Favqulodda vaziyatlar tushunchasi hamda ularning o`ziga hos hususiyatlari, favqulodda vaziyatlarning turlari va ularga qisqacha ta`rif

0

Favqulodda vaziyat (FV) — ma`lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshka turdagi ofatlar natijasida kishilarning ulimiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli modtsiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.

Favqulodda  vaziyatning tavsifi

Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta ko`rsatkich bo`yicha aniqlanidi:

  1. Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ning ta’rifi);
  2. FVning mohiyati;
  3. FVning sabablari;
  4. FVning shikastlovchi omillari;
  5. FVning qaltislikni oshiruvchi omillari;
  6. FVning oldindin bilish mumkinligi (monitoring, bashorat,YU ogohlantirish, yumshatish);
  7. FVni bartaraf qilish;
  8. Moddiy zararni aniqlash;

FV oqibatining asosiy turlari: o`lim, odamlarning kasallanishi, inshoatlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar.

 FVning zararli va havfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshoatlar, moddiy resurslarning barchasi – «SHikastlanish o`chog’i» deyiladi. Oddiy (bir turdagi) shikastlanish o`chog’i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bo`ladigan o`chog’ tushiniladi. Masalan, portlash, yong’in natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (ko`p turli) shikastlanish o`chog’i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korhonasidagi portlash,  binolarning buzilishi, yong’in, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga,  er silkinishi, kuchli bo`ron, suv toshqini, yog’inlar, elektr tarmoqlarini ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofatlarga olib kelishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar tavsifiga kura (sababi va kelib chikish manbaiga kura):

  1. Tabiiy tusdagi FV;
  2. Tehnogen tusdagi FV;
  3. ekologik tusdagi FVlarga bulinadi.

Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 hil turdagi havfli hodisalar kiradi:

1) geologik havfli hodisalar: zilzilalar, er kuchishlari, tog upirilishlari va boshka havfli geologik hodisalar;

2) gidrometeorologik havfli hodisalar: suv toshki nlari, sellar, kor kuchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshka havfli gidrometerologik hodisalar;

3) Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida havfli infektsiyalar (ulat, vabo, sargayma, isitma), yukumli kasalliklar, rikketsiyalarepidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, zoonoz infektsiyalar — Sibir yarasi, kuturish, virusli infektsiyalar — SPID;

Epidemiya — odamlarning guruh bulib yukumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan hamda ozikovkatdan ommaviy zaharlanish); epizootiya — hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bulishi; epifitotiya esa usimliklarning ommaviy nobud bulishidir.

Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar. ekologik tusdagi FVlar asosan 3 hil buladi:

  1. Kuruklik (tuprok, er osti)ning holati uzgarishi bilan boglik vaziyatlar: halokatli kuchkilar — foydali kazilmalarni kazish chogida er ostiga ishlov berilishi va insonning boshka faoliyati natijasida er yuzasining upirilishi, siljishi;

Tuprok va er sanoati tufayli kelib chikadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, ogir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek, kishlok hujaligi ishlab chikarishida odamlarning sogligi uchun havf soluvchi kontsentratsiyalarda kullaniladigan pestitsidlar va boshka zaharli himikatlar mavjudligi.

  1. Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va hossalari uzgarishi bilan boglik bulgan vaziyatlar:

Havo muhitining kuyidagi ingridientlar bilan ekstremal yukori ifloslanishi:

— oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, kurum, chang va odamlar sogligiga havf soluvchi kontsentratsiyalarda antropogen tusdagi boshka zararli moddalar;

— keng kulamda kislotali hududlar hosil bulishi va kup miktsorda kislota chikindilari yogilishi;

— radiatsiyaning yukori darajasi.

  1. Gidrosfera holatining uzgarishi bilan boglik vaziyatlar:

Er yuzasi va er osti suvlarining sanoat va kishlokhujaligi ishlab chikarishi okavalari;

Neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bulgan, tarkibida ogir metallar, har hil zaharli himikatlar mavjud chikindilar va boshka zararli moddalar bilan eksteremal yukori darajada ifloslanishi;

Binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uyjoylarning emirilishiga olib kelishi mumkin bulgan yoki olib kelgan sizot suvlar miktsorining ortishi;

Suv manbalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi okibatida ichimlik suvining keskin etishmasligi.

Tehnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 hil turdagi vaziyatlar kiradi:

1) Transportlardagi avariyalar va halokatlar — ekipaj a`zolari va yulovchilarning ulimiga, havo kemalarining tulik parchalanishiga yoki kattik shikastlanishiga hamda kidiruv va avariyakiliruv ishlarini talab kiladigan avia halokatlar;

YOnginga, portlashga, harakatlanuvchi tarkibining buzilishiga sabab bulgan va temir yul hodimlarining halokat hududidagi temir yul platformalarida, vokzal binolarida va shahar imoratlarila bulgan odamlar ulimiga, shuningdek, tashilangan kuchli ta`sir kursatuvchi zaharli modtsa (KTZM)lar bilan halokat joyiga tutash hududning zaharlanishiga olib kelgan temir yul transportdagi halokat va falokatlar;

Portlashlarga, yonginlarga, transport vositalarining parchalanishiga, tashilayotgan KTZMlarning zararli hossalari namoyon bulishiga va odamlar ulimi (jarohatlanishi, zaharlanishi)ga sabab buladigan avtomobil transportining halokati va avariyalari, shu jumladan, yultransport hodisalari;

Odamlarning ulimiga, shikastlanishiga va zaharlanishiga, metropoliten poezdlari parchalanishiga olib keladigan metropoliten bekatlaridagi va tunellaridagi halokatlar, avariyalar, yonginlar;

Gaz, neft mahsulotlarining otilib chikishiga, ochik neft va gaz favvoralarining yonib ketishiga sabab buladigan magistral kuvurlardagi avariyalar.

2) Kimyoviy havfli ob`ektlardagi avariyalar:

Tevarak atrof tabiiy muhitga ta`sir kiluvchi zaharli moddalarning (avariya holatida) odamlar, hayvonlar va usimliklarning kuplab shikastlanishiga olib kelishi mumkin bulgan yoki olib kelgan taktsirda, yul kuyiladigan chegaraviy kontsentratsiyalardan ancha ortik mikdorda sanitariya — himoya hududidan chetga chikishiga sabab buladigan kimyoviy havfli ob`ektlardagi avariyalar, yongin va portlashlar.

3) YOng’in portlash havfi mavjud bulgan ob`ektlardagi avariyalar: Tehnologik jarayonda portlaydigan, oson yonib ketadigan hamda boshka yongin uchun havfli moddalar va materiallar ishlatiladigan yoki saklanadigan ob`ektlardagi odamlarning mehanik va termik shikastlanishlariga, zaharlanishlariga va ulimiga, asosiy ishlab chikarish zahiralarining nobud bulishiga, favqulodda vaziyatlar hududlarida ishlab chikarish maromining va odamlar hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan yonginlar va portlashlar;

Odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va ulimiga olib keladigan hamda kidiruv kutkarish ishlarini utkazishni, nafas olish organlarini muhofaza kilishning mahsus anjomlarini va vositalarini kullashni talab kiluvchi kumir shahtalaridagi hamda kon ruda sanoatidagi gaz va chang portlashi bilan boglik avariyalar, yonginlar va jinslarning kuporilishi.

4) energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar: Sanoat va kishlokhujaligi mahsulotlari iste`molchilarining avariya tufayli energiya ta`minotisiz kolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan GES, GRES, IESlardagi, tuman issiklik markazlaridagi elektr tarmoklartsdagi bugkozon kurilmalaridagi, kopressor, gaz taksimlash shahobchalaridagi va boshka energiya ta`minoti ob`ektlaridagi avariyalar, yonginlar, aholi hayotfaoliyatining buzilishiga va salomatligiga havf tugilishiga olib keladigan gaz kuvurlartsdagi, suv chikarish inshootlaridagi, suv kuvurlaridagi, kanalizatsiya va boshka kommunal ob`ektlardagi avariyalar;

Atmosfera, tuprok, er osti va er usti suvlarining odamlar salomatligiga havf tugdiruvchi darajada kontsentratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab buladigan gaz tozalash kurilmalaridagi, biologik va boshka tozalash inshootlaridagi avariyalar.

5) Bino va inshootlarning birdan kulab tushishi bilan boglik avariyalar:

Odamlar ulimi bilan boglik bulgan va zudlik bilan avariyakutkaruv utkazilishini hamda zarar kurganlarga shoshshshnch tibbiy yordam kursatilishini talab kiladigan maktablar, kasalhonalar, kinoteatrlar va boshka ijtimoiy yunalishdagi ob`ektlar, shuningdek, uyjoy sektori binolari konstruktsiyalarining tusatdan buzilishi, yonginlar, gaz portlashi va boshka hodisalar.

