Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari

0

Ta`lim jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat xollarda didaktik tizimlar xam deb ataladi) asosida tashkil etiladi.

Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit kismlardan tashkil topgan, birlashtirish) – ma`lum mezonlari asosida ta`lim jarayoning yaxlit xolatini belgilash, ajratib kursatish demakdir. U ta`limning maksadi, tamoyillari, mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadkikotchilar mavjud didaktik konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib kuyidagi guruxlarga ajratadilar:

  • an`anaviy;
  • progressiv;

Ta`lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning didaktik konsepsiyalari muxim axamiyatga ega.

An`anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan boglik. U Y.A.Komenskiyning sinf-dars an`anaviy tizimini tankidiy nukati nazardan kayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuklariga tayangan xolda ta`lim tizimini yaratdi.

I.F.Gerbart ta`lim tizimining asosiy belgisi kuyidagilardan iborat. ukuvchilarning intellektual rivojlanishini ta`minlash maktabning asosiy vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir.

Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining asosiy rol uynashini e`tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, G.Kershteynning mexnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.

Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B.Skinner  kismlarga bulingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat kilish asosida materialni uzlashtirishda samaradorlikka erishish goyasini ilgari suradi. Mazkur goya keyinchalik dasturiy ta`lim deb ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga karab ukuvchiga mustakil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoklashtirilgan dasturlarni yaratdi.

D.Dyuining nazariy goyalari muammoli ta`limning asosi bulib koldi. Bugungi kunda muammoli ta`lim deb nomlanuvchi, ushbu goya ukituvchi raxbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni xal etishda ukuvchilarning faollik va mustakilliklarini ta`minlashga erishishni nazarda tutadi.  Muammoli ta`limning vazifasi faol urganish jarayonini ragbatlashtirish, ukuvchilarda fikrlash, tadkikotchilik kunikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta`lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarkaldi.  Uning goyalarini amalga oshirish ta`lim jarayoniga insonparvarlik goyasini singdirish,  shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

Psixolog L.S.Vugotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yakin rivojlanish zonasi” goyasi xam muxim axamiyatga ega. Unga kura bola kattalar yordamida bilim olib, uzi mustakil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.

Uzbekiston Respublikasining “Ta`lim tugrisida”gi konunida ta`lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik goyalarga muvofik tashkil etilishi e`tirof etilgan.

Ta`limni insonparvarlashtirish ta`lim jarayonida ukuvchi shaxsini xurmat kilish, uning sha`ni, obrusi, kadr-kimmatini poymol etmaslik, mavjud iste`dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yul kuymaslik, ta`lim dasturlarini tanlashda ukuvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.

Respublika uzluksiz ta`lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat kiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.

Mafkuraviy immunitet tushunchasi

Previous articleDidaktikaning asosiy kategoriyalari va didaktik tushunchalar tizimi
Next articleZamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari