Jismlarning bosib o‘tgan yo‘li va unga ketgan vaqt. Bosib o‘tilgan yo‘l (masofa) va vaqt birliklari

0

Жисмларнинг босиб ўтган йўли ва унга кетган вақт. Босиб ўтилган йўл (масофа) ва вақт бирликлари. Жисмларнинг босиб утган йули ва унга кетган вакт. Босиб утилган йул (масофа) ва вакт бирликлари


Mexanik harakatda jismning vaziyati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini bilib oldingiz. Bu o‘zgarishni xarakterlash uchun bosib o‘tilgan yo‘l va vaqt tushunchalari kiritiladi.

Bosib otilgan yol deb jismning harakat trayektoriyasining uzunligiga aytiladi.

Yo‘lni o‘lchash uchun uzunlik birligi metrdan foydalaniladi. Yo‘lni inglizcha space  –  masofa, length  –  uzunlik so‘zlarining bosh harfi s   yoki l harflari bilan belgilanadi[1].

Jism ma’lum bir vaqt mobaynida harakatlanadi. Vaqt juda murakkab tushuncha bo‘lganligi uchun unga oddiy ta’rif berib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra o‘zimiz o‘rganib qolgan tushunchamiz bo‘yicha ishlatamiz.

Masalan, avtobus Guliston shahridan Toshkentga 2 soatda yetib keldi. Vaqtni inglizcha time so‘zining bosh harfi t bilan belgilaymiz. Demak, t = 2 soat.

Bosib o‘tilgan yo‘l uzun yoki qisqaligiga qarab, metrdan tashqari qulaylik uchun km, dm, sm va mm larda ham o‘lchanadi.

Masalan, Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 150 000 000 km, Yerdan Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 384 000 km, Yer radiusi ~ 6400 km, Urganchdan Nukus shahrigacha yo‘l uzunligi ~ 170 km, maktab yugurish yo‘lkasining uzunligi 100 m, shilliq qurtning o‘tgan masofasi 15  sm va h.k.

1 km = 1000 m; 1 m = 10 dm; 1 dm = 10 sm; 1 sm = 10 mm.

Jismlarning harakatlanish vaqti sekundlarda o‘lchanadi. Zaruratga qarab vaqtni millisekund, minut, soat, sutka va h.k. birliklarda belgilash mumkin. 1 sutka = 24 soat; 1 soat = 60 minut; 1 min = 60 sekund.

Jismlarning harakatlanish vaqti yoki bosib o‘tgan yo‘llarini solisht irish uchun ularni bir xil o‘lchov birligiga keltirish zarur!


  • Eng kichik atom o‘lchami (vodorod atomi) 0,00000001 sm.
  • Eng kichik atom yadrosining o‘lchami 0,000000000001 sm.
  • Yerdan eng yaqin yulduzgacha bo‘lgan masofa » 10 000 000 000 000 000 km.
  • Quyoshdan chiqqan yorug‘lik Yerga yetib kelishi uchun ketgan vaqt » 8 min.
  • Yerning Quyosh atrofida bir marta to‘la aylanish vaqti – 1 yil.
  • Quyoshdan eng uzoqda bo‘lgan kichik osmon jismi – Plutonning bir marta aylanish vaqti – 246 yil (Yer yili hisobida).
  • Quyosh va uning sayyoralarining yoshi » 4 700 000 000 yil hisoblanadi.
  • Xalqaro birliklar sistemasi qabul qilingunga qadar turli mamlakat-larda har xil o‘lchov birliklari mavjud bo‘lgan. Masalan, Angliya va Amerika Qo‘shma Shtatlarida uzunlikning quyidagi birliklari ishlatilgan: 1 duym = 2,54 sm; 1 fut = 12 duym = 30,48 sm; 1 milya = 1609 m; 1 dengiz milyasi = 1852 m. Rossiyada: 1 vershok = 4,445 sm; 1 versta = 1066,8 m; 1  arshin = 71 sm; 1 milya = 7  versta = 7467,6  m; 1 sajen  =  3 arshin  =  2,13  Markaziy Osiyoda: 1 qadam  ≈ 63–71 sm; 1 qarich ≈ 19–21 sm; 1  chaq irim = 1066 m; 1 tutam ≈ 9 sm; 1 barm oq ≈ 2,18–2,28  sm; a) 1  farsax ≈ 1200 qadam ≈ 8500 m; b) 1 farsax (farsang) ≈ 9000 qadam ≈ 6000  m.

Amaliy topshiriq

Uyingizdan maktabgacha bo‘lgan masofani qadamlab o‘lchang.

O‘lchov tasmasi yoki metr yordamida bir qadamin giz uzunligini o‘lchang. Bir qadam uzunligini uydan maktab gacha bo‘lgan qadamlar soniga ko‘paytirib, masofani metrl arda hisoblang.


[1] Bundan keyin fizik kattaliklarni ularning inglizcha nomlarining bosh harfi bilan belgilab boramiz.


  1. Masofani mm va sm larda o‘lchash qulay bo‘lgan vaziyatlarga misollar keltiring.
  2. Kundalik turmushda bosib o‘tilgan yo‘lni o‘lchov tasmasi yoki metrdan tashqari yana qanday asboblardan foydalanib o‘lchaganlarini bilasiz?
  3. Bir hafta necha soat bo‘ladi?
Previous articleMexanik harakat nima / deb nimaga aytiladi?
Next articleJismlarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar. Kuch