So‘zning o‘z va ko‘chma ma’nolari. Сўзнинг ўз ва кўчма маʼнолари. Сузнинг уз ва кучма маʼнолари.
1-topshiriq. Ko‘z, oltin, temir, quloq, og‘iz so‘zlarini eshitganingizda, eng avvalo, nimalar ko‘z oldingizga keladi?
2-topshiriq. Quyida berilgan birikmalar tarkibida kelgan ko‘z, oltin, temir, quloq so‘zlarining qaysi ma’noda kelganini ayting.
Derazaning ko‘zi, buloq ko‘zi, ishning ko‘zi, oltin bosh, oltin kuz, qozonning qulog‘i, temir intizom.
| So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no sanaladi. So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no hisoblanadi. Masalan: Odamning qulog‘i – o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i – ko‘chma ma’noda. |
| O‘z va ko‘chma ma’no birikib, ko‘p ma’noli so‘zni hosil qiladi. |
1-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘zlarning qaysi ma’noda qo‘llanganini aniqlab, o‘zlari bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda «O‘z ma’no» va «Ko‘chma ma’no» sarlavhasi ostida ikki ustunga ajratib yozing.
1. Osmon uzoq, yer qattiq. (Maqol) 2. Qattiq ovoz eshitildi. 3. Uy supurilgan, toza. 4. Do‘stimning qalbi pok, toza.
2-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi zarur so‘zlarni qo‘ying. Ma’nosini izohlang.
1. Yo‘ldoshboy soy … pastga tomon qiyalab yurdi. (Habib No‘mon) 2. Farzandlari yo‘q, haligacha … zor ular. 3. Eshitgan … nima deydi. 4. Ishning … bilishini qarang-a. (Ch. Aytmatov) (Tirnoqqa, yoqasidan, quloq, ko‘zini).
Savol va topshiriqlar
- So‘zning o‘z ma’nosi deganda, nimani tushunasiz?
- Ko‘chma ma’no deb qanday ma’noga aytiladi?
- Tosh so‘zining o‘z va ko‘chma ma’nosini aniqlang.






