Oddiy va murakkab barglar. Barglarning shakllari

0

Оддий ва мураккаб барглар. Баргларнинг шакллари.


O‘simliklarning barglari tuz ilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Barg bandida bitta barg joylashsa, bunday barg oddiy barg deyiladi. Bul arga olma, nok, o‘rik, shaft oli, tut, tok, g‘o‘za, terak, ro voch, yantoq kabi lar ning bargi kiradi (49-rasm).

49-rasm. Oddiy barglar: 1-gilos; 2-qayrag4och; 3-majnuntol.
49-rasm. Oddiy barglar: 1-gilos; 2-qayrag4och; 3-majnuntol.

Bitta barg bandida bir nechta barg chalar bandchalari orqali joy lash gan bo‘l sa, bun day barglar mu rak kab barg deyiladi (50-rasm).

50-rasm. Murakkab barglar: 1–yong‘oqning toq patsimon bargi; 2–soxta kashtanning panjasimon bargi.
50-rasm. Murakkab barglar: 1–yong‘oqning toq patsimon bargi; 2–soxta kashtanning panjasimon bargi.

Murakkab bargli o‘siml iklarga shirinmiya, beda, soxta kash tan, yong‘oq, na’matak, qu lupnay, lo viya, no‘xat, yeryon g‘oq ka bi lar kiradi.

Barglar yaprog‘ining shak li ga qarab yumaloq, panjasi mon, tuxumsimon, ovalsi mon, yurak simon, nashtarsi mon, qa lami, rombsimon, uchbur chaksi mon va boshqa shakllarda bo‘ ladi (51-rasm).

51-rasm. Turli shakldagi barglar: 1–tuxumsimon; 2–nayzasimon; 3–o‘q-yoysimon.
51-rasm. Turli shakldagi barglar: 1–tuxumsimon; 2–nayzasimon; 3–o‘q-yoysimon.

Barglar yaprog ‘ining qirrasi (cheti) tekis, tishl i, ikki karra tishli, arrasi mon va o‘yilgan bo‘lishi mum kin. Barglar o‘simlikl arning tur iga qarab tukli va tuksiz bo‘ladi. Ko‘p chilik o‘sim liklar bargi ning or qa tomonida tuki bo‘ladi.

Oddiy barglar yaprog‘ining tuzilishiga ko‘ra patsimon, pan jasimon va uch bo‘lakli bo‘ladi (52-rasm).

52-rasm. Yaprog‘ining tuzilishiga ko‘ra oddiy barg xillari: 1–uch bo‘lakli; 2–panjasimon.

Murakkab barglar uch bargchali panjasimon, toq va juft pat simon barglarga bo‘li nadi.

Uchta bargchali murakkab bargga – sebarga, beda, lo viya, mosh; panjasimon barg chaliga esa soxta kashtan barg lari kiradi.

Bargchalar umumiy barg band ining oxirigacha qaramaqarshi joylashgan bo‘lsa, bunday barglar juft patsimon barg de yiladi (yeryong‘oqda). Agar umu miy barg bandining uchi bitta barg bilan tugasa, bunday barglar toq patsimon barg deyiladi (shirinmiyada). Ba’zan toq bargchalar o‘rnida gajaklar ho sil bo‘ladi (no‘xat va burchoq da).

Murakkab barglar, o‘z nav ba tida yana bo‘laklarga bo‘linib, ikki yoki uch karra bo‘lingan patsimon barglar hosil qiladi. Masalan, totim, shoyi akatsiya va boshqalarda (53-rasm).

53-rasm. Ikki karra patsimon bo‘lingan murakkab barg: shoyi akatsiyada.
53-rasm. Ikki karra patsimon bo‘lingan murakkab barg: shoyi akatsiyada.

Barglar o‘simliklarning turiga qarab har xil shaklda bo‘ladi. Saksovul kabi ayrim o‘simliklarning bargi juda maydalashib, qipiq shakliga kelib qolgan bo‘ladi. Uning bandi ham bo‘lmay, uzunligi  2 mm dan oshmaydi.

Aksincha, rovoch, ojud, kovrak kabi o‘simliklarning bargi uzun – 50–70 sm dan 1 metrgacha yetadi. Barglar yaproqlarining shakliga qarab juda xilma-xil bo‘l adi. O‘simliklar qaysi tur, turkum yoki oilaga mansubligini aniqlashda barglarning shaklidan keng foydalaniladi. Masal an, olma, o‘rik, gilosning barglari yaxlit; tok, g‘o‘za, tut, anjirning barglari o‘yilgan bo‘ladi.

Qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) va ziradoshlar (soyabon guldoshlar) oilalari ko‘pchilik vakillarining ildiz bo‘g‘izida joyl ashgan barglar, ya’ni to‘pbarglar nihoyatda yirik bo‘ladi. Bunday barglarning yaprog‘i va bandi 50–60 sm va undan ham uzun bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, barglar oddiy va murakkab, shakli jihatidan esa turlicha bo‘ladi.


  1. Qanday barglar oddiy, qanday barglar murakkab barg deyiladi?
  2. Barg yaprog‘i qanday shakllarda bo‘ladi?
  3. Barg yaprog‘ining cheti qanday bo‘lishi mumkin?
  4. Rediska, turp, sabzi, lavlagi, qulupnay, bug‘doy, lol a barglari qanday (oddiy yoki murakkab) barg?
  5. Murakkab toq patsimon va murakkab juft patsimon bargl arga misollar keltiring.
  6. Saksovulning bargi qaysi turdagi barglarga kiradi?
Previous articleBarg. Barglarning tashqi tuzilishi
Next articleNovdada barglarning joylashishi