O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari

0

O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Ўзбек / Узбек тили лексикасининг бойиш манбалари.


1-topshiriq. Quyidagi matnni o‘qing.

Tilning boyish yo‘llari

Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangiyangi tushunchalar vujudga keldi.

Yangi tushunchalar ko‘proq tilning ichki imkoniyatlari: a) shevalardan so‘z olish; b) so‘z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba’zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so‘z olish yo‘li bilan ham ifodalanadi. Bunday so‘zlar olinma so‘zlar hisoblanadi.

Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so‘z olmaydigan bironta ham til yo‘q. Kurash, yonbosh, chala, halol so‘zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi, bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so‘zlar hisobiga boyib bormoqda.


2-topshiriq. Savollarga javob bering.

  1. Tilning so‘z boyligi nima uchun o‘zgaradi?
  2. Til qanday yo‘llar bilan boyiydi?

524-mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlarning tilimizga ta’siri haqida mulohaza yuriting.

1. Bugun Toshkentda «Ekologiya va salomatlik» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini yakunladi. 2. Chustdagi stol tennisi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktabi mamlakatimizda ko‘pchilikka ma’lum. 3. Kichkintoylar sportning yengil atletika, futbol, shaxmat, akrobatika, gimnastika kabi turlari bo‘yicha bellashdilar.

(«Ma’rifat»)


525-mashq. Kundalik hayotimizda faol ishlatilayotgan olinma so‘zlarga misollar keltiring.


526-mashq. Yasovchi qo‘shimchalar hamda so‘zlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan yangi so‘zlarga misollar keltiring.


527-mashq. Uyga topshiriq. O‘qing. Olinma so‘zlarni aniqlang. Qaysi belgilariga ko‘ra olinma so‘z deb hisoblayotganingizni tushuntiring.

1. Biznes bilan shug‘ullanish uchun ham bilim, qunt, mehnat, eng asosiysi, halollik kerak. 2.To‘g‘on tepasida elektr payvandchilar ishlayapti. (Said Ahmad) 3. Men pediatr bilan veterinarlarga qiyin desam, ba’zan terapevt ham qiyin ahvolda qolar ekan. (Abdulla Qahhor)

Previous articleZid ma’noli so‘zlar. Зид маʼноли сўзлар
Next articleEskirgan so‘zlar – Эскирган сўзлар