Olinma so‘zlar (Олинма сўзлар)

0

Olinma so‘zlar. Олинма сўзлар / сузлар.


1-topshiriq. Futbol, voleybol so‘zlari ishtirokida gaplar tuzing.

2-topshiriq. Bu so‘zlarning qaysi tildan olinganligini ayting. Shu kabi so‘zlarga misollar keltiring.

3-topshiriq. Tilimizga qaysi tillardan so‘zlar olinishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.


! Boshqa tillardan o‘zbek tiliga kirib o‘zlashib qolgan so‘zlarga olinma so‘zlar deyiladi.

Masalan: radio, televizor, tramvay, kollej, litsey.

So‘zlar bir tildan ikkinchi tilga xalqlar o‘rtasidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa aloqalar natijasida o‘zlashadi.

560-mashq. Hikoyatni o‘qing, taassurotlaringizni o‘rtoqlashing. Boshqa tildagi so‘zlar tilimizga qanday olinishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.

Chin (Xitoy) xoqonlaridan biri ovga chiqdi. Ov paytida u o‘z mahoratini ko‘rsatdi, hamma hukmdorni olqishladi. Faqat go‘zal va sadoqatli kanizagi uning sha’niga hech narsa demadi. Hukmdor otib o‘ldirgan kiyikka achindi. Bundan g‘azablangan xoqon kanizakni cho‘lga tashlab ketishni buyurdi.

Oradan ancha vaqt o‘tgach, shoh yana ovga chiqdi. Cho‘lda tashlab ketilgan kanizakka duch kelib qoldi. Kanizak avvalgidan ham ko‘rkam, bardam holatda edi. Shoh buning  sababini  so‘raganda, kanizak qo‘lidagi o‘simlikni ko‘rsatib:

– Shu meni ochlikdan va suvsizlikdan qutqarib qoldi, – dedi.

Hukmdor tabiblariga o‘simlikni tekshirtirib, uning shifobaxshligini aniqladi.

O‘simlikni xitoy tilida cha – yashil, ye – barg deb atashdi. Shunday qilib, chaye – choy odamlarning sevimli ichimligiga aylandi.

561-mashq. Olinma so‘zlarni quyida berilgan jadval bo‘yicha guruhlarga ajratib yozing.

Stadion, elektronika, biznes, kollej, avtomobil, menejment, futbol, tramvay, faks, magistr, voleybol, broker, internet, trolleybus, birja, litsey, kompyuter, xokkey.

TransportgaSportgaTa’limgaIqtisodgaTexnikaga
oid so‘zlaroid so‘zlaroid so‘zlaroid so‘zlaroid so‘zlar

562-mashq. Sinf taxtasi yoniga uch nafar o‘quvchi chiqsin. Birinchi o‘quvchi arab tilidan, ikkinchi o‘quvchi fors-tojik tilidan, uchinchi o‘quvchi rus va Yevropa tillaridan olingan so‘zlarga navbatma-navbat misol keltirsin. Misol topa olmay qolgan o‘quvchi o‘rnini keyingisi egallaydi. O‘yin g‘olib o‘quvchi qolguncha davom ettiriladi.


 Savol va topshiriqlar

  1. Olinma so‘zlar deb nimaga aytiladi?
  2. Rus va ingliz tilidan o‘tgan so‘zlarga misollar keltiring.
  3. O‘zbek tilidagi Yevropa tillaridan olingan so‘zlar ko‘proq qaysi sohalarda ishlatiladi?
Previous articleShevaga xos so‘zlar (Шевага хос сўзлар)
Next articleLug‘at va lug‘atshunoslik (Луғат ва луғатшунослик)