Chiston haqida malumot. Чистон ҳақида / хакида малумот.
Хalq og‘zaki ijodi janri bo‘lmish topishmoq haqida yaхshi bilasiz. Ma’lumki, nomi yashirilgan narsa yoki tushu ncha belgi, ishoralariga qarab topiladigan savol yoki topshiriqlar topishmoq deyiladi. Mumtoz adabiyotdagi she’riy topis hmoq janri chiston deb yuritiladi. U forscha «chist» (nima) hamda «on» (u) so‘zlaridan iborat bo‘lib, «u nima?» degan ma’noni bildiradi. Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko‘pincha bir yoki ikki bayt bo‘ladi. Turkiy ada biyotda ilk chistonlar Alisher Navoiy tomonidan yaratilgan. Fors-tojik adabiyotida undan bir necha asr ilgari ham mavjud edi hamda lug‘z deb atalgan.
Uvaysiy chistonlari misolida bu janrga хos хususiyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Birinchi chistonda javobni topish uchun bir qator belgi va ishoralar berilgan. Tashqi shakliy ko‘rinishi: gumbazsimon, tuynugi yo‘q. Ichki tuzilishi: gulgunpo‘sh (qizil yopingan) qizlar hamda parda borligi.
Unga munosabat shakli – sindirish kerakligi.
Bu belgilarga ko‘ra anorni ko‘rgan odam biroz tafakkur qilib, uni topa oladi. Haqiqatan ham, anor gumbazga o‘х shaydi. Uning biror teshigi yo‘qki, ichini ko‘rib bo‘lsa. Anor donachalari esa qizil kiygan qizlarning o‘zginasi. Bo‘ lak larni ajratib turuvchi pardalar go‘yo ular yuzidagi harir mato. Nihoyatda sinchkovlik va zukkolik bilan topilgan tasvir!
Uvaysiy saroyda yashagan davrida хon haramidagi kanizlar hayotiga guvoh bo‘lgan. Gulday yoshligi saroy gumbazi ostida хazon bo‘layotgan qizlarning bag‘irlari qon. Saroyning harir pardalari ularni tashqi olamdan ajratib turadi. Yuqoridagi chiston ana shu kuzatishlar asosida yaratilgan bo‘lsa ajab emas. U ijtimoiy hayotdagi voqeaga ishora qiladi. Keyingi ikki chistonda esa bu хususiyat yo‘q. Ular tabiat dagi holat va hodisalar tasviriga bag‘ishlangan. Shundan kelib chiqsak, she’riy topishmoqlar ikki turli bo‘ladi: majoziy chistonlar («Anor») hamda oddiy chistonlar («Yong‘oq», «Kun va tun»).







