Paskal qonuni va uning qo‘llanilishi

0

Paskal qonuni va uning qo‘llanilishi. Паскал қонуни ва унинг қўлланилиши. Паскал конуни ва унинг кулланилиши.


Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘ring. Iste’m olda bo‘lgan bir marta ishla tiladigan shprits va bolalar puflaydigan sharni oling. Shprits ignasini sharchaga bir necha marta sanchib oling.

Sharcha ichiga suv quyib, og‘zini ignasi olingan shpritsga kiydiring. Shprits porshenini asta-sekin bosing. Bunda shar ichidagi bosim ortadi. Sharcha teshikchalarining barchasidan suv otilib chiqa boshlaydi (28-rasm).

28- rasm

Demak, porshen orqali berilgan bosim suyuqlik yoki gazda faqat porshen yo‘nalishida emas, balki hamma tomon ga uzatilar ekan. Bu qonuniyatni 1653-yilda frans uz olimi Blez Paskal o‘rgangan. Qonun quyidagicha ta’riflanadi.

Suyuqlik va gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni hamma tomonga o‘zgar ishsiz uzatadi.

Suyuqlik yoki gaz o‘ziga berilgan tashqi bosimni uni tashkil qilgan zarralari orqali uzatadi. Zarralar bosimni uzatishi uchun ular harakatda bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham, ko‘pgina hodisalar (havoda hidning tarqa lishi, suvda siyohning erishi) suyuqlik va gaz zarralarining harakatda ekan ligini tasdiql aydi. Zarralar harakati tufayli idish devorlariga urilib, ichki bosimni hosil qiladi. Ichki bosim uchun Paskal qonuni quyidagicha ta’rifla nadi.

Og‘irlik kuchini hisobga olmaganda, suyuqlik yoki gaz zarralarining idish devorlariga bergan bosimi hamma yo‘nalishda bir xil bo‘ladi.

Paskal qonunidan texnikada keng foydalaniladi. Barcha avtomobillarda, poyezdlarda qo‘llaniladigan tormozlash sistemasi, yer qazuvchi, yuk ortuvchi traktorlarda gidrav lik press deb ataluvchi qurilma ana shu qonun asosida ishlaydi.

Gidravlik press. Gidravlik press o‘zaro suyuqlik o‘tkaz uv chi nay bilan tutashti rilg an porshenli ikkita silindrdan ibo rat (29-rasm). Silindrlar biror-bir suyuqlik bilan to‘ldiri ladi. Porshenl ar ning yuzalari turlicha (S1 va S2).

29-rasm

Agar kichik yuzali porshenga F1 kuch bilan ta’sir etilsa, undan suyuqlikka bosim uzatil adi. Paskal qonuniga ko‘ra bu bosim o‘zgarish siz holda har tomonga uzatiladi. Jumladan, S2 yuzali ikkinchi porshenga ham.

Porshenda bosim hosil bo‘ladi. p1 = p2 dan . Bundan

Demak,  nisbat qancha katta bo‘lsa, F2 ham F1 dan shuncha katta bo‘ladi.


Masala yechish namunasi

Gidravlik press kichik porshenining yuzasi 5 sm2, katta porshenining yuzasi 50 sm2 bo‘lsa, bunday press kuchdan necha marta yutuq beradi?


Amaliy topshiriq

  1. Paskal qonunini sellofan xaltaga suv solib, tajribada tekshirib ko‘ring.
  2. Paskal qonuni qo‘llaniladigan yana qanday qurilmalarni bilasiz?
  3. Ichki bosim mavjudligini qanday tajribada ko‘rish mumkin?
  4. Gidravlik press nimaning hisobiga kuchdan yutuq beradi?
  5. Gidravlik press kuchdan yutuq bersa, nimadan yutqazishi mumkin? Bu haq da o‘ylab ko‘ring.
  6. Gidravlik pressda suyuqlik o‘rniga havo ishlatilsa bo‘ladimi?
Previous articleBosim va uning birliklari
Next articleHuquqiy munosabatlar / Ҳуқуқий муносабатлар