O‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakalari

0

O‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy  tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun o‘qituvchi  pedagogik texnikasi tizimidan o‘rin olgan yana bir malaka – bu o‘qituvchining aktyorlik va rejissyorlik malakasidir. Xususan, adabiyot, odobnoma, ma’niviyat asoslari, tarix o‘qituvchilari uchun  aktyorlik malakasi nihoyatda zarur. Ma’lum mavzular, obrazlar, tarixiy qahramonlarni tavsiflayotganda aktyorlik, o‘quv ma’lumotlarini so‘rash, o‘quvchi-talabalar faoliyatini tashkil etishda esa, o‘qituvchiga rejissyorlik malakalari zarur. Bu malakalar o‘qituvchiga yoshlar bilan muomala qilishda tarbiyalanuvchi – talabalarning aql – idrokkina emas, balki ularning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatish, ularga olamga nisbatan hissiy – qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini o‘zlashtirishga yordamlashadi.

Shunday qilib, o‘qituvchida yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida  muvaffaqiyatga erishadi.

Ta’kidlanganidek shaxsiy-kasbiy malakalar o‘qituvchining ijtimoiy – gumanitar, ixtisoslik hamda maxsus fanlar bo‘yicha bilimlarini boyitadi pedagogik mahoratni egallashga intilishni kuchaytiradi, o‘z kasbiga qiziqish va burch, hamda ma’suliyatni his qilishni rivojlantiradi. Va bu malakalar yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga yordam beradi.

Pedagogik ta’limotning  ta’kidlashicha, yuqorida qayd qilib va tasniflab o‘tilgan pedagogik texnika malakalari yakka holda emas, yaxlit tarzda qo‘llanilsa, kutilgan maqsadga erishiladi. Masalan, nutq texnikasi, his-tuyg‘u, mimik, pantomimik malakalar bilan bog‘liqlikda amalga oshirilsa  bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo-ishora bilan to‘ldiriladi va kutilmagan pedagogik vaziyatda osoyishtalik bilan  fikr yuritish, holatini erkin tahlil qilishga muvaffaq bo‘linadi. Bu xususiyatlar pedagogning individual psixik, fiziologik fazilatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika o‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l – atvori, sihat – salomatligi va anatomik – fiziologik xususiyatiga bog‘liq  holda rivojlanib boradi.

Shunday qilib, o‘qituvchi-tarbiyachi o‘zida shaxsiy-kasbiy malakalarni tarbiyalashi, ularning mazmunini mukammal o‘zlashtirishi talab etiladi. Bu  pedagogik texnikani egallashning muhim sharti bo‘lib, u o‘qituvchini pedagogik mahorat sari etaklaydi.

Pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning yana bir malakalar tizimi shakllanganki, ularsiz o‘quv-tarbiya   jarayonini qurish, amalga oshirish o‘qitish va, tarbiyalash samaradorligini oshirish mushkul. Bu malakalar pedagogik nazariya va amaliyotda kasb-kor malakalari nomini olgan. Tajribaning ko‘rsatishiga kasb-korlik malakalari ta’lim oluvchilarning o‘qish-o‘rganish jarayonidagi  faolligini oshirishga, mashg‘ulotlarda o‘quvchi-talabalar uchun jonli, ishchan muhitni yaratishga, axborotlarni o‘qituvchi tomonidan jonli, ta’sirchan bayon etish mikromuhitni yaratishda, informatsiyalarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishni aniq prognoz qilishga ko‘maklashadi. Pedagogika fanlari doktori, professor N.V. Kuxarevning yozishicha bu malakalar konstruktivmodellashtiruvchi (konstruktiv-lotincha “konstruktis” so‘zidan olingan bo‘libqurish, tuzish degan ma’noni bildiradi), malakalar bo‘lib, ular gnostik, loyihalovchi, konstruktiv malakalardan tarkib topgan. I. Gnostik malakalar:

O‘quv materialidan muhimini, asosiylarini ajratish.

O‘quv ma’lumotlarini tizimlashtirish.

O‘quv qo‘llanmasiga qo‘shimcha manbalar (tushuntirish, javob berish jarayoni uchun) tanlash.

O‘quv predmetiga doir ko‘rsatma qurollarni mustaqil tayyorlash va bu ishga o‘quvchilarni keng jalb qilish (o‘quv materialining mantiqiy tarkibini tushunsin:

ko‘rsatmali qurol tayyorlash yo‘llarini egallasin va h.k.)

Bayon qilingan dalillarga munosabat bildirgan holda mantiqiy bog‘langan matn tuzish; asoslash uchun qo‘shimcha ma’lumotlar keltirish, taqqoslash yo‘li bilan ma’lumotning mazmunini ochib berish; xulosa chiqarish, dalil keltirish va voqea hodisalarga shaxsiy munosabat bildirish.

  1. Loyihalovchi malakalar:

Yangi ma’lumotlarni o‘rganish bilan bog‘liq savollarni ifodalash va ularga javob izlash rejasini tuzish.

Bilish xarakteridagi masalani mustaqil ifodalash va uni isbotlash uslubini topish.

Izlanish xarakteridagi masalani hal qilish jarayonida oddiy tadqiqot ishlarini olib borish: kuzatish, farazni ilgari surish, umumlashtirishni amalga oshirish.

Konstruktiv malakalar: 

Ko‘rsatmali vositalarda savollarni mustaqil ifodalash va o‘quvchilarni bu savollarga javoblarni asoslashga undash.

  1. O‘rganilgan ma’lumotning amaliy tarkibiga doir malakalarni mustaqil ifodalash va ularni hal qilish.

Bu kasb-korlik malakalar o‘qituvchining o‘quv va maxsus fanlar bo‘yicha bilimlari, pedagogik mahoratni egallashga intilishi, o‘z kasbiga qiziqishi, burch va ma’suliyatni his qilishi asosida egallanadi. Ular yoshlarni  o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish, mustaqil bilim olish ishlariga amaliy yordam beradi.

O‘qituvchining kasb-kor malakalari shaxsiy-kasbiy malakalarini inobatga olgan holda, o‘zaro bog‘liqlik va yaxlitlikda qo‘llaniladi. SHunda o‘qituvchi pedagogik texnikasining shakllanishi va takomillashuvi uchun sharoit yaratiladi. Bu malakalar hamkorlikda va hamohanglikda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash, o‘quvchi –talabalarning bilimdonligi, kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish, hamda barkamol inson shaxsini to‘laqonli qilib tarbiyalash uchun imkon tug‘diradi.    

Shu o‘rinda alohida qayd etib o‘tish lozimki, o‘qituvchi pedagogik malakalarni egallab, uning ustasi bo‘lishi uchun pedagogik texnikani egallash yo‘llarini bilishi ham kerak. Endi esa, pedagogik texnikani egallash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari