbiri.

LITSENZIYA (lotin) — ozodlik, huquq, ruxsat berish. Masalan, ixtiro uchunberiladigan texnik hujjat, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish uchun beriladiganruxsatnoma.

MEROS — vafot etgan shaxsning mulkni o‘z qarindoshlari va boshqa yaqinkishilari ixtiyoriga o‘tishi.

NOTARIUS — notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs, davlatvakili.

OBLIGATSIYA — qimmatbaho qog‘ozning turi bo‘lib, uning egasi ilgaribelgilangan miqdorlarda yillik daromad olib turadi.

PARITET (lotin) — tenglik, turli davlatlarning pul birligi yoki og‘irliko‘lchovlaridagi mutanosiblik.

PATENT— ma’lum muddat mobaynida qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanishuchun berilgan mutlaq hujjat.

PENYA — majburiyatni o‘z vaqtida bajarmagani uchun beriladigan sanksiya,to‘lanadigan summa.

POSHLINA — davlat va boshqa organlar tomonidan bajarilgan muam molaruchun undiriladigan pul yig‘imi.

QASAMYOD — ont ichish, biror narsani bajarishga rasmiy yoki tanta naliravishda va’da berish, sadoqatli bo‘lish.

QASD — aybning shakllaridan biri. Bunda jinoyatchi o‘z qil mishining ijtimoiyxavfl i ekanligini anglaydi, zararli oqibatlarini ko‘radi va unga ongli ravishda qo‘luradi.

QIDIRUV — tergov, surishtiruv organi va ichki ishlar or gan lari tomoni danyashirinib yurgan aybdorni, jazodan qochgan mahbusni, bedarak yoqolganshaxsni topishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.

QONUN — davlat hokimiyati oliy organi tomonidan belgilangan tartibda qabulqilinadigan normativ akt.

REPLIKA (lotin) — takrorlayman, javob beraman. Luqma, qisqa mulohaza, e’tiroz, javob. Masalan, sud jarayonida oqlovchi bilan qoralovchi o‘rtasidagie’tirozlar.

SANKSIYA — huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan qo‘llanila di gan ehtiyotchorasi.

SESSIYA (lotin) — majlis, kengash, vakolatli organlarning tashkiliy-huquqiyfaoliyat shakli.

SUBSIDIYA (lotin. subsidium) — yordam, davlat budjeti hisobidan mahalliyhokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan yordam.

SO‘ROQ— tergovda, surishtiruv va sud majlisida shaxsdan ko‘rsatma hamdatushuntirish olish vositasi.

TA’MAGIRLIK — moddiy manfaatdorlik, ochko‘zlik, dunyo orttirish yo‘lidaqilingan jinoiy harakat.

TERGOV— biror voqeaning sababi va aybdorini aniqlashga qaratilgan faoliyat.

TERRORISTIK AKT — davlat xavfsizligiga qarshi, konsti tutsion tuzumasoslariga qarshi qaratilgan jinoyat.

UMUMIY MULK— qonunchilikka ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsga tegishlimulk.

UMUMIY SAYLOV HUQUQI— qonunda belgilangan yoshga yetgan barchafuqarolar hokimiyatning vakolat organlariga bo‘ladigan saylovlarda qatnashishhuquqini beradigan saylov huquqi sistemasi.

VASIYATNOMA — mol-mulkini merosxo‘rlariga o‘tkazish haqidagi vasiyatmatni yozilgan hujjat.

VIJDON ERKINLIGI — bu fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yokihech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir.

XUSUSIY AJRIM — sud muhokamasi davrida hukm bilan bir vaqtdachiqariladigan qaror.

YURIDIK (HUQUQIY) AKT — davlat organlari, mansabdor shaxslartomonidan o‘z vakolatlari doirasida chiqariladigan farmoyish.

YURIDIK (HUQUQIY) JAVOBGARLIK — jazoga tortish, yuridikmajburiyatlarni buzgan shaxs, aybdorga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgansanksiyalarni qo‘llash.

YURIDIK (HUQUQIY) FAKTLAR — huquq va majburiyatlarni vujudgakeltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq holatlar.

YURIDIK (HUQUQIY) SHAXS — fuqarolik huquqlari va majburiyatlariningkonkret subyekti.

YURISKONSULT (lotin) — huquqshunos, korxona va muassasalarda yuridikmasalalar yuzasidan konsultant sifatida ishlaydigan mutaxassis, yurist.

O‘RINDOSHLIK — korxonalarda asosiy ish bilan birgalikda boshqa pullilavozimda ishlash.

SHARTNOMA — ikki yoki bir necha shaxs o‘rtasidagi o‘za ro majbu riyatlarnibelgilash, ularni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘ri sidagi bitim.

SHAXS DAXLSIZLIGI — fuqarolarning konstitutsion shax siy huquq vaerkinliklaridan biri.

SHIRKAT — biror ishni birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashgankishilar hamkorligi, o‘rtoqlik uyushmasi.

Previous article“O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari” dan masalalar
Next articleAliment nima? Алимент нима?