Eskirgan so‘zlar – Эскирган сўзлар

0

Eskirgan so‘zlar. Эскирган сўзлар / сузлар.


1-topshiriq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarining eskirish sababini ayting.

Qozi, mirshab, amin, mingboshi, xon.

2-topshiriq. Quyidagi eski va yangi so‘zlar haqida o‘z fikringizni ayting. rayon tuman oblast viloyat


Tilimizning ma’lum davrida qo‘llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga eskirgan so‘zlar deyiladi.

So‘zlarning eskirishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi.

  • So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi.Bunday so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi.
  • So‘z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilannomlanadi. Ularga arxaik so‘zlar deyiladi.

528-mashq. Gaplarni o‘qing, eskirgan so‘zlarni topib, ularning ma’nosini tushuntirib bering.

1. Ulug‘bek usturlob va undan foydalanish haqidagi so‘zlarni tugatgach, zij tuzmoq hunaridan so‘zlay boshladi. (O. Yoqubov) 2. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jug‘rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina, alloma deb tan olinsa. (Tohir Malik)

529-mashq. Sohibqiron, yuzboshi, mingboshi kabi so‘zlarni izohlang, ular ishtirokida gaplar tuzing.

530-mashq. Adabiyot darsligida berilgan qaysi asarda tarixiy so‘zlar borligini eslang. Tarixiy so‘zlarni topib, daftaringizga ko‘chiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.


Savol va topshiriqlar

  1. Eskirgan so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
  2. Eskirgan so‘zlar qanday turlarga bo‘linadi?
Previous articleO‘zbek tili leksikasining boyish manbalari
Next articleYangi so‘zlar – Янги сўзлар