Dengiz bo‘shliqichlilari. Денгиз бўшлиқичлилари

0

Dengiz bo‘shliqichlilari. Денгиз бўшлиқичлилари. Денгиз бушликичлилари.


Dengiz bo‘shliqichlilariga dengizlar tubida yakka o‘troq yashaydigan aktiniyalar va o‘troq koloniya hosil qiladigan korall poliplar hamda suv qa’rida erkin suzib yurib hayot kechiradigan meduzalar kiradi.

Yakka o‘troq yashovchi aktiniyalar tanasining tuzilishi va shakli gidraga o‘xshash bo‘ladi. Lekin ancha yirik (tana diametri 0,5 m gacha) va rangli bo‘lishi bilan gidradan farq qiladi (15rasm, 4) aktiniyalar). Paypaslagichlari og‘iz teshigi atrofida bir necha qator bo‘lib joylashgan. Aktiniyalar suv tubidagi narsalarga yopishib yashaydi, ba’zan tovonida asta-sekin harakat qiladi. Gidra singari ular ham o‘ljasini otiluvchi tolalari bilan jarohatlab, paypaslagichlari yordamida og‘ziga soladi (9-video. Aktiniyaning oziqlanishi). Ayrim aktiniyalar zohid qisqichbaqalar va baliqlar bilan simbioz yashashga moslashgan. Simbioz yashash har ikkala hayvon uchun ham foydali bo‘ladi. Ulardan biri, masalan, aktiniya qisqichbaqa chig‘anog‘iga o‘tirib olib, uni yirtqich hayvonlardan himoya qiladi. Qisqichbaqa esa aktiniyani o‘zi topgan ozig‘iga sherik qiladi.


Koloniya hosil qiluvchi poliplar

Koloniya hosil qiluvchi poliplar. Koloniya hosil qiluvchi poliplar koloniyasi gidraga o‘xshash tuzilgan juda ko‘p sonli poliplardan iborat. Koloniyadagi poliplarning ichki bo‘shliqlari o‘zaro tutashgan bo‘ladi. Shuning uchun har bir polipning tutgan ozig‘i hamma koloniya a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya hosil qiluvchi poliplar mayda organik qoldiqlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Ko‘pchilik turlarining tanasi devorida ohak skelet hosil bo‘ladi. Qattiq skeletli, koloniya bo‘lib yashovchi bo‘shli q ichlilar  korall poliplar deb ataladi (15-rasm, 5, 6).

15-rasm. Dengiz bo‘shliqichlilari:1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi
15-rasm. Dengiz bo‘shliqichlilari:
1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi

Koloniya  bo‘lib yashovchi poliplar jinsiy ko‘payganda tu xum dan chiqqan lichinkasi aktiniyalar lichinkasi singari suv tubiga yopishib, kichkina polip hosil qiladi. Polip davrida esa gidra singari jinssiz kurtaklanish orqali ko‘payadi. Lekin kurtakdan hosil bo‘lgan yosh poliplar ona  tanasidan ajralib ketmasdan birga kurtaklana boshlaydi. Shu tariqa koloniya hosil bo‘ladi.


Korall riflari

Korall riflari. Tropik dengiz  sohillari yaqinida, okeanning uncha chuqur bo‘lmagan joylarida korall poliplar zich joylashib, juda yirik koloniyalar riflarini hosil qiladi. Koloniya suv yuzasiga qarab o‘sadi; suv tubida esa koloniyaning halok bo‘lgan ostki qismi ko‘plab to‘planib qoladi. Shu tarzda vaqt o‘tishi bilan poliplar koloniyasi korall orollarini hosil qiladi. Shamol, suv va qushlar orqali har xil o‘simliklarning urug‘i kelib qolishi natijasi da riflarda hayot boshlanadi. Bunday riflar Tinch okeanning tropik qismida, ayniqsa, Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida ko‘p uchraydi.

Korall riflaridan qurilish materiali (ohaktosh) sifatida foydalaniladi. Ayrim riflardan (qizil korall) zeb-ziynat buyumlari tayyorlanadi. Korall riflari turli baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari uchun makon bo‘ladi. Shuning uchun riflar tarqalgan joylar qo‘riqxonalarga aylantirilgan.


Meduzalar

Meduzalar. Meduzalarning tanasi birmuncha tiniq, shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga o‘xshab ketadi (15rasm, 1, 2, 3). Soyabonning ostki tomoni markazida joylashgan og‘iz teshigi atrofida va soyabonning chetida juda ko‘p paypas lagichlari bo‘ladi. Tana devori hujayralari hamma bo‘sh liqichlilar singari ikki qavat joylashgan, lekin oraliq moddasi juda kuchli rivojlangan. Meduzalarning soyaboni qisqarganda uning ostidagi suv kuch bilan otilib chiqib, reaktiv harakat paydo bo‘ladi.

Meduzalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar, baliq chavoqlari va boshqa mayda suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Ular o‘ljasini otiluvchi tolalari yordamida falajlab, og‘iz atrofidagi yirik paypaslagichlari yordamida og‘ziga soladi. Ayrim meduzalar ning otiluvchi tolalari kuydirish xususiyatiga ega. Shimoliy dengizlarda uchraydigan qutb meduzasi va Qora dengizda ildizog‘iz meduza cho‘miluvchilar uchun xavfli hisoblanadi. Dengiz likopchasi deb ataladigan, barcha dengiz larda keng tarqalgan aureliya meduzasi odam uchun zararsiz. Meduzalar baliqlar chavoqlarini yeb, baliqchilikka birmuncha ziyon yetkazadi.


Bo‘shliqichlilarning kelib chiqishi

Bo‘shliqichlilarning kelib chiqishi. Tanasidagi hujayralarning kuchsiz ixtisoslashganligi va kuchli regeneratsiya qilish xususiyati bo‘shliqichlilarning eng qadimgi hayvonlar ekanligini ko‘rsatadi. Olimlarning fikricha, qadimgi koloniya bo‘lib yashovchi bir hujayrali xivchinlilardan dastlab gidrasimonlar, ulardan esa korall poliplar va meduzalar kelib chiqqan. Bo‘shliqichlilar tanasida oziqni qamrab olib hazm qiladigan hujayralarning bo‘lishi buning  dalili hisoblanadi.


  1. Aktiniyalar qanday tuzilgan?
  2. Korall poliplar koloniyasi qanday hosil bo‘ladi?
  3. Meduzalar qanday tuzilgan?
  4. Meduzalar qanday harakat qiladi?
  5. Qaysi meduzalar odam uchun xavfli?
  6. Bo‘shliqichlilar qanday kelib chiqqan?
Previous articleBuyuk qadamjolar (Hazrati Imom majmuasi) – Vatan Tuyg’usi
Next articleKoloniya hosil qiluvchi poliplar