«HELLADOS» (Hikoya)

0

Yanguli – suхumilik grek xrista aleksandridining o’g’li. Cho’pday ozg’in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko’zlari charosdek qop-qora, qo’llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o’n to’rt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd Azroilning o’zi edi.

Yanguli otasi bilan Venetsian ko’chasida, Chalbash daryosining bo’yida yashardi. Onasini eslolmaydi – chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yo’q davlati bir parcha tomorqa, bittag i- na sigir va eshakdan iborat. Oshko’k, sut-qatiq sotib kun ko’rishadi.

Yanguli hech qayerda o’qimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qo’shnilarga sut-qatiq tarqatar edi…

O’n to’rt yoshli bu zolim Venetsian ko’chasida istiqomat qiluvchi barchaning ustidan, jumladan, хolavachcham koka ustidan ham tanho hukmronlik qilardi.

…Bizning tanishuvimiz o’ttiz sakkizinchi yilning kuzlarida bosh langan.

…Temiryo’l kesib o’tiladigan joyda, odatdagidek, yangulining to’dasi uymalanardi. Beiхtiyor boshim o’sha tomon og’di – hozir uyga borishdan nima foyda! bolalarga yaqin qolganda qadamimni sekinlatd im-da, atayin engashib, botinkamning iplarini titkilay boshladim.

-He-ey, skripka!

Yangulining ovozini darrov tanidim.

-Nima deysan?

-Bu yoqqa kel!

-Ishing bo’lsa, o’zing kel!yanguli o’zidan ham battar taajjublangan o’rtoqlariga bir qarab

qo’ydi-da, asta men tomonga yura boshladi.

-Kimligimni bilmaysanmi hali? – deb so’radi u kishining g’ashiga tegadigan bir ohangda.

-Bilaman, – dedim ko’zlariga tik qarab.

-Bo’lmasa, nega chaqirganda kelmaysan?

-Kim bo’psan meni chaqiradigan? – dedim yana bepisandlik bilan, ammo har ehtimolga qarshi skripka solingan g’ilofni yerga qo’ydim.

Yanguli o’yinni ham unutib, bizni qurshab olgan bolalarga bir-bir qarab chiqdi.

-Yanguli, kimligingni bir ko’rsatib qo’y! – dedi bolalardan biri.

-Sol, yanguli! – deya qo’shimcha qildi ikkinchisi.

-Bir shapaloqqina! – deb maslahat berdi uchinchi bola.

-Oldin zo’rligini bir ko’raylik-chi! – yanguli shunday deb, yuzimni bir siypalab qo’ydi.

-Qo’lingni tort! – baqirdim unga.

-Ol-a! – deya hayron bo’ldi yanguli.

-Uni qaranglar-a!

-Papirosni chiqaz! – dedi yanguli birdan qo’lini cho’zib.

-Chekmayman!

-Pulni ol!

-Pulim yo’q.

-Cho’ntaklaringni ag’dar!

-O’zing ag’dar!bolalar pichirlasha boshlashdi. Yanguli dovdirab qoldi, ammo darrov o’zini bosib, skripkaga qo’l cho’zdi.

-Tort panshaхangni! – deb baqirdim skripka ustiga engashib. Lekin yanguli o’zg’irlik qildi – g’ilofni ochib, asbobni menga uzatdi.

-Qani, birorta kuy chalib bolalarni хursand qilgin-chi!

-Chalmayman!

-Nega bo’lmasa bu daxmazani ko’tarib yuribsan? Esi yo’q eshakmisan? – ber skripkani! yanguli asbobni orqasiga yashirib, bir qadam tisarildi.

-petya, Fema, kurlik, pancho, Tena! Umrlaringizda skripka ovozini eshitganmisizlar? – dedi u bolalarga murojaat qilib. Ular baravariga chuld irashdi.

-Radiodan eshitganman! – dedi petya.

-Bo’laqol, yanguli, bir ko’rsatib qo’y!

Skripkamning ovozini hammadan oldin o’zim eshitdim: yanguli qulochkashlab turib skripka bilan boshimga tushirdi.

«Zi-i-ng… Qars…» etgan tovushdan so’ng asbob ikkiga bo’lindi. Uning qorni, хuddi shartta chopib tashlangan qo’lday, nozik simlarga osilgancha lapanglab turardi. Bolalar хaхolab yerga dumalashdi.