6) Radioaktiv va boshka havfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanshi yoki ularni saklash bilan boglik avariyalar:

Sanitariya himoya hududi tashkariga chikarib tashlanishi natijasida paydo buladigan yukori darajadagi radioaktivlik odamlarning yul kuyiladigan kup mikdorda nurlanishini keltirib chikaradigan tehnologik jarayonda radioaktiv moddalardan foydalanadigan ob`ektlardagi avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vakgidagi avariyalar; radioizotop buyumlarning yukotilishi; biologik vositalarni va ulardan olinadigan preparatlarni tayyorlash, saklash va tashishni amalga oshiruvchi ilmiytadkikot va boshka muassasalarda biologik vositalarning atrof-muhitga chikib ketishi yoki yukotilishi bilan boglik vaziyatlar.

7) Gidrotehnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar: Suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland toglardagi yullardan suv urib ketishi natijasida vujudga keladigan hamda suv bosgan hududlarda odamlar ulimiga, sanoat va kishlok hujaligi ob`ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib keladigan va shoshilinch kuchirish tadbirlarini talab kiladigan halokatli suv bosishlari.

Hozirgi vakgda Birlashgan Millatlar Tashkiloti — BMT buyicha favqulodda vaziyatlarning tavsifiga yana kushimcha kilib: a) ijtimoiy-siyosiy tavsifdagi FV; b) harbiy tavsifdagi FV ni kiritish mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karoriga kura bizning mintakada 7 hil FV turlari tasdiklangan:

  1. Zilzilalar, er surilishi;
  2. Sel, suv toshkinlari va boshkalar;
  3. Kimyoviy havfli ob`ektlarda avariya va falokatlar (utkir zaharli moddalarning ajralib chikishi);
  4. Portlash va yongin havfi mavjud ob`ektlardagi avariya va falokatlar;
  5. Temir yo`l va boshka transport vositalaridatashish paytidagi avariya va falokatlar;
  6. Havfli epidemiyalarning tarkalishi;
  7. Radioaktiv manbalardagi avariyalar.

Favqulodda vaziyatlar havfning tarkalish tezligiga kura, kuyidagi guruhlarga bulinadi:

  1. a) tasodifiy FV — er silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshkalar;
  2. b) shiddatli FV — yonginlar, zaharli gazlar otilib chikuvchi portlashlar va boshkalar;
  3. v) mu`tadil (urtacha) FV — suv toshkinlari, vulkonlarning otilib chikishi, radioaktiv moddalar okib chikuvchi avariyalar va boshkalar;
  4. g) ravon FV — sekin asta tarkaluvchi havflar: kurgokchilik, epidemiyalarning tarkalishi, tuprokning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshkalar.

Favqulodda vaziyatlar yana tarkalish mikyosiga (shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo`qotishlar miqdoriga qarab) kura 4 guruhga bulinadi:

  1. Lokal (ob`ekt mikyosidagi) FV;
  2. MahalliyFV;
  3. Respublika (milliy) FV;
  4. Transchegaraviy (global).

 Lokal favqulodda vaziyat — biror ob`ektga taallukli bo`lib, uning mikyosi usha ob`ekt hududi bilan chegaralanadi.Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortik bulmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortik bulmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar favqulodda vaziyat pavdo bulgan kunda eng kam oylik ish haki mikdorining 1 ming baravaridan ortik bulmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi.Bunday FV oqibatlari shu ob`ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.

Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat — aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortik, biroq 500 dan kam bulmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bulgan kunda eng kam oylik ish haki mikdorining 1 ming baravaridan ortikni, biroq O,5 million baravaridan kup bulmagan mikdorni tashkil etgan hisoblanadi.

Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda — favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortik odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yohud moddiy zarar FV paydo bulgan kunda eng kam oylik ish haki mikdorining 0,5 million baravaridan ortigini tashkil etadigan, hamda FV mintakasi viloyat chegarasidan tashkariga chiqadigan, respublika mikyosida tarkalishi mumkin bulgan FV tushuniladi.

Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashkarisiga chiqadigan yohud FV chet elda yuz bergan va O`zbekiston hududiga dahldor holat tushuniladi.

Bunday faloqat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablagi bilan hamda halkaro hamjamiyat tashkilotlari mablaglari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafakat O`zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bulgan Turkmaniston, kozogiston va boshka davlatlar uchun ham faloqat keltiruvchi vaziyatdir. SHuning uchun ohirgi vakgda Orol muammosini hap qilishga O`zbekiston davlatinig kuch va mablagidan tashkari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, YUnep va boshk.) mablaglari, kuchlaridan foydalanilmoqda.

Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, FM tashkilotining tarkibiy tuzilishi

Previous articleForobiyning Jamiyat va axloq haqidagi qarashlari.
Next articleFuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, FM tashkilotining tarkibiy tuzilishi