Qofiya va radif (Қофия / кофия ва радиф).
Qofi ya she’rning asosiy unsurlaridan biri sanaladi. U she’riy asarlar musiqiyligini, jozibasini ta’minlaydi. Qofi ya matnda yarq etib ko‘zga tashlanadi, eshitilishida ham boshqa so‘zlardan ajralib turadi. Shuning uchun shoirlar asarlarida asosiy fi krni tashuvchi so‘zlarni qofi yada beradilar.
Qofi ya bo‘lishi uchun ikki va undan ortiq ohangdosh so‘zlar uyg‘unligi bo‘lishi kerak. Ular qofi yadosh so‘zlar dey iladi. Ohangdoshlikni bu so‘zlardagi raviy deb ataluvchi unli yoki undosh bo‘lgan tirgak tovush hosil qiladi. Qofi yadosh so‘zlarda raviy qat’iy bir o‘rinda keladi. Masalan, «Anor» chistonidagi «nishon», «makon», «qon» qofi yadosh so‘zlarida «n» undoshi raviy hisoblanadi. Ularda qofi ya raviy bilan tugagan. «Yong‘oq» chistonining birinchi baytidagi «boshida», «qoshida» qofi yadosh so‘zlarida «sh» tovushi raviydir. Chunki qofi yadosh so‘zlarning o‘zagi «sh» bilan tugagan. Lekin bu chistonda qofi ya raviydan keyin ham davom etmoqda. Raviy bilan tugallangan qofi yalarni muqayyad deb, raviydan keyin harfl ar kelgan qofi yalarni mutlaq qofi ya deb atash qabul qilingan. Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ammo ijod amaliyotida ba’zan bu talabdan chetga chiqishlar ham kuzatiladi. Uvaysiyning «Kun va tun» chistonida ham shu holatni ko‘ramiz. «Ko‘rmagan» – «sig‘magan» qofi yasidagi raviy («n» tovushi) o‘zakda emas, qo‘shimchaning tarkibida joylashgan.
Eslab qolish kerakki, «lola – piyola», «banda – хanda» kabi qofi yalarda «a» unlisi emas, balki «l» hamda «d» undoshlari raviy hisoblanadi. So‘zdagi cho‘ziq unlilargina raviy bo‘la oladi. Qisqa unlilar raviy bo‘lolmaydi. Masalan, shoiraning «Uvaysiyman» radifl i g‘azalida «mubtalo», «osh no», «muddao», «mosivo» so‘zlaridagi «o» unlisi raviy dir.
Qofi yadan keyin takrorlanadigan so‘z yoki so‘zlar birligi radif deyiladi. Yuqorida siz o‘rgangan:
Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim,
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim, –
bayti bilan boshlanuvchi she’rida «jononimni», «davronimni» kabi so‘zlar qofi yadosh bo‘lsa, ulardan keyin takrorlanuvchi «sog‘indim» radifdir.
Radif bir necha so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin. Uvaysiy ning:
Ki bulbul nola, afg‘on aylamakni mendin o‘rgandi,
Vujudin sham’i so‘zon aylamakni mendin o‘rgandi, – baytida «afg‘on», «so‘zon» qofi yasidan keyingi uch so‘zdan iborat «aylamakni mendin o‘rgandi» radif bo‘lib kelgan.