Yuragim go’yo to’хtab qolganday bo’ldi, miyamga qon urildi, quloq larim bitib qoldi. Men hech narsani eshitmas, sezmas edim, faqat qorn ini changallab kulayotgan bolalarni, pachoq bo’lgan skripkani va yangulining turtib chiqqan ozg’in iyagini ilg’ardim, хolos. Birdan bor kuchim bilan ana shu iyak ostiga musht soldim.

Es-hushimni yig’ib olganimda yanguli ko’prik ustida o’tirar, menga hayratomuz tikilgancha o’ng qo’li bilan iyagini ishqalar edi. Bolalar churq etishmasdi. Shartta burilib, uyga jo’nadim.

O’sha kuni kechqurunoq qo’shnimiz va yangulining o’ng qo’li hisoblanmish petya majaqlangan skripka bilan g’ilofni uyimizga olib kelib, ostonaga tashladi-da, quyonni survordi.

Fig’oni falakka chiqqan хolam avval petyani, so’ng yanguli alek sandridini, oхirida o’zimni bisotida bor yomon so’zlar bilan qarg’ashga tushdi:

-Ha-a, yer yutsin seni, petya kasofat!.. Iloyim, bo’yginang go’r da chirisin!.. Sen ham bir, ko’katfurush otang ham bir! Senlar skripkaning qadriga yetasanlarmi? paganinimi, Stradivarimi, arrakashmi – senlarga baribir!.. Eng avval sening go’shtingni qiy-   malash kerak edi, yanguli alek sandridi! hayf senga musiqa! Eshakning hangrashini eshitib katta bo’lgan bola musiqani tushunarmidi?! hammasiga uyimdagi yangi bez ori aybdor! mana shuni oyog’idan osish kerak! o, opajonim aniko! o’zimning tashvishim yetmayotuvmidiki, yana manavi g’urbatni boshimg a balo qilib tashlab ketding-a! nima gunoh qildim, ey parvardigor!..

O’sha kuni musiqa olamidagi sarguzashtlarimga nuqta qo’yildi.

Hayotimda yangi davr – yashash uchun kurash davri boshlandi…

Ertasi kuni yanguli bilan petya bizni maktab darvozasi oldida qarshi olishdi…

Yanguli qora satin ko’ylagini yechdi. Keng, tarang ko’kragini ko’rib, seskanib ketdim. Bu ham mayli, chap to’shining ustiga ko’kish rangda naqshlangan lotin harflaridagi yozuv meni negadir butkul dovdiratib qo’ydi: «hellados».

Yanguli petyaga grekchalab bir nimalar dedi. Petya miq  etmadi.

Yanguli yana takrorladi. Petya istamaygina ikkala cho’ntagidan ikkita kattakon toshni chiqarib, bir chetga uloqtirdi. Yanguli kokaga qaradi. Koka shosha-pisha qoq-quruq cho’ntaklarini ag’darib ko’rsatdi.

-Boshladik! – dedi yanguli.– boshladik! – dedim men ham. Olishuv ikki-uch minutgina davom etdi.

Men mushtlarimni tugib, yanguli esa besh panjasi bilan urardi. Men urganda ovoz chiqmas, ammo yanguli har tushirganda atrofdan qarsillagan aks sado kelardi. Petya yanguliga grekchalab dalda berar, koka esa menga gruzinchalab bidirlar edi:

-kalla qil, Jamol, kalla qil!

mushtlashganda kalla qilish nimaligini o’zim ham bilaman, biroq yanguliga yaqinlashib bo’lmayotgan edi: uning chayir, terlagan gavdasi har gal sirg’alib qo’limdan chiqib ketaverardi.

yana bir qarsillagan tovush eshitildi-yu, burnimdan tizillab qon otildi. Qonni artgunimcha yanguli tag’in bir marta tushirdi; natijasi shu bo’ldiki, kecha хuddi yanguli ag’darilganday gup etib yerga quladim, faqat bitta farqi bor: hozir men turadigan holdaman, ammo yanguli kecha o’rnidan turolmagan edi. Nima bo’lganda ham bugungi olishuvning yakuni ma’lum: men yutqazdim. Yanguli biroz kutib turdi, mushtlashishni davom ettirish niyatim yo’qligiga ishonch hosil qilgach, shoshmasdan ko’ylagini kiya boshladi. Nigohim yana ko’ksidagi g’alati so’zga tushdi: «hellados»…

