Бўғин кўчириш қоидалари. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari. Бегин кучириш коидалари.
So‘zlar qatorga sig‘may qolganda, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari asosida keyingi qatorga olib o‘tiladi.
Birinchi yoki oxirgi bo‘g‘in bir tovushdan iborat bo‘lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko‘chiriladi.
Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko‘chiriladi: peshana, Chir-chiq, ko‘-ngil kabi.
2005, XXI, 5-«B» sinfi, «Navro‘z – 2015», BMT kabi so‘zlar qatordan qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi.
447-mashq. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari buzilgan o‘rinlarni topib izohlang. Ularni to‘g‘rilab daftaringizga ko‘chirib yozing.
A-ka-de-mik, a-ri-za, o-i-la-viy, o-lam, o-ri-yat-li, mu-do-fa-a, to-le-yi, mu-o-ma-la, e-lak, e-shit-moq.
448-mashq. Matnni o‘qing. Tagiga chizilgan so‘zlar keyingi qatorga qanday ko‘chirilishini ayting.
Ulug‘bek rasadxonasi Samarqanddagi XV asr me‘morchiligining nodir namunasi sanaladi. Bino Ulug‘bekning farmoyishi bilan 1428– 1429-yillarda Cho‘ponota tepaligidagi Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan.
Rasadxona 3 qavatli bo‘lib, balandligi 30,4 m ga teng bo‘lgan.
449-mashq. A. Oripov, 5-«D» sinfi, SamDU, 2011, «O‘qituvchi–2015» so‘zlarini harflar bilan to‘liq yozing. Ularning bo‘g‘inlarga qanday ko‘chirilishini izohlang.
Savol va topshiriqlar
- Bir tovushdan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar keyingi qatorga ko‘chiriladimi?
- Sh, ch, ng harflar birikmasini ajratib ko‘chirish mumkinmi?
- Raqam bilan ifodalangan ko‘p xonali sonlar, qisqartma so‘zlar keyingiqatorga qanday ko‘chiriladi?







