Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. Бир ма’нольи ва кўп ма’нольи сўзлар.
Topshiriq. Quyidagi birikmalardagi bosh so‘zining ma’nolarini ayting: boshi ishlamoq, bosh farzand, suvning boshi, bir bosh uzum, boshi og‘rimoq, bosh mutaxassis, bosh harf.
| So‘zlar bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga bo‘linadi. O‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma’noli so‘zlar sanaladi. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma’noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi. |
1-mashq. Ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosini izohlang.
1. O‘zbekistonning Davlat tili – o‘zbek tilidir. 2. Razvedkachilarga «til» tutib kelish topshirilgan edi. 3. Shoir boshini birdan ko‘tardi. (Oybek) 4. Ochilgan paxtani bir boshdan teringlar.
2-mashq. Avval bir ma’noli, keyin esa ko‘p ma’noli so‘zlarni ko‘chiring. Ko‘p ma’noli so‘zlarning har bir ma’nosi asosida gap tuzing.
Og‘iz, geografiya, geometriya, qo‘l, oyoq, maktab, bo‘g‘in, tom, o‘tmas, dasturxon, oshxona, kitob, non, iflos.
3-mashq. Quyidagi birikmalardagi ko‘p ma’noli so‘zni toping, qanday ma’no ifodalayotganini izohlang.
Iliq munosabat, qalb izhori, chuqur tekshirmoq, xira odam, istiqbol yo‘li, sovuq xabar.
Savol va topshiriqlar
- Qanday so‘zlarga bir ma’noli so‘zlar deyiladi?
- Qanday so‘zlarga ko‘p ma’noli so‘zlar deyiladi?
- Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlarga misol keltiring.








