BMT va dunyo bolalari. YUNISEF. YUNISEFning faoliyati

0

БМТ ва дунё болалари. БМТ болалар ҳуқуқи ҳимоячиси. ЮНИСEФнинг фаолияти.


BMT bolalar huquqi himoyachisi

BMT doimo dunyo bolalari haqida ham g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. U ikkinchi jahon urushining bolalar boshiga solgan fojiali oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 1946-yilda «Bolalarga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi»ni tuzdi.

YUNISEFning faoliyati

1946-yilda tuzilgan «Bolalarga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi» qisqartirilgan holda YUNISEF deb ataladi. U dastlab urushdan eng ko‘p aziyat chekkan Yevropa bolala- riga yordam ko‘rsatdi. Keyinchalik Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qit’asi bolalariga yordam ko‘rsatishni boshladi.

Yodda tuting!

YUNISEF dunyo bolalariga ko‘rsatgan yordami uchun 1965-yilda xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

YUNISEF ramzi
YUNISEF ramzi

Chunki bu qit’alardagi bolalaming hayoti bilan bogTiq muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Chunonchi, bolalar o‘rtasida o‘lim darajasi hamon yuqori, millionlab bolalar to‘yib ovqat yeya olmaydi.

130 milliondan ortiq bola esa maktabga qatnamaydi.

Bularni hisobga olgan YUNISEF o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarga qaratdi:

  • o‘limga sababchi boTadigan kasalliklar bi­lan kasallanishning oldini olish uchun bolalarni emlash;
  • bolalar va onalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
  • bolalar o‘rtasida ochlikka, to‘yib ovqat yemaslikka va savodsizlik- ka qarshi kurash;
  • bolalarning ko‘r boTib qolishiga sabab boTuvchi «А» vitamini yetishmasligining oldini olish;
  • «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi xalqaro Konvensiyaning barcha davlatlar tomonidan tasdiqlanishiga erishish.

YUNISEF yiliga 3 million bolaning hayotini saqlab qolmoqda. Bugungi kunda YUNISEFga 140 dan ortiq davlat a’zo. O‘zbekiston Respublikasi 1994-yilda unga a’zo bo‘lib kirdi va u bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. YUNISEF O‘zbekiston hukumati bilan bolalarni emlash, vaksinalar yetkazib berish va Orolbo‘yi aholisiga yordam ko‘rsatish kabi sohalarda hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonda bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati- ning asoslaridan birini tashkil etadi.

BMT 1989-yilda «Bola huquqlari to‘g‘risida» deb ataluvchi xalqaro Konvensiyani qabul qildi. Unda 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning bola hisoblanishi qayd etildi. Shuningdek, BMT a’zolariga bolalarning yashash, tirik qolish va sog‘lom rivojlanishini ta’minlash majburiyati yuklatildi. Ayni paytda bolalarning ilm olish huquqi kafolatlandi. Bolalardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish va ularni askarlikka jalb etish ta’qiqlandi. Bolalarni giyohvand moddalar iste’mol qilishdan saqlash choralarini ko‘rish majburiyati yuklatildi. 0‘zbekiston Respublikasi ham bu Konvensiyaga qo‘shildi.

2007-yilda esa «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi 0‘z- bekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

Bu qonun 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining man- faatini himoya qilib kelmoqda.


YUNISEF mablag‘i

A’zo davlatlar har yili tashkilot hisobiga ma’lum miqdorda mablag‘ ajratadilar. Shuningdek, ayrim shaxslarning xayr-ehsoni hisobiga ham mablag‘ to‘planadi. Bundan tashqari, Jamg‘arma har yili o‘zining ramzi tushirilgan millionlab ochiq tabrik jild xatlarini sotish orqali ham mablag‘ to‘playdi.

Ochiq tabrik jild xati sotish qanday qilib rasm bo‘lgan?

1949-yil… Jamg‘arma Chexiya bolalariga yordam ko‘rsatmoqda edi. Yordam ko‘rsatilayotgan bolalar orasida rasm chizishga juda iqtidorli 7 yoshli Yitka Samkova ham bor edi. Jamg‘arma yordamidan quvon- gan Yitka (uning sinfdoshlari ham behad xursand edilar) oyna parchalariga Jamg‘arma uchun rangli rasmlar chizib beradi.

Sinf o‘qituvchisi Yitkaning chizgan rasmlarini Chexiya poytaxti Pragada joylashgan Jamg‘arma qarorgohiga jo‘natadi. Bu rasmlar Jamg‘arma xodimlariga juda yoqib qoladi. Ular rasmlarni Nyu-York shahriga yuboradilar.

Jamg‘arma xodimlari Yitka rasmlari tasviri tushirilgan ochiq tabrik jild xatlari tayyorlashga qaror qiladilar va ularni Iso payg‘ambar tug‘ilgan kuni — Rojdestvo bayrami munosabati bilan butun dunyoda sotilishini tashkil etadilar. Bu tadbir Jamg‘armaga katta daromad keltiradi.

Keyinchalik, har yili bunday ochiq jild xatlar sotish an’anaga aylanadi.


O‘zingizni sinang

  • BMT — … .
  • YUNISEF …
  • 1989-yilda … .

Atamalar mazmunini bilib oling

Vaksina — inson tanasining kasallikdan himoyalanish darajasini oshirish maqsadida emlash uchun ishlatiladigan dori.

Jamg‘arma — ma’lum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan guruhiga yordam berish maqsadida tuzilgan tashkilot.

Konvensiya — biron-bir maxsus masalaga oid xalqaro shartnoma.


Savol va topshiriqlar

  1. BMTning dunyo bolalari huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
  2. YUNISEF tashkiloti va uning faoliyati haqida so ‘zlab bering.
  3. «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiyaning maqsadi nimalardan iborat?
  4. О ‘zbekiston Respublikasi va YUNISEF qaysi yo ‘nalishlarda hamkorlik qilmoqda ?
Previous articleBirlasiigan Millatlar Tashkiloti (BMT)
Next articleVaksina nima? Вакцина нима?