Jismlarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar. Kuch

0

Жисмларнинг ўзаро таъсири ҳақида маълумотлар. Куч.


Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsat ganligini ko‘ramiz.

Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer o‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bunda yo‘l bilan g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta’sirlashishlar tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.

Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli o‘zga radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa, yalpayib shakli o‘zgaradi.

Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o‘zga rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.

Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (22-rasm). Jismlarni Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi. Bir jism ustida ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoq to‘pponchalarida ko‘proq siqilgan prujinadan foydalaniladi.

Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism ham birinchisiga ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol usti biroz egiladi. Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga sapchiganini ko‘rasiz. Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta. Demak, ikki jism orasida o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.

Boshlang‘ich geografiya kursidan Yerning Quyosh atrofida harakat qilishini, Oyning esa Yer atrofida harakatlanishini bilasiz. Bunday hara katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining mavjudligidir.

Soch taralgandan so‘ng, taroqni mayd a yirtilgan qog‘oz parchalariga yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Taqasimon va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi miy magnitlar temir buyumlarni o‘ziga tortadi. Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan zarralar orasi da ham, zarra larning ichida ularni tash kil qilgan, undan ham mayda zarrachalar orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuchl ar haqida yuqori sinflarda ma’lumotlar olasiz.

Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton sharafiga qo‘yilgan.

23-rasm

Kuchni o‘lchash. Kuchni o‘lchash uchun dinamometr (grekcha dinamis  –  kuch, metreo  –  o‘lchayman) deb ataluvchi asbob dan foydalaniladi.

Asbob taxtachaga o‘rna tilgan prujina, prujina uchiga mahkamlangan ko‘rsatkich sim hamda o‘sha joyga ulangan shkala bo‘ylab siljiy oladigan sterjendan iborat. Sterjen uchida ilmog‘i bo‘lib, unga yuk osiladi. Ilmoqqa yuk osilsa, prujina cho‘ziladi. Yuk massasi m = 102 g bo‘lsa, prujina uchidagi ko‘r satkich sim 1   raqamida to‘xtaydi (24-rasm).

24-rasm

Bunda prujina cho‘zilishida hosil bo‘lgan elastiklik kuchi yukning og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Dinamom etrning strelkasi 1 N kuchni ko‘rsatadi. Unga yana 1 N og‘ir likdagi yukni ossak, dinamometr prujinasi cho‘zilib, ko‘rsatk ich sim uchi pastga siljiydi. U joyga 2 raqami qo‘yilgan bo‘lib, ta’sir etayotgan kuchning 2 N  ga tengligini bildiradi. Yuklarni shu tarzda ko‘paytirib borib, dinamometr bilan ularning og‘irliklarini o‘lchash mumkin. Umuman olganda, jism massasi m ma’lum bo‘lsa, unga ta’sir etayotgan og‘irlik kuchini Fog‘ir. kuch. (ef) bilan belgilab,

formula orqali hisoblab topish mumkin.

ga teng bo‘lib, Yer sirtida taqriban o‘zgarmas kattalikdir.


  1. Atrofga qarab o‘zaro ta’sirlashayotgan jismlarga misollar keltiring.
  2. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin?
  3. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli?
Previous articleJismlarning bosib o‘tgan yo‘li va unga ketgan vaqt. Bosib o‘tilgan yo‘l (masofa) va vaqt birliklari
Next articleBosim va uning birliklari