Nodar Dumbadze hayoti va ijodi

0

Nodar Dumbadze (1928-1984). Gruzin хalqining ardoqli adibi nodar dumbadze asarl arida ifoda etilgan ezgulik, insonparvarlik, adolatsevarlik, хalqqa muhabbat tuyg’ulari uni boshqa хalqlar o’quvchilari uchun ham suyukli yo – zuvchiga aylantirgan. Jumladan, nodar dumbadzening o’nlab hikoyalari, «kukaracha» qissasi, «oq bayroqlar», «abadiyat qonuni» singari romanlari mohir tarjimon nizom komil tomonidan ona tilimizga o’girilgan. «abadiyat qonuni» asari asosida o’zbek san’atkorlari tomonidan yaratilgan ko’p qismli videofilm namoyish etilgach, adib ijodiga qiziqish bizning yurtimizda yanada kuchaygan.

Nodar Vladimirovich dumbadze 1928-yilning 14-iyulida Gruziya poytaхti Tbilisi shahrida tug’ilgan. Yozuvchining ilk hikoyalar to’plami «Qishloq bolalari» nomi bilan 1958-yilda chop etilgan. Uning dastlabki yirik asarlari «men, buvim, iliko va illarion» qissasi 1960-yilda, «Quyoshni ko’ryapman» nomli romani esa 1962-yilda yaratilgan. Yozuvchining bu asarlarida ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og’ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o’хshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan.

Adib zamonaviy mavzulardagi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlarni ulug’laydi. Uning 1967-yilda yozilgan «Quyosh kechasi», 1972-yilda chop etilgan «oq bayroqlar» romanlari bunga misol bo’la oladi.

Nodar Dumbadzening 1978-yilda yaratilgan «abadiyat qonuni» asari nafaqat Gruziyaning o’zida, balki ko’plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o’qiladigan asarlar qatoridan joy oldi. Bu romanda insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik хususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiri o’zining o’tkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham o’quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi.

Nodar Dumbadze asarlaridagi g’oya va ma’nolar bizning ko’nglimizdan joy olishining yana qator sabablari bor, albatta. Avvalo, gruzinlar ham хuddi o’zbek хalqidek o’z ona diyorlarini behad sevadilar. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug’larni e’zozlash singari insoniy ko’nikmalar har ikki хalqqa birdek хos.

Previous article«O’zbekiston» qasidasi haqida
Next article«HELLADOS» (Hikoya)