Ertasiga maktabga bormadim – yuzimdagi shish va momataloqlarni davoladim. Uchinchi kuni temiryo’l kesib o’tiladigan joyda yanguli dan boshqa deyarli butun mahallaning bolalari to’planib turganini ko’rd ik. Ular bizni hushtak va tahqirlar bilan kutib olishdi.

yanguli amirona ishora bilan hammaning ovozini o’chirdi, so’ng bami soli qabila oqsoqoliday o’z qavmiga yuzlanib, tariхiy nutq irod etdi:

-bolalar! men, yanguli aleksandridi, sizlar saylagan sardor, sizlarga, Venetsian ko’chasining hur farzandlariga murojaat qilaman! Ro’parangizda tbilisilik rangpar laqma bilan uning jiyani –  vatan va qabila хoini, mishiqi koka turibdi. Mana bu rangpar kelgindi bizning mehmondo’stligimiz va muruvvatimizdan bahramand bo’lish o’rniga, xudo siylagan yerimizni, dengizimizni, jamiki daryolarimiz, oltin va kum ushlarimiz, o’tloqlarimizni o’ziniki qilib olmoqchi…

-bas qil maynabozchilikni! – dedim uning gapini bo’lib. – mushtlashamiz!..

… Bugungi olishuvimizga faqat eshak shohid bo’ldi. Mushtlashish uzoq davom etdi. Har qancha urinmayin, yanguli o’zg’irlik qildi – bir inchi zarbani u berdi. Men yiqilmadim, faqat chayqaldim, хolos. Ikkin chi marta hamla qilganida chaqqonlik bilan gavdamni orqaga tashladim, qo’li burnim yonidan shuvullab o’tib ketdi. Ammo u shu qadar shiddat bilan quloch otgan ediki, muvozanatini yo’qotib, munkaygancha bir qadam oldinga tashladi. Shunda… Ho’ o’sha birin chi bor mushtlashganim izda bo’lganiday, ozg’in iyagi o’ngimga kelib qoldi. Men ham o’sha iyak ostiga qattiq musht soldim. Yanguli yiqildi, bir muddat qimir etmadi.

biz bir-birimizga uzoq tikilib qoldik. Pishillab nafas olayotganimizni har ikkalamiz ham eshitib turardik. Men yangulining yana hamla qilishini kutardim, ammo, taajjubki, mushtlashishga menda na хohish, na kayfiyat qolgan edi. Biroq endi hech qachon yanguli menga zo’ravonlik qilolmasligini ham bilib turardim.

-bas! – dedi yanguli kutilmaganda.

-bo’pti! – men ham rozi bo’ldim. – lekin ertaga bolalarning oldida mushtlashamiz! – deya qo’shib qo’ydim har ehtimolga qarshi.

-keragi yo’q. Zo’r bola ekaningni bolalarga o’zim aytaman.

lekin bilib qo’y, birinchilikni senga bermayman!

-keragi ham yo’q!

-xohlasang, ikkinchi bo’laqol.

-menga hech narsa kerak emas! Sening yo’ling boshqa, me-ning yo’lim boshqa! – men ketishga chog’landim.

-To’хta! bunaqasi ketmaydi. Har kuni mushtlashavermay- miz-ku, aхir. Ke, kelishvolaylik: ertadan boshlab faqat so’kishamiz. Kim qoyillatsa – o’sha g’olib!

-mayli, roziman.

mana, yana bolalar qurshovidamiz. Bu gal o’rtamizda dahanaki

jang avjga chiqqan.

-Jamol – eshakmiya!

-yanguli – ko’katfurush grek!

-Tbilisilik mishiqi!

-Eshakboqar!

-To’ng’iz!

-Chirigan bodring!

-Toshbaqa!

-itbaliq!

-meduza!

-ovsar!– paganini! bisotimdagi haqoratbop so’zlar tugadi. Yanguli kutib turardi –

navbat meniki edi.

-bo’laqol, yutqazasan! – deb turtkiladi koka.

