Voyaga yetmaganlar huquqlari, burchlari. Fuqarolik qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari. Вояга етмаганлар ҳуқуқлари, бурчлари. Фуқаролик қонунчилигида вояга етмаганларнинг ҳуқуқлари.

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
- Rasmlardagi insonlarning yoshlarini taxminan aniqlang.
- Ularning huquqiy maqomlari bo‘yicha guruhlay olasizmi (ya’nihuquqlari bir-biriga o‘xshashlarini bitta guruh qilib)?
- Ajratgan guruhlaringizdagi odamlarning huquqlari orasida qandayfarqlar bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz? Javobingizni asoslang.
- Qilgan nojo‘ya xatti-harakatlari uchun ularning javobgarligida hamfarq bo‘lishi mumkinmi?
- Mamlakatimizda inson necha yoshdan boshlab voyaga yetgan debhisoblanishini bilasizmi?
- Nima uchun aynan shu yoshda u voyaga yetgan hisoblanadi deb o‘ylay siz?
O‘zbekiston Respublikasidagi barcha shaxslar (jismoniy va yuridik)mulkka oid va oid bo‘lmagan munosabatlarini hamda tovar-pul munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy normalarini o‘zida jamlagan sohabu — fuqarolik huquqi sohasidir.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan, fuqaro egalik qilishi mumkin bo‘lganhuquq va majburiyatlar majmui fuqaroning huquqiy layoqatini tashkil qiladi.
Fuqarolik huquqi dastlab qadim gi Rimda vujudga kelganva bu huquq fuqarolar o‘rtasidagi munosa bat larni tartibga sol gan. Bugun gi kun ga kelib ko‘pgina mamlakatlarda fuqarolar o‘r ta si dagimunosabatlar ni tartibga soladigan milliy huquq ti zim lari ya ra tilgan. Mamlakatimizda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar O‘z bekis ton Respublikasining Konstitutsi ya si va O‘zbekiston Respublika sining Fu qa ro lik kodeksi orqali tartibga solinadi.
Fuqaroning huquq layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladiva vafot etishi bilan tugaydi.
Fuqaroning muomala layoqati esa fuqaroning o‘z harakatlari bilanfuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchunfuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati bo‘lib,bu layoqat fuqaro voyaga yetgach, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgach to‘lahajmda vujudga keladi.
Fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:
1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zidbo‘lmagan shart no ma lar va boshqa bitimlardan;
2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘ziboshqarish organlari hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;
4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida.
Voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini belgilashda yosh insonning tanasi, bo‘yi, muskullari va aqliy qobilyatlarining rivojlanish darajasie’tiborga olingan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan insonningto‘la hajmdagi muomala layoqati 18 yoshga kirganda vujudga keladi.
“Fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burch larini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati (muo mala layoqati) u voyaga yetgach, ya’ni 18 yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi”. Fuqarolik kodeksi 22- modda.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish;
2) har xil muallifl ik huquqlarini amalga oshirish;
3) qonunga muvofi q banklarga omonat qo‘yish va ularni tasarruf etish;
4) har xil maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.
6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar:
1) mayda maishiy bitimlarni;
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan bitimlarni;
3) qonuniy ravishda muayyan maqsadda yoki o‘zi xohlagan tartibdaerkin foydalanish uchun berilgan mablag‘larni tasarruf etish borasidagibitimlarni tuzishga haqlidir.
16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosi da ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganbo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishimumkin. Buni fuqa ro viy huquqda emansipatsiya deb yuritiladi. Bundayholda ota-ona, farzandlikka oluv chilar va homiy emansipatsiya qilinganvoyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yi cha, xususan, u yetkazgan zararoqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.
Emansipatsiya – lotincha “emancipatio” so‘zidan olinganbo‘lib, huquqlarda tenglashish degan ma’noni anglatadi.
Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.
Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lingan muomala layoqati o‘n sakkiz yoshgato‘lmasdan turib nikoh bekor qilingan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi.
Nikoh haqiqiy emas deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin)sud belgilagan payt dan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘ qotganligihaqida qaror qabul qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka ma si, Qoraqolpog‘iston Respub likasi Vazirlar Ken gashi, viloyat, tuman, shahar ho kim liklari hu zu rida Voyaga yetmaganlar ish lari bo‘yicha komissiyalar tuzilgan. Bu komis siyalar ning maqsad va vazifalari qu yi dagilardan iborat:
– voyaga yetmaganlarning nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, huquqbuzarlik la rining oldini olish;
– voyaga yetmaganlarning noqonuniy xatti-harakatlari va huquqbuzarliklari ga imkon tug‘diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish;
– voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarining himoyaqilinishi;
– ijtimoiy jihatdan xavfl i ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilantar bi yaviy ish olib borishni tashkil qilish.
Komissiyalar tomonidan qabul qilingan, ularning vakolatlari doirasidagiqaror lar davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomoni dan bajarilishi majburiydir.
15 yoshli Nozim yozgi ta’til vaqtida ota-onasining roziligi bilanqah va xonaga mineral suv sotuvchisi bo‘lib ishga yollandi. Qahvaxonaxo‘ja yini uni haftasiga 48 soat ishlatib kattalar bilan bir xil maosh to‘ladi.
1) Qahvaxona xo‘jayini Nozimning huquqini buzgan bo‘lishi mumkinmi?
2) Ushbu harakat ishtirokchilaridan qaysi biri qonunni buzdi deb o‘ylaysiz?
3) Ularni huquqiy savodxon deyish mumkinmi?
Sharhlang!
Voyaga yetmagan shaxslar yetkazgan zarar uchun ularning ota-onala ri yoki homiylari yohud ularni nazorat qiluvchi o‘quv, tarbiya yokida vo lash muassasalari javobgar bo‘ladilar.
Ijodiy faoliyat
- 5 yoshlik Dilshodning rasm solishga qobiliyati bor. Uning chizgan rasmlaridan ish jarayonida foydalanish uchun bog‘cha opasialbom tayyorladi.
– Dilshodning huquqlari buzilganmi?
– Dilshodning huquqini kim himoya qiladi?
- Yozgi ta’til kunlarida 14 yoshli Nabijon fi rmaga usta yordamchisi bo‘lib ishga kirdi. Oyilik maoshlarini yig‘ib, planshet sotib oldi. U bunday qilishga haqlimi? fikringizni asoslang.
Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
- Huquqiy layoqat nima?
- Muomala layoqati deganda nimani tushundingiz?
- Huquqiy layoqat va muomala layoqatiga misollar keltiring.
- Fuqarolik huquq va burchlari qaysi hollarda vujudga keladi? Ularnisanab bering.
- Emansipatsiya nima?








