Bosim va uning birliklari

0

Босим ва унинг бирликлари.


Bitta mixni olib, yupqa taxtaga uchini qaratib, orqasiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga oson kiradi. Agar taxtaga mixni qalpog‘i tomoni bilan qo‘yib uchiga bolg‘a bilan urilsa, mix taxtaga kirmaydi. Har ikkala holda ham bolg‘aning zarb kuchi bir xil bo‘lsa-da, natija har xil bo‘lishiga sabab nima? Buning sababi shundaki, mixning taxtaga kirishi kuch kattaligidan tashqari, qo‘yilgan yuzaga ham bog‘liq bo‘lar ekan.

Yuza birligiga tik ravishda qo‘yilgan kuchga to‘g‘ri keladigan fizik kattalikka bosim deyiladi.

p  –  bosim, F  –  bosim kuchi, S  –  kuch qo‘yilgan yuza.

Bosim Paskal bilan o‘lchanadi. Qisqacha 1 Pa. Bu birlik fransuz olimi B. Paskal (1623–1662-y.) sharafiga qo‘yilgan.

Bosim tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Pichoqlar va qaychilar yaxshi kesishi uchun, bosimni orttirish maqsadida, yuzasini qayrab kichik lashtiriladi.

Ignalarning uchlarida, knopkada ham bosimni orttirish uchun yuza kichik lashtiriladi (27-rasm).

Aksincha, bosimni kamaytirish uchun yuzani kattalashtiriladi. Og‘ir yuk ko‘taradigan mashinalarning ballonlari, yengil mashinalarnikiga nisbatan enliroq bo‘ladi. Qalin qorda yurganda botib ketmaslik uchun oyoqqa chang‘i bog‘lanadi. Ko‘p qavatli binolarning poydevori ham keng qilib quriladi.

Masala yechish namunalari

1. Bola og‘irligining bosim kuchi 500 N. Oyoq kiyimlarining ostki yuzasi 300 sm2. Bolaning polga beradigan bosimi nimaga teng?

2. O‘lchamlari 20, 10 va 5 sm bo‘lgan g‘ishtning og‘irligi 10 N ga teng. G‘ishtning turli holatlari uchun tayanchga beradigan bosimlarini hisoblang.

Yechilishi:


Amaliy topshiriq

Massangizni va oyoq kiyimingizning ostki yuzasini bilgan holda tik turgan holatingizda qancha bosim berishingizni aniqlang. Massani maktab tibbiyot yoki jismoniy tarbiya xonasida o‘lchash mumkin. Yuzani topish uchun oyoq kiyimingizni katak daftar varag‘iga qo‘yib, chetki qismini chizib chiqing. Butun kataklar sonini sanang. Unga butun bo‘lmagan kataklar sonining yarmini qo‘shing. Hosil bo‘lgan sonni 0,25 sm2 ga ko‘paytiring.


  1. Kundalik turmushda bosimga doir kuzatgan tajribalaringizni aytib bering.
  2. Nima sababdan yengil avtomobil shudgorda botib qoladi-yu, og‘ir traktor bemalol yuradi?
  3. Bichish-tikish ishlarida ishlatiladigan angishvonaning vazifasini bila sizmi?
  4. Odam yerga qaysi vaqtda ko‘proq bosim beradi: to‘xtab turgandami yoki yugurayotganidami?
Previous articleJismlarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar. Kuch
Next articlePaskal qonuni va uning qo‘llanilishi