Joy planini tuzish

0

Joy planini turli usullarda tuzish mumkin. Bu usullardan biri qutbiy usul deb ataladi. Bu qanday usul ekanligini ko‘rib chiqamiz.

Biz 20-rasmda tasvirlangan joyning eng sodda planini tuzmoq- chimiz, deylik. Buning uchun ustiga planshet (36-betdagi 27-rasm) o‘rnatilgan uchoyoqni katta harsang tosh yoniga o‘rnatamiz. Shu yerdan plan chizishni boshlaymiz. Masshtab tanlaymiz. Masalan, 1:5 000. Shundan so‘ng planshetga shimol-janub strelkasini chiza- miz. Keyin planshetni ufq tomonlariga oriyentirlaymiz. Ya’ni plan- shetni kerakli tomonga aylantirib, undagi shimol-janub chizig‘ini kompas strelkasi bilan moslaymiz.

Рис. 20. Вид местности, план которой необходимо составить
20-rasm. Plani tuzilishi kerak ni chizamiz. vizirlash chiziqlarini bo‘lgan joy tasviri.

Endi planni tuzishga kirishamiz. Dastavval, turgan joyimiz — katta tosh oldini planshetga nuqta bilan belgilaymiz va uning o‘rtasiga ignani tik qadab qo‘yamiz. Bu bizning turgan nuqtamiz bo‘ladi. Keyin vizir chizg‘ich olib, bir uchini ignaga taqaymiz.

So‘ngra vizir chizg‘ichni biz plan- ga tushirmoqchi bo‘lgan predmet- lar (yakka daraxt, dala shiyponi, shamol tegirmoni)ga to‘g‘rilab, har bir yo‘nalishni qalam bilan chizamiz.

Shundan keyin Siz bil- gan masofani o‘lchash usullaridan biri (masalan, qadamlab o‘lchash) yordamida har bir predmetgacha bo‘lgan masofani o‘lchab, masshtab bilan belgilaymiz va o‘sha joyga shu predmet shartli belgisini chiza- miz (21-a rasm).

Рис. 21. Составление плана местности способом полярной съемки
21-rasm. Joy planining qutbiy usulda tuzilishi.

Keyin daraxtni, dala shiyponini chiramiz. Vizirlash chiziqlarini o‘chiramiz.Yo‘llarni taxminan chizsa ham bo‘ladi. Shartli belgi bilan o‘tloq va paxtazomi tasvir- laymiz (21-b rasm).

Biz joyda turib, vizirlash o‘tkazgan nuqta qutb deyiladi. Shuning uchun joy planini bunday usulda chizish qutbiy usulda plan tuzish deb ataladi.

Joy planini chizishning azimutli usuli ham bor. Bu qutbiy usul- dan ham sodda. Bu usulda planshet va vizir chizig‘i kerak bo‘lmaydi. Bunda harsang tosh oldida turib, ko‘rinib turgan barcha predmet (daraxt, dala shiyponi, shamol tegirmoni)ga yo‘nalishlar azimuti aniqlanadi hamda shu predmetlargacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Bu- larning hammasi yondaftarchaga tushunarli qilib yozib olinadi. Uyga kelib oq qog‘ozda turgan nuqta — qutb belgilanadi. Keyin transportir yordamida azimutlar aniqlanib, masofa masshtab bilan belgilanadi. Mahalliy predmetlar shartli belgilar bilan tushiriladi.

Joydagi nisbiy va mutlaq balandliklar

Joydagi nisbiy va mutlaq balandliklar. Yer yuzidagi biror nuq- taning boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deb ataladi. Masalan, tepalikning atrofidagi tekislikdan balandligi uning nisbiy balandligi bo‘ladi.

Nisbiy balandlikni nivelir yordamida ham aniqlash mumkin. Qo‘lbola nivelir ikkita taxtachadan yasaladi. Unga shovun bog‘lab qo‘yiladi. Shovun bilan nivelirning tik o‘rnatilgani aniqlanadi.

Mutlaq balandlik. Yer yuzidagi quruqliklarning balandligi har xil bo‘ladi. Quruqliklarning okean sathidan va okeanlar bilan tutash- gan dengizlar sathidan tik balandligi mutlaq balandlik deyiladi. O‘zbekistondagi barcha mutlaq balandliklar Atlantika okeanining Boltiq dengizi sathidan hisoblanadi. Masalan, Toshkent shahrining o‘rtacha mutlaq balandligi 400 m, Qamchiq dovoniniki 2267 m. O‘zbekistondagi eng baland nuqta Hazrat Sulton tog‘i — 4643 m.

Gorizontallar

Gorizontallar. Joy planlarida tabiatdagi mahalliy predmetlardan tashqari Yer yuzasining notekisliklari ham tasvirlanadi. Yer yuzasi- ning bunday notekisliklari relyef deb ataladi. Relyef joy planlarida va xaritalarda gorizontallar bilan tasvirlanadi. Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytiladi.

Joy planida tepalar ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tas- 28 virlanadi. Yer yuzasi qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsatuvchi chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi. Bergshtrixga qarab chuqur va tepalar ajratib olinadi. Yonbag‘irlar juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tas- virlanadi.


  1. Joy plani qutbiy usulda qanday qilib chiziladi?
  2. Joy planini chizishning azimut usulini gapirib bering.
  3. Nisbiy balandlik nima?
  4. Mutlaq balandlik deb nimaga aytiladi?
Previous articleMasshtab
Next articleTurob To‘la hayoti va ijodi