Chayonlar – Чаёнлар

0

Chayonlar – Чаёнлар


Chayonlar janubiy mamlakatlarda keng tarqalgan. O‘rta Osiyo hududida sariq chayon ko‘p uchraydi. Uning yassi tanasi boshko‘krak va qorin qismlariga bo‘lingan (41-rasm, 2). Boshining ustida bir juft yirikroq ko‘zlari, ikki yonida esa besh juft mayda ko‘zchalari bor.

Ustki jag‘lari o‘rgimchaknikiga o‘xshaydi, lekin oyoq paypas lagichlari qisqichga aylangan. Uzun qorin bo‘limi keng oldingi va ingichka orqa qismlardan iborat. Qornining oxirgi bo‘g‘imida zahar bezi va nayzasi bor. Nayzaning uchiga zahar bezining yo‘li ochiladi.

41-rasm. O‘rgimchaksimonlar: 1 – falanga; 2 – chayon; 3 – qoraqurt; 4 – qoraqurt ini
41-rasm. O‘rgimchaksimonlar: 1 – falanga; 2 – chayon; 3 – qoraqurt; 4 – qoraqurt ini

Chayonlar kunduzi toshlar ostida, devor va yerdagi kovaklarda yashirinib yotib, kechasi ovga chiqadi. Ular qornining ingichka qismini yuqori ko‘tarib, tez yuguradi. Yo‘lida uchragan har xil bo‘g‘imoyoqlilar, asosan o‘rgimchak va hasharotlarni qisqichlari yordamida tutib olib, zaharli nayzasi yordamida o‘ldiradi. Chayonlar 20–30 tagacha tirik bola tug‘ib ko‘payadi. Chayonlar zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi.


Batafsil >>

Previous articleO‘rgimchaklar – Ўргимчаклар
Next articleKanalar – Каналар