Jizzax qo‘zg‘oloni. Жиззах қўзғолони. Жиззах кузголони.
Qo‘zg‘oloiming boshlanishi
Xalq qo‘zg‘oloni butun Turkiston oTkasini qamrab oldi. Joylarda mustamlakachilarning askarlari bilan qonli to‘qnashuvlar yuz berdi. Toshkentda boshlangan qo‘zg‘olon qatnashchilari Beshyog‘ochdagi politsiya mahkamasi oldida to‘plandilar.
Qo‘zg‘olonning faol ishtirokchisi Rizvonbibi Ahmadjonova amal- dorlariga qarata: «Bizni oddirsanglar ham o‘g‘illarimizni bermaymiz», — deb baralla aytdi. Politsiyachilar Rizvonbibiga qarata o‘q uzishdi. Bundan g‘azablangan xalq politsiya mahkamasini bosib oldi. Po- litsiyachilarga yordamga kelgan askarlar o‘ndan ortiq qo‘zg‘olonchini otib tashladi. Shunday vahshiyona usul bilan qo‘zg‘olon bostirildi.
Jizzax qo‘zg‘oloni
Mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmondan norozilik, ayniqsa, Jizzaxda keskin tus oldi. Jizzaxdan jami 11 ming kishi mardikorlikka jo‘natilishi kerak edi. Jizzaxliklar mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmonni bekor qilishni va mardikorlikka olinadiganlarning ro‘yxatini tuzishni to‘xtatishni talab qilib chiqdilar. Biroq bu talab rad etildi. Oqibatda qudratli qo‘zg‘olon yuz berdi.

Aslida bu milliy-ozodlik kurashi ham edi. Qo‘zg‘olonga Nazirxo‘ja Abdusalomov va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qildilar.
Biroq kuchlar teng emas edi. Oqibatda qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchradi. Mustamlakachilar qo‘zg‘olonchilar va ulaming rahbarlarini ayovsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qishloqlarga o‘t qo‘yildi. Hatto qo‘zg‘olonchilarning oila a’zolariga ham shafqat qilinmadi.
Qo‘zg‘olon rahbarlari esa o‘lim jazosiga hukm qilindi. Qolgan ishtirokchilar turli muddatlarga qamoqqa va surgunga johiatildi.
Qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganlik yoki ularni tutib olishda yordam bermaganlikda ayblanganlar cho‘lga haydab yuborildi.
Qo‘zg‘oloiming yengilish sabablari va ahamiyati
Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega emas edilar. Ular hech qanday maxsus tayyorgarlikdan o‘tmaganlar ham. Ularning qurollari, asosan, ketmon, panshaxa va tayoqlardan iborat edi.
Mustamlakachilarning askarlari esa zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan edi. Qolaversa, qo‘zg‘olonga oldindan puxta tayyorlanil- madi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘zg‘olon ishtirokchilari mustamlakachilar tomonidan poymol qilingan haq-huquqlarini tikiash uchun kurashdilar. Vatanning fidoyi farzandlari ekanligini ko‘rsatdilar. Kuchlar noteng bo‘lgan jangda kohsatgan jasoratlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas nom qoldirdilar.
1916-yilgi milliy-ozodlik harakati Rossiya imperiyasini qattiq sarosimaga solib qo‘ydi. Uning Turkistondagi kuch-qudratini zaif- lashtirdi.
Qo‘zg‘olon Turkiston aholisini mardikorlikka safarbar etish to‘g‘risidagi farmonning to‘la bajarilishiga yo‘l qo‘ymadi. Natijada mardikorlikka rejadagidan ikki barobar kam — jami 120 mingdan ortiq kishi yuborildi. Ular Rossiyaning turli burchaklarida og‘ir mehnatdan, ochlikdan, xorlikdan mislsiz azob chekdi. Ko‘plari qattiq sovuqdan va turli kasalliklardan о‘lib ketdilar. Bir qismi esa umrbod nogiron bo‘lib qoldi.
Qo‘zg‘olon vatandoshlarimizning o‘z haq-huquqlari uchun kurasha olishi mumkinligini isbotladi. Mustamlakachi hukumatga ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg‘ulari hech qachon sohimasligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.