# Savol
Ibroniy nima? Иброний нима?
# Javob
Ibroniy (ibr. «ever», «avar» – narigi tomonning odami, kechib otgan) – yahudiylarning manbalardagi nomlaridan biri. «Ibroniy» atamasi Ibrohim (a.s.)ning Mesopotamiyadan Kan’onga ko‘chib o‘tish vaqtida yuzaga kelgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularning bunday nomlanishlariga balki daryoni kechib o‘tib kelganlari sabab bo‘lgandir.