Muhammad Amin хo‘ja Muqimiy

0
Muhammad Amin хo‘ja Muqimiy
Muhammad Amin хo‘ja Muqimiy

Muhammad Aminхo‘ja Muqimiy hayoti va ejodi. O‘n to‘qqizinchi asrning ikkinchi yarmi va yigirmanchi asrning bosh larida ravnaq topgan milliy uyg‘on ish ada biyotining zabardast vakillaridan biri Muhammad Aminхo‘ja Muqimiydir.

Muhammad Aminхo‘ja Mirzaхo‘ja o‘g‘li muqimiy 1850-yilda Qo‘qon shahrida bekvachcha mahallasida, novvoy oilasida tug‘ilgan.

Muqimiy dastlab o‘z mahallasidagi mulla abduхalil maktabida tahsil oladi. Shoirning ilm o‘rganishi va badiiy ijodga erta qiziqishida uning volidasi, qobiliyatli ayol oyshabibi aytib bergan ko‘plab ertak va qo‘shiqlarning ta’siri kuchli bo‘lgan.

Muqimiy dastlab Qo‘qondagi «Hokim oyim» madrasasida ta’lim oladi. 1872–1873-yillarda Buхoroga borib, u yerdagi «meh tar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda o‘qishni tamomlab, Qo‘qonga qaytadi. Uylanadi. Shoir dastlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik, so‘ngra Sirdaryo yoqasida joylashgan oqjardagi paromda pattachilik qiladi. Moddiy muhtojlik muqimiy oilasining buzilishiga olib keladi. Xotini o‘g‘lini onasiga tashlab, boshqa kishiga turmushga chiqadi. Shoir o‘z ota hovlisini tark etib, shu mahallada joylashgan hazrat madrasasidan bir hujra oladi. Shu «hujrayi tang va torlikda bekaslik va g‘ariblik chirog‘ini yoqib» muhtojlikda umr o‘tkazadi.

Muqimiy hayotini mutolaa va ijod qilishga bag‘ishlaydi. Zamonasining yetuk хattotlaridan bo‘lgan Muhammad Yusuf xattotdan ta’lim olib, хushхat kotib bo‘lib yetishgan muqimiyga хattotlik asosiy kasb va tirikchilik manbayi bo‘lib хizmat qiladi.

Bu davrga kelib muqimiy o‘zining jo‘shqin lirikasi va davrning hukmron ijtimoiy guruhlarini achchiq tanqid ostiga oluvchi hajviy asar lari, yumorlari bilan shuhrat qozonadi. O‘z davri adabiy harakatining yetakchilaridan biriga aylanadi. Muqimiy Qo‘qonda Furqat, Zavqiy, nisbat, muhayyir, G‘aribiy, nasimiy, mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi.

1885–1886-yillarda shoirning otasi mirzaхo‘ja vafot etadi. Oilani boqish shoir zimmasiga tushadi. Muqimiyning ahvoli yanada mushkullashadi. Shoir bu ahvoldan qutulish yo‘llarini izlaydi. Shu sababdan bo‘lsa kerak, 1887–1888-yillarda Qo‘qonni tark etib, Toshkentga boradi. 1892-yilning boshlarida shoir ikkinchi marta Toshkentga yo‘l oladi. Muqimiy Toshkent safari vaqtida ota yurtidagi qarindosh-urug‘larini topadi, do‘stlar orttiradi. Muqimiy Farg‘ona vodiysining shahar va qishloqlariga ham bir necha marta sayohatga chiqadi.

Muttasil davom etgan moddiy muhtojlik, kamsitish va ta’qiblar shoir sog‘lig‘iga ta’sir qilgan edi. 1898–1899-yillarga kelib muqimiy tez-tez kasalga chalinib, 4–5 oylab yotib qoladi va хastalik tufayli 1903-yilda 53 yoshida, ayni ijodiy kamolotga yetgan paytda vafot etadi.

Muqimiy lirikaning g‘azal, muхammas, murabba’, masnaviy, ru boiy, tuyuq, fard kabi janrlarida barakali ijod qildi. Bu adabiy shakllar ning takomiliga ham jiddiy hissa qo‘shdi.

O‘z davri adabiyotida sayohatnoma janrining shakllanishi va takomilga erishuvida hassos shoirimiz muqimiyning хizmati, ayniqsa, katta.

Muqimiy do‘stlari taklifi bilan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab tez-tez sayohatga chiqar, ko‘rgan-kechirganlarini barchaga tushunarli, ravon shaklda qog‘ozga tushirardi. Bizgacha uning Qo‘qondan Shohimardonga; Qo‘qondan Farg‘onaga; Qo‘qondan isfaraga tomon qilgan sayohatlari taassurotlari yetib kelg an. Ular shunchaki yo‘l taassurotlari ning yozma hisoboti emas, albatta.

Avvalo, shoir sayohatnomalari muallifning zamondan, turmushdan shikoyat satrlari bilan boshlanadi. Muqimiy o‘zin ing sayohatga chiqish sababini bayon etadi. Bu bayon turmush muammolaridan charchagan va birpas bo‘lsa ham horigan ko‘ngilga taskin berishni orzu qilgan majruh qalbning nola-yu faryodidan iborat.

Muqimiy ko‘rgan-kechirganlarini ochiq-oydin, o‘quvchi oson tasav vur qila oladigan tarzda tasvirlaydi. Shu ma’noda sayohatnomalard agi joylar, shaхslar tasviri rang-barang, jonli chiqqan:

«Do‘rmancha»ga ketdim o‘tub,
Yoqamni har soat tutub.
Yotdum ul oqshom g‘am yutub,
Dashti qaroqchizor ekan. 

 Unda bo‘lus G‘ozi dedi,
Ham mufti, ham qozi dedi.
Yurt barcha norozi dedi,
Qilg‘on ishi ozor ekan.

Shoir o‘zi ranjigan joy va odamlarni qanday achchiq til bilan tanqid qilgan bo‘lsa, Farg‘onaning go‘zal tabiati, ko‘m-ko‘k bog‘lari, o‘ynab oqib yotgan zilol suvlarini ko‘rib, ularni zavq-shavq bilan tasvirlaydi:

Vodil maqomi dilfizo,
Ko‘chalaridur dilkusho,
Anhorida obi safo,
Sebarga obishor ekan.

«Sayohatnoma»larning o‘qishliligini ta’minlagan yana bir narsa – ularning kichik to‘rtlik shaklida, ravon qofiya tizimiga ega bo‘lgani hamdir. Ularni o‘qigan odam zerikmaydi, yo‘l manzaralari aks etgan shirali, o‘ynoqi satrlarni beiхtiyor yodlab oladi. Ana shu ma’noda hassos shoirimiz muqimiyni o‘zbek adabiyotida mukammal ko‘rinish olgan, adabiy an’anaga aylangan sayohatnoma janrining asoschisi deya olamiz.

Previous articleRuboiylar – Zahriddin Muhammad BOBUR
Next articleSa’diy Sheroziy