Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi. Ёмғир чувалчангининг ташқи тузилиши, нерв системаси ва ривожланиши. Ёмгир чувалчангининг ташки тузилиши, нерв системаси ва ривожланиши
Halqali chuvalchanglar tipi.
Halqali chuvalchanglar tanasi ko‘p sonli halqalarga bo‘lingan. Ularn ing hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemasi rivojlangan. Bu tipga ko‘p tukli halqalilar, kam tukli halqalilar va zuluklar sinflari kiradi.
Yomg‘ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi
Yomg‘ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo‘yida, beda, sabzavot va po liz ekinlari ekilgan dalalar tuprog‘ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so‘ng ba’zan ko‘plab yer yuziga chiqishi sababli ular yomg‘ir chuvalchanglari deb ataladi.
Yomg‘ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8–10 sm, oldingi uchi konus simon o‘tkirlashgan. Tanasi halqaga o‘xshash tortmalar bilan ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan (24-rasm).

Har bir tana bo‘g‘imining qo rin tomonida to‘rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar ha rakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasinibajaradi. Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yo‘g‘onlashi b, maxsus belbog‘ hosil qiladi.
Teri-muskul xaltasi
Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan (25-rasm).

Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar joylashgan. Mus kullar ostida ichki epiteliy qavati tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi va ichki epiteliy, hal qasimon va bo‘ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi.
Harakatlanishi
Yomg‘ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda in qazib hayot kechirishga moslashgan. Chuvalchang hara kat langanida oldingi qismidagi halqa simon muskullar qisqa rib, tanasi cho‘ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana de vo ridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo‘g‘onlashib tup roq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi. Tuklari harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.
Tana bo‘shlig‘i
Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa pardadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joylashgan epiteliydan iborat.
Nerv sistemasi
Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi (26-rasm). Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadigan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi.
Halqum osti nerv tuguni qorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.
Sezgi organlari va refleksi
Yomg‘ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi. Lekin chuvalchang terisida joylashgan nerv tolalari orqali yorug‘lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi.
Yomg‘ir chuvalchangi reflekslari ancha murakkab va xilma-xil bo‘ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o‘sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o‘z ozig‘ini topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug‘lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko‘payishi
Yomg‘ir chuvalchangi – germafrodit hayvon. Ko‘payish davrida ikki chuvalchang bir-birini urug‘lantiradi. Chuvalchang tuxum qo‘yish davrida belbog‘chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil bo‘ladi. Har qaysi pillaga 2–3, ba’zan 6–20 tagacha tuxum qo‘yadi. Pilla chu val chang tanasidan sirg‘alib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regeneratsiyasi
Yomg‘ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash xusu siyatiga ega. Chuvalchang tanasi uzilib qolganida undan yangi chuvalchanglar hosil bo‘ladi.
- Yomg‘ir chuvalchangining tashqi ko‘rinishi qanday tuzilgan?
- Teri-muskul xaltasi qanday tuzilgan?
- Yomg‘ir chuvalchangi qanday harakatlanadi?
- Tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan?
- Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan?
- Yomg‘ir chuvalchangi qanday sezadi?
1. Yomg‘ir chuvalchangining tana bo‘shlig‘i:
a) yupqa pardadan iborat;
b) bir qavat epiteliy bilan qoplangan;
c) parda to‘siqlar bilan alohida kameralarga bo‘lingan.
2. Yomg‘ir chuvalchangi tuxumlarini:
a) pilla ichiga qo‘yadi;
b) urg‘ochisi bachadoniga qo‘yadi;
c) tuproqqa qo‘yadi.