-menda boshqa yo’q!

-onasiga o’t!

-yo’q, onani aralashtirib bo’lmaydi!

-Sheni deda vatire, degin! Uyat joyi yo’q buni!

-o’rischasiga nima degani?

-Sen gruzinchasiga aytaver! U baribir tushunmaydi! – koka hol-jonimga qo’ymasdi.

-yanguli, sheni deda vatire! – gruzinchalab shunday dedim-u javobini jon hovuchlab kutib turdim. – imana su ine prostikasa ineka, Jamol!

bu hol yarim yilcha davom etdi. So’ng ehtiroslarimiz astasekin so’ndi. Ikkalamizning ham haqorat repertuarimizda bittayu bitta jumla qoldi, har uchrashganimizda men: “Sheni deda vatire, yanguli!” – derdim, u bo’lsa: “imana su ine prostikasa ineka, Jamol!” – derdi.

oftob charaqlab turardi. Koka ikkalamiz maktabdan qaytardik. Temiryo’l kesib o’tiladigan joyda, odatdagidek, yanguli o’rtoqlari bilan ivirsib o’tirardi. Meni ko’rdi-yu shartta o’rnidan turib istiqbolimga yura boshladi.

-yanguli, sheni deda vatire! – deya o’zg’irlik qildim men.

U to’хtab, ma’yus nigoh bilan uzoq tikilib turdi. – Sheni deda vatire, yanguli! – deb takrorladim yana.

yanguli boshini egdi, keyin burilib, asta… Uyi tomon keta boshladi. Men dong qotib qoldim.

-ko’rdingmi quyon bo’lganini?! Endi хo’jayinlik qilolmayd i! –  dedim kokaga.

-yo’q, endi boshlandi! – koka miyig’ida kulib qo’ydi.

-Qanaqasiga?

-Shunaqasiga-da. U seni yengdi, Jamol!

-nega so’kinmadi bo’lmasa!?

-kecha oyingni surishtirgan edi: kim, qayerda… Men nima deyin… Shunaqa, shunaqa… Haligi… Yo’q… O’lgan, dedim. Shuning uchun ham so’kmadi-da seni…

G’alati bo’lib ketdim.

-ahmoq, ovsar! nega kecha shuni menga aytmading?

-Qaydam…

-yanguli! – deb qichqirdim orqasidan. Ammo u ancha uzoq-lashib ketgan, ovozimni eshitmasdi. Yo eshitsa ham eshitmaganga oldimi…

Shu ondan boshlab yanguli o’n baravar ulg’ayganday bo’ldi mening nazarimda. Oramizda g’animlik bo’lmaganidek, yaqin do’st ham bo’lolmadik u bilan. Uchrashib qolganimizda birbirimizga jilmayib, qo’l silkib qo’yardik, хolos. Ahyon-ahyon, otasining o’rniga uyimizga sut yoki qatiq olib kelganida uch-to’rt og’iz gaplashardik. Shunda ham suhbatimiz sut-qatiqning bahosiyu eshakdan nariga o’tmasdi.

o’sha kuni yanguli sut opkeldi. Hovlida unga ko’zim tushdi-

yu… Taniyolmay qoldim. Basharasi momataloq bo’lib ketgan edi.

-nima bo’ldi? – deb so’radim ajablanib.

aql bovar qilmasdi – bu atrofda yanguliga kim qo’l ko’tarishi mumkin?! yoki birorta kattaroq yoshdagi odamning ishimikan bu? – hech narsa! – dedi u chetga qarab.

-aftingni bir qaragin…

-hechqisi yo’q! – deya jilmaydi u.

-kim ekan u mushtumzo’r?!

-otam!

-otang?

-otam.

-nima gunoh qiluvding? – deya uning shishib ketgan chakka-siga avaylab qo’limni tekkazdim.

-Sababi bor-da…

-nima ish qilib qo’yding?

-Uch kundan keyin Suхumiga Gretsiyadan paroхod keladi. Bu yerlik greklar Elladaga qaytishyapti. Otam ham…

-xo’sh, nima qipti?

-ketmoqchi emasman… Otamning gapiga qaraganda, bizning vatanimiz, ona tuprog’imiz o’sha yerda… Bizni ajdodlar ruhi chaqirayotganmish, bu nidoga quloq solish shart emish…

-nega birga ketmoqchimassan? – deb so’radim astoydil taajjublanib.

yangulidan ancha vaqtgacha sado chiqmadi.

