O‘rgimchaksimonlar sinfi. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi. Ўргимчаксимонлар синфи. Бутли ўргимчакнинг тузилиши ва ҳаёт кечириши. Ургимчаксимонлар синфи. Бутли ургимчакнинг тузилиши ва хаёт кечириши.
O‘rgimchaksimonlar sinfi
O‘rgimchaksimonlar haqiqiy quruqlikda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar. Og‘iz organi 2 juft. O‘pka yoki traxeya orqali nafas oladi. Ayrim jinsli harakat organlari 4 juft. O‘rgimchaksimonlar sinfi o‘rgimchaklar, falangalar, chayonlar, kanalar turkumlariga ajratiladi.
Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi
Butli o‘rgimchak o‘tlar va butalar orasiga qurgan to‘ri ustida hayot kechiradi. Qalin o‘t-o‘lanlar bilan qoplangan daryo va soylar bo‘yida uning to‘rini ko‘p uchratish mumkin. Butli o‘rgimchakning tanasi kichik boshko‘krak va dumaloq shakldagi silliq qoringa bo‘linadi (39-rasm). Boshko‘krakning ustki tomonida to‘rt juft oddiy ko‘zchasi, oldingi uchida bo‘g‘imlarga bo‘lingan ikki juft og‘iz organlari joylashgan.

Og‘iz organlarining birinchi jufti ustki jag‘lar hisob lanadi. Ustki jag‘larning birinchi bo‘g‘imi harakatchan tirnoqsimon o‘simtadan iborat bo‘lib, o‘ljasi tanasini teshish uchun xizmat qiladi. Jag‘lar ning asosida zahar bezlari joylashgan. Jag‘lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi tanasiga tushadi va uni o‘ldiradi.
O‘rgimchaklarning ikkinchi juft og‘iz organlari oyoq paypaslagichlar deb ataladi. Ular mayda sezgir tukchalar bilan qop langan bo‘lib, tuyg‘u organi hisob lanadi. Paypaslagichlarning asosiy bo‘g‘imlari pastki jag‘lar vazifasini bajaradi. Butli o‘rgim chakning oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga nisbatan birmuncha kalta. Boshko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoq lari ham joylashgan. Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qornining orqa tomonida butsi mon oqish dog‘i bo‘ladi. Shuning uchun unga butli o‘rgimchak nomi berilgan. Qorin bo‘limining keyingi uchida uch juft o‘rgimchak so‘gallari (bezlar) bo‘lib, ularga o‘rgimchak bezlarining yo‘llari ochiladi.
Tutqich to‘ri
O‘rgimchak bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuq lik havoda qotib, ipga aylanish xususiyatiga ega.
Orqa oyoqlaridagi taroqqa o‘xshash tirnoqlari yordamida bir necha bezdan hosil bo‘layotgan iplarni o‘rgimchak bir-biriga yopishtirib, bitta yaxlit ip hosil qiladi. Urg‘ochisi bu iplardan tutqich to‘r to‘qiydi (39-rasm). Butli o‘rgimchakning tutqich to‘ri g‘ildirak shaklida bo‘lib, butalar va baland bo‘yli o‘tlar orasiga tik tortilgan bo‘ladi.
O‘rgimchak ovi
Tutqich to‘r yoniga o‘rgimchak ko‘pincha to‘rdan in to‘qiydi. Bu inda u o‘z o‘ljasini poylab yotadi. Tutqich to‘rning markazidan o‘rgimchak tomonga signal ipi tortilgan bo‘ladi. Tasodifan to‘rga tushib qolib, tipirchilayotgan pashsha, kapalak va boshqa mayda hasharotlar signal ipini tebratganida o‘rgimchak inidan tezda chiqib, o‘ljaga tashlanadi va uni o‘rgimchak ipi bilan o‘rab oladi. O‘ljani ustki jag‘larining o‘tkir tirnoqlari yordamida zaharlab o‘ldiradi. Shundan keyin uni birmuncha vaqt qoldirib, iniga kirib ketadi.
Oziqlanishi
O‘rgimchak zahari tarkibida hazm suyuqligi bo‘ladi. Bu suyuqlik ta’sirida o‘ljaning ichki to‘qimalari parchalanib suyuq holga keladi. O‘lja tanasini so‘rib oladi. O‘ljadan faqat xitin po‘sti qoladi. Butli o‘rgimchak zahari odam va umurtqali hayvonlarga ta’sir qilmaydi.
Nafas olishi
Qornining oldingi tomonida bir juft o‘pka xaltalari joylashgan (40-rasm). Har qaysi o‘pkada ko‘plab varaqsimon o‘simtalar bo‘ladi. Bu varaqlar orqali qon aylanadi.

O‘rgimchakning nafas olishida o‘pka bilan bir qatorda ikki tutam traxeyalar (ingichka naysimon nafas olish organlari) ham ishtirok etadi. Traxeyalar qorin bo‘limining keyingi qismida umumiy teshik orqali atmosfera havosi bilan bog‘langan. O‘rgimchak qon aylanish, ayirish va nerv sistemalarining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga o‘xshash bo‘ladi.
Ko‘payishi
Butli o‘rgimchakning urg‘ochisi erkagiga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Urg‘ochisi kuzda urug‘langandan keyin biror pana joy (toshlar va daraxtlar po‘stlog‘i osti)ga bekinib olib, ipdan to‘qilgan pillaga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchaklar nobud bo‘ladi, tuxumlari pilla ichida qishlab qoladi. Bahorda tuxumlardan yosh o‘rgimchaklar chiqadi.
- Butli o‘rgimchakning boshko‘krak bo‘limi qanday tuzilgan?
- Butli o‘rgimchak jag‘lari qanday tuzilgan?
- O‘rgimchakning qorin bo‘limi qanday tuzilgan?
- O‘rgimchakning tutqich to‘ri qanday to‘qiladi?
- Butli o‘rgimchak qanday ov qiladi?
- O‘rgimchaklar qanday nafas oladi?
- Butli o‘rgimchak qanday ko‘payadi?
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
O‘rgimchaksimonlar, zahar bezlari, oyoq paypaslagichlar, o‘rgimchak bezlari, tutqich to‘r, o‘pka xaltalari, traxeyalar, pilla.
Jumboqni yeching. Aytishlaricha, juda mustahkam ip olish maqsadida olib borilgan o‘rgimchaklarni qo‘lda boqish ishlari muvaffaqiyatsiz chiqqan. Nima uchun shunday bo‘lgan?