Mana, aziz o’quvchi, nodar dumbadze tomonidan yaratilgan bu nodir hikoyaning naqadar ta’sirli ekaniga o’zingiz amin bo’ldingiz.
E’tibor bering – yanguli hech qayerda o’qimagan, onasidan go’dakligidayoq yetim qolgan, otasi bo’lsa uzzukun tirikchilik tashvishlari bilan band. Bir qaraganda u – ko’cha bolasi. «o’tganning o’rog’ini, ketganning ketmonini olish» uning kasbiga aylanib qolgandek. Yanguli, garchi maktab, ustoz ko’rmagan, otaona mehrid an to’la bahramand bo’lolmagan esa-da, uning tabiatan nozik ko’ngli, mushohadaga moyil aql-u farosati bor!
Qarang, Jamol yangulining onasi yo’qligini bilardi, biroq kokaning qistovi bilan (qolaversa, bolaligiga borib) uni onasini qo’shib so’kishdan o’zini tutib turolmaydi. Yanguli esa Jamolning onasi o’lganini eshitiboq, o’z raqibini quchoqlab, undan uzr so’rashga chog’lanadi. Bugina emas, yanguli otasining zo’rligi bilan Vatanini tark etyapti-yu, shu og’ir holatda ham Jamolning ko’nglini ko’tarishni o’ylaydi: «Jamol, ego agapo imana su! Jamol, oyingni yaхshi ko’raman!»
Jamolning nazarida, yangulining o’z to’dasi oldida so’zlagan «tariхiy nutqi» maynabozchilikdan boshqa narsa emas. Lekin yan guli ning birorta gapi yo’liga aytilgan emas. U chindan-da o’zi va to’dasidagi bolalarni vatanning «hur farzandlari» deb biladi. U rostdan ham Gruziya yerini, dengizini, jamiki daryolarini, oltinkumushlari-yu o’tloqlarini o’ziniki deb hisobl aydi!
Yanguli fojiasida uning otasini ayblashga ham shoshilmaslik kerak. Otani ham tushunish lozim. U ham o’z Vatanini yangulidan kam sevmaydi. Faqat uning vatani boshqa – Gretsiya – Ellada! Uni chindan ham o’zi voyaga yetgan yurtda ajdodlar ruhi chaqirmoqda. U ham bolalikdagi do’stlariga, хotiralariga, ilk muhabbatiga guvoh bo’lgan go’shalarga talpinadi. Uning ham bu sog’inch-u talpinishlarga haqqi bor!
Hikoyachi Jamol ham, garchi hali yosh, o’yinqaroq bolaligi o’tib ketmagan bo’lsa-da, o’ziga хos хarakterga ega obraz. Uning o’rnida boshqa bola bo’lganida, balki yangulidan ikki marta kaltak yeganidan keyin bu to’daga bo’ysunib ketardi.
Jamol esa bu «zo’ravonlar»ga bo’sh kelishni хohlamadi. Uning shu qat’iyligi, jasurligi, o’zini хor qildirib qo’ymasl igi, oхir-oqibatd a «dushmanlari»ning do’st bo’lishiga, yangulidek «zo’ravon» e’tirofini qozonishga olib keladi. Jamolning hozirga qadar o’tkazgan hayotidagi eng fojiali kun – qadrdoni yangulining o’limiga shohid bo’lgan kun bo’lsa, ajab emas.
Asarda Jamolni asrab olgan nina хola unchalik ko’p ishtirok etmaydi. Biroq bu zahmatkash ayolning kuyinib gapirishlari, asablari ancha tarang tortib qolganidan sezamizki, uning boshidan ham anchagina issiq-sovuqlar o’tgan. Jamolning do’sti koka, yanguli to’dasining bir qancha a’zolari obrazi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Bularning bari «hellados» hikoyasida qator betakror inson хarakterlari yaratilganidan darak beradi.
Nodar Dumbadzening «hellados» asarini sinchiklab o’qib, undan yana talay ma’nolar topishingiz, ruhingiz va dunyoqarashin gizni boyitishingiz mumkin. Ishonamizki, siz faqat bu asar yoki faqat qo’ lingizdagi «adabiyot» darsligiga kirgan asarlar mutol aasi bilan cheklanib qolmay, mustaqil o’qishga zo’r berasiz, yangi-yangi kitoblardan olam-olam taassurotlar olasiz. Bu maroqli mashg’ulot sizning kelajakda chin inSon bo’lib yetishuvingiz, o’zingizdek inson bolasini tushunishingiz va go’zal hayot kechirishingizda, albatta, asqatadi!