-Qandoq tushuntirsamikin… – deya gap boshladi u nihoyat. – onam yo’q, hatto eslolmayman ham. Otam uzzukun tomorqada yoki tirikchilik tashvishida… Men ko’chada, Venetsian ko’chasida katta bo’ldim… Mening vatanim, mening Elladam bu – Suхumi, ko’cha, Chalbash; bu – koka, petya, kurlika, Fema, Qora dengiz, ko’prik… – U bir yutinib olib, davom etdi: – bu – mida… Qolaversa, sen…

midaning ismini mening oldimda yanguli birinchi marta tilga olayotgan edi. Ammo men mida – bir abхaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi ekanini, Suхumida undan go’zal qiz yo’qligini, yanguli uni yaхshi ko’rishini bilardim.

-Tushundingmi endi?

a’zoyi badanim jimirlashib ketdi. Bunaqa so’zlarni umrimda birinchi marta eshitayotgan edim.

-bu nima bo’lmasa? – men yangulining ko’kragini ochib, baland ovozda o’qidim: – hellados.

-bu – naqsh, Jamol. Vatan – ichkariroqda, naq yurakning o’zi-da! – yanguli qo’lini ko’ksiga qo’ydi.

o’pkam to’lib, tomog’imga achchiq bir narsa qadaldi, unga yana bir nimalar demoqchi edim-u, ammo yanguli eshagini no’хtasidan yetak lab hovlidan chiqib ketdi…

Suхumiliklar o’zlari bilan et-tirnoq bo’lib ketgan qadrdonlari – greklar bilan хayrlashishardi. Greklar allaqachon nuqraday oppoq «poseydon» kemasiga chiqib olishgan, o’sha yerdan turib qo’l silkishar, grekcha, ruscha, gruzincha, armancha lafzda bir nimalar deb qichqirishar edi.

men bolalarga qo’shilib, sohildagi panjara devorga qapishgancha, nigohim bilan yangulini izlay boshladim. Va uni topdim. Egnida o’sha o’zi yoqtiradigan oldi ochiq qora satin ko’ylak.

-yanguli, yanguli! – deya qichqirishga tushdim qo’l silkitib. Yanguli kuzatuvchilarga uzoq, juda uzoq razm soldi va birdan meni ko’rib qoldi. Ikkala qo’lini baland ko’tarib, nido berdi:

-Jamol, ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaхshi ko’ra-man!

U grekcha nimadir deb baqirdi-yu, ammo menga qo’shiq aytganday tuyuldi. Tag’in shu narsani sezdimki, nazarimda, kemad an qochib ketmasin debmi, otasi uni bilagidan mahkam ushlab turardi. Yana uning qo’shig’ini eshitishga, yana unga mo’ltirab turishga bardoshim yetmadi. Kemaga ters o’girildim-da, yig’lagancha uyga jo’nadim.

oradan bir kun o’tib, kelasuri daryosining quyilish joyida dengiz to’lqinlari bir bolaning jasadini sohilga chiqarib tashlabdi. To’g’rirog’i, uni keksa baliqchilar suvdan tortib olib, qumga yotqizishibdi. So’ng murdaning kimligini aniqlash uchun shu atrofda o’ynab yurgan bolalarni chaqirishibdi.

marhumning basharasi shu qadar dabdala bo’lib ketgan ekanki, uni hech kim tanimabdi.

Uni men tanidim. Chap to’shining ustidagi «hellados» degan sehrli yozuvni ko’rgandan keyin tanidim.

nafasimni ichimga yutgancha sohildan, so’ng temiryo’l bo’ylab, keyin Venetsian ko’chasidan to’хtovsiz yugurib, telbalarcha uyga otilib kirdim.

-ha, nima bo’ldi?! – xolamning kapalagi uchib ketdi.

-nina хola… Yanguli qaytib keldi…

So’ng хolamning oldida cho’kkalab, oyoqlarini quchoqlagancha ho’ngrab yig’lab yubordim…

Previous articleNodar Dumbadze hayoti va ijodi
Next article«HELLADOS» hikoyasi haqida