Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir

0

Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan esa hristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar soni qariyib 1 milliard 200 million kishini tashkil etadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda.

Islom dini VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistonida) paydo bo’lgan.

   Islom- arabcha  so’z bo’lib, mazmuni bo’ysunish, itoat etish, o’zini Olloh irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- “Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko’pligi “musulmon”  deb ataladi. Bu so’z hozir o’zbeklarda – musulmon, qirg’iz  va qozoqlarda – musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi.

  Umumiy tarzda, Islom – Olloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan ihlos qilmoqlik va Olloh buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir.

   Islomning paydo bo’lishi  VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston  yarim orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma’naviy hayot bilan bog’liq holda ro’y bergan.

   Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug’larga bo’linib ketgan bo’lib, ular o’rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro’y berib turadi.

   Ikkinchidan bu davrda Arabistonda ko’p Hudolilik dinlari mavjud bo’lgan.Asosan fetishizm – turli sanamlarga sig’inish hukmronlik qiladi. Har bir qabilaning o’z dini sanami bo’lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni Arablar vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib turishgan. Uchinchidan  bu davrda Arab qabilalari o’rtasida Johiliya – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y’ani arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.

  Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, xatti- harkatlari ham buzilgan edi. Odamlarda uyat tuyg’usi yoqolgan edi. fohishalik bir kasbga aylangan edi. Ayollarga hayvonlardek muomala qilinardi. Go’dak qizlarni tiriklayin ko’mish odati kabi yomon illatlar bo’lgan.

   Shunday qilib, Islomdan ilgari Arabistonda qonunsizlik, ahloqsizlik, zo’ravonlik hukm surgani uchun ham keyingi avlod o’sha davrni haqli ravishda Johiliya davri  deb atagan va undan qutilishning najot yo’li kerak edi.

    Bunday holatlarga, ayniqsa bo’linib ketgan Arab qabilalari o’rtasidagi  o’zaro nizo va urushlarga barham berish uchun siyosiy,iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan yagona Arab davlatini vujudga keltirishni  davr taqazo etmoqda edi.

Bunga esa yagona Hudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo’lar edi.

    Bu davrda Islomning paydo bo’lishi uchun g’oyaviy muhit ham yetilib borayotgan edi. Chunonchi haniflar – chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar diniy harakati bunga yaqqol misol bo’la oladi. Haniflar Arab qabilalarini  birlashitirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi edilar. Ular yakka hudoga ishonishini va ko’p hudolikka e’tiqod qilishdan voz kechishni targ’ib qilardilar. Haniflar o’z targ’ibotlarida Arablarni og’ir ahvoldan qutqarish uchun haloskorning kelishi yaqinlashib qolganligi haqida habar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini uqtirardilar.

    Shunday qilib bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni vujudga keltirish, yakka hudolikka o’tishga hijoz arablari ma’lum ma’noda tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o’z  faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan asoslay olgan holdagina muvaffaqiyatga erisha olardi. Islom dinining asoschisi Muhammad (s.a.v.)dir.  Muhammad (s.a.v.) har tomonlama barkamol inson bo’lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o’ziga hos hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi.

Previous articleKasbiy psixologiya fanining kelajagi va hozirgi zamon talablari
Next articleIslomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarqalishi