Jahonda tinchlik va hamkorlik uchun kurash. Birlasiigan Millatlar Tashkiloti (BMT). Жаҳонда тинчлик ва ҳамкорлик учун кураш. Бирласииган Миллатлар Ташкилоти (БМТ).
BMTning tuzilishi sabablari
1945-yilning avgust oyi… Ikkinchi jahon urushi hamon davom etmoqda edi. AQSH dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va 9-avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima hamda Nagasaki shaharlariga eng dahshatli qurol — atom bombasi tashladi. O‘zining bu harakatini Yaponiyani tezroq taslim bo‘lishga majbur etish bahonasi bilan oqlashga urindi. Atom bombasi — eng dahshatli qirg‘in quroli. Bu bombaning portlashi to‘lqini imoratlarni ag‘darib tashlaydi. Undan tarqaladigan nur esa havoni, suvni va yerni zaharlaydi. Ming-minglab odamlar halok bo‘ladi. Buning ustiga, atom bombasi tarqatadigan nur (radiatsiya) uzoq vaqtgacha o‘zining halokatli ta’sirini ko‘rsatib turadi.
1945-yilda Yaponiyada aynan shunday bo‘ldi.
Yaponiyaning Xirosima shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Sadako Sasaki ismli qizcha yashardi. Bomba portlagan paytda Sadako bor-yo‘g‘i ikki yoshda edi. Sadakoning yuzi yoki tanasi kuymagan bo‘lsa ham, 9 yil o‘tgach, Xirosima shahri tiklanganidan so‘ng, 11 yoshida Sadako kasallanadi. Shifokorlar uning qon saratoni kasali bilan kasallanganligini aniqlab, uning bir yillik umri qolganini aytadilar. Bu kasallik 1945-yilda Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi nurlarining asorati edi. Sadako o‘zini o‘lim kutayotganini bilar edi.
Sadakodan Tidzuko ismli do‘sti doimo xabar olib turardi. Bir kuni Tidzuko Sadakoga Yaponiyada muqaddas hisoblanuvchi turna qushi tarixi haqida so‘zlab beradi. Yaponlar turna 1000 yil yashaydi, agar kasal odam qog‘ozdan 1000 dona turna yasasa u tuzalib ketadi, deb ishonar edilar.
Sadako shu kundan boshlab 1000 dona turna yasashga kirishadi.
Biroq, u 644 dona turna yasashga ulguradi. Sadako vafot etadi, uning sinfdoshlari qolgan 356 ta tumani yasab, 1000 dona tumani Sadako bilan birga dafn etadilar. Sadako atom bombasining yagona qurboni emas edi.
Yaponiya bolalari Sadako xotirasiga yod- gorlik o‘matish uchun uch yil davomida zamr pulni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldilar.
Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik «Bolalar tinchlik haykali» deb ataladi. U Xirosimadagi Tinchlik xiyoboniga o‘rnatilgan.
Yodgorlik toshiga quyidagi so‘zlar o‘yib yozilib qo‘yilgan:
Bu bizning ко ‘z уoshimiz,
Bu bizning dunyomiz,
Dunyoga — tinchlik.
Ha, shunday. Dunyoga tinchlik kerak. Shundagina Sadakolar taqdiri takrorlanmaydi. Shundagina odamlar boshpanasiz, farzandlar ota-onasiz yetim boTib qolmaydi. Ota-onalar o‘z farzandlaridan ayrilib qolmaydi. Yer yuzi bolalari ochlikdan, kasallikdan nobud bo‘lmaydi.
Agar yangi urush boTadigan bo‘lsa, avvalgisidan ham dahshatli qirg‘in va vayronagarchilik ro‘y beradi.
Binobarin, davlatlar va davlat arboblari kelajak haqida qayg‘urishlari, umsh bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Shuning uchun ham davlat arboblari bundan keyin jahon urushi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yer yuzida mustahkam tinchlik o‘rnatishda xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qildilar.
BMTning tuzilishi va uning maqsadlari
Tez orada bunday xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi.
Yodda tuting! Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagi- lar ekanligi belgilab qo‘yildi:
— butun dunyoda tinchlikni ta’minlash;
— dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlan-
tirish;
— dunyoda ocharchilik, kasallik va savod- sizlikni tugatish borasida birgalikda harakat qilish;
— ekologiya halokatining oldini olish;
— inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish.
ВMT shtab kvartirasi (doimiy ish o‘rni) AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan. BMTga Bosh kotib rahbarlik qiladi.
Dunyoning qaysi bir burchagida bo‘1- masin, umumiy tinchlikni xavf ostiga qo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, В MT uni muhokama qiladi va tinchlikni saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati BMT a’zosidir. Mana, Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan yillar davomida BMT Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib kelmoqda.
O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi
O‘zbekiston 1992-yilning 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu voqea O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tan olinganligini to‘la tasdiqladi. Shu kundan e’tiboran O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylandi. BMT binosi oldida unga a’zo davlatlar bayroqlari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ham hilpiray boshladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasi majlisida ilk bor qatnashdi va nutq so‘zladi. Bu tarixiy voqea dunyoga mustaqil O‘zbe- kiston davlati borligini yana bir bor namoyish qildi.
Eslang! Birlashgan Millatlar Tashkiloti qachon va qanday maqsadlarda tuzilgan edi? |
Islom Karimov 2010-yilda BMT Bosh Assambleyasining XXI asrning eng dolzarb xalqaro muammolariga bag‘ishlangan sessiya- sida ham qatnashdi.
Prezidentimiz o‘z nutqida Bosh Assambleya sessiyasi ishti- rokchilari e’tiborini O‘zbekistonni tashvishga solayotgan muam- molarga qaratdi.
O‘zbekiston BMTning qator xalqaro tashkilotlari faoliyatida ham faol qatnashib kelmoqda. Ular ichida Siz YUNESKO va YUNISEF haqida ma’lumotga egasiz.
O‘zbekiston YUNESKO a’zoligiga qabul qilindi. Awalgi mavzu- larda bu tashkilotning O‘zbekistonda amalga oshirgan ishlari bilan tanishgansiz.
YUNESKO ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirish sohasida xalqaro aloqalarni faollashtirish ishiga katta hissa qo‘shgan kishilarni taqdirlash uchun o‘z mukofotlarini ham ta’sis etgan. YUNESKOning qarorgohi Parij shahrida joylashgan.
Yodda tuting! YUNESKO bir qator mukofotlar (oltin medallar) ta’sis etgan. Ulardan biri Abu Ali ibn Sino nomidagi oltin medaldir. 1998-yilda Prezidentimiz Islom Karimov YUNESKOning ushbu oltin medali bilan mukofotlandi. |
Savol va topshiriqlar
- AQSH nima maqsadda Yaponiyaga atom bombasi tashladi?
- Atom bombasi haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Yaponiyalik qizcha Sadakoning fojiali taqdiri haqida so‘zlab bering.
- BMT va O‘zbekiston hamkorligi haqida so‘zlab bering.