Jinoyat qonunchiligida voyagayetmaganlarning huquq va majburiyatlari

0

Jinoyat qonunchiligida voyagayetmaganlarning huquq va majburiyatlari. Жиноят қонунчилигида воягаетмаганларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари. Жиноят конунчилигида воягаетмаганларнинг хукук ва мажбуриятлари.

Jinoyat qonunchiligida voyagayetmaganlarning huquq va majburiyatlari

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. 1-3- rasmlardagi tasvirlarni tavsifl ang.
  2. Ushbu rasmlardagi bolalar kelajakda qanday insonlar bo‘libyetishishlari mum kin deb o‘ylaysiz. Ularning porloq kelajaklariuchun qanday kafolatlar mav jud?
  3. 4- rasmdagi bolaning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarining oqibatiqanday bo‘lishi mumkinligi haqida nimalar deya olasiz?
  4. 6- rasmdagi bola nima sababdan bunday holatga tushgan?
  5. 4- va 6- rasmlardagi bolalarni jazolash zarur ekanligini asoslashgaharakat qiling. Bunda ularni qilmishlari uchun jazolamaslik qanday oqibalarga olib kelishi mumkin ekanligidan kelib chiqing.
  6. Voyaga yetmaganlar va kattalarning jinoiy javobgarliklari o‘r ta sida farq bo‘lishi kerakmi yoki yoqmi? Fikringizni asoslab berishgaha rakat qiling.

Huquq buzish harakatlari turli-tuman bo‘lib, ular huquq sohasining turlitarmoqlari bilan ta’qib qilinadi.

Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to‘rtta guruhgaaj ratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviyhuquq buzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatano‘x shashroq bo‘lgani jinoiy va ma’muriy huquq bu zar lik lardir. Ularningtajo vuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil.

Jumladan, O‘z bekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2- moddasida jinoyat qonuni bilan qo‘riqla na digan obyektlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinch likni, insoni yat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutil sa, Ma’muriyjavob garlik to‘g‘risidagi kodeksning 10- moddasida shaxsga, fu qa rolarninghuquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tar ti biga,tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tu tiladi.

Jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgantaqdirdagina qo‘llanadigan javobgarlikning eng og‘ir turidir.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat ko dek si 16- moddasida,jinoyat uchun javobgarlik — jinoyat sodir etishda ayb dor bo‘lgan shaxsganisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasiqo‘llanilishida ifoda lanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir,deb yozilgan.

Jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan shaxslar gina jinoyatning sub’ekti bo‘ladilar. Qonun da belgilangan yoshga yetmagan kichik yoshdagilar o‘zlarining yoshi, ruhiy va jismoniy rivojlanishijihatidan o‘z qilmishlari uchun hali to‘la javob bera olmaydilar, o‘z harakat (yoki harakatsizlik)larini to‘la boshqara olmaydilar.

O‘n to‘rt yoshga to‘lmaganlar kichik yoshdagilar hisoblanib, o‘z ha rakat larining ijti moiy xavfl iligini, jinoyat ekanligini (javobgarlikni og‘ir lashtiradigan holatlarda qasd dan odam o‘ldirish bundan mustasno) hali to‘laang lab yeta olmaydi. O‘n to‘rt yoshga to‘lganlar esa ayrim qilmishlarningjino yat ekanligini anglaydi, o‘z hara katlarini to‘la boshqara oladi. Shuninguchun JKning 17-moddasida o‘n to‘rt yoshdan jinoyat sub’ekti bo‘lishimumkin bo‘lgan jinoyatlarning ro‘yxati berilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida o‘n sakkiz yoshgato‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima axloq tuzatish ishlari,qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin.

Voyaga yetmaganlarga qo‘shimcha jazolar tayinlanishimumkin emas.

Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishijazoning yengillashtiruvchi holati (55- modda), yosh bola shaxsiganisbatan jinoyat sodir etish, jinoyatni og‘irlashtiruvchi holat debbelgilanadi.

Endi har bir jazo chorasi haqida alo hi da to‘xtalib o‘tsak:

Jarima — bu jinoyat qilgan insondan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarima faqat 16 yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlargagina eng kam oylikish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.

Axloq tuzatish ishlari jazosi — mehnatga qodir, voyaga yetmagannimehnatga majburan jalb qilishdan iborat.

Voyaga yetmaganlarga bu jazo turi bir oydan bir yilgacha muddatgatayinlanadi.

Ozodlikni cheklash — bu jazo voyaga etmagan maxbuslarga nisbatanasosiy jazo chorasi sifatida 6 oydan 2 yilgacha muddatga belgilanadi.

Majburiy jamoat ishlari — faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan 60 soatdan 240 soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.

Ozodlikdan mahrum qilish — bu jazo turi voyaga yetmaganlarganisbatan 6 oydan 10 yilgacha muddatga tayinlanadi.

Umuman, ozodlikdan mahrum qilish 13 yoshdan boshlab qo‘llaniladi. Bunda jazolanuvchilarning jinsi ham e’tiborga olinadi. 18 yoshga to‘lmaganerkaklarga ozodlikdan mahrum qilish jazosini umumiy yoki kuchaytirilgantartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. Qizlarga nisbatan esa, jazoni umumiy tartibli tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi.

Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda, voyaga yetmaganlarningrivoj lan gan lik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, kattayoshdagilarning ta’si ri ni, o‘z xatti-harakati ahamiyatini to‘liq anglamasliginianiqlasa, jazo maj bu riy chora bilan almashtiriladi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan kattalarning (18 yoshdan oshgan) mas’-uli yatlari ham oshirilgan. Xususan, kattalar voyaga yetmaganlarni tilan chilik ka, spirtli ichimliklar ichishga jalb qilsa 3 yilgacha, giyohvand moddalar iste’ mol qilishga jalb qilsa 3 yildan 5 yilgacha, jinoyat sodir etishga jalbqil sa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadilar.

Muayyan shaxsni, ayniqsa, voyaga yetmagan shaxsni, jinoiy javobgar likka tortish uchun sodir qilgan jinoyatini isbotlovchi hujjatlar yetarli,asos lantirilgan, yuridik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak.

Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning jinoyatihaqidagi ishlar bo‘yicha quyidagilar ham aniqlanishi lozim:

1) ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);

2) uning shaxsiga xos xususiyatlar va salomatligi holati;

3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;

4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.

Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniyva kil ning yoki vasiylik va homiylik organining vakilining qatnashishishart. Shu bilan birga voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqi dagi ish dahi mo yachi ham ishtirok etishi lozim. Voyaga yetmagan gumon qili nuv chini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida damolish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, oltisoat dan oshmasligi kerak.

Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar ko‘riladiganvaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar ni, voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxonani, muassasani,tash ki lotni, voyaga yetmaganlarning ishi bilan shug‘ullanuvchi komis siya’ni, zarur bo‘lsa, boshqa tashkilot larni ham xabardor qiladi. Sud bu tashki lotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud maj li siga chaqirishga haqlidir.

Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyotchoralari Jinoyat protsessual Kodeksining 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish voya gayetmagan shaxsga nisbatan faqat unga besh yildan ortiq muddatga ozodlik dan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan jinoyat sodiretganlikda ayb e’lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvor da bo‘lishini boshqa ehtiyot choralari ta’minlay olmay digan taqdirdaqo‘l la nilishi mumkin.

Voyaga yetmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoya chi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakiliham ishtirok etishi mumkin.

Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qo‘l lanil ga ni to‘g‘risida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil bo‘lmasa,boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi. Voyaga yetmagan shaxs otaonasining, homiylar, vasiy larning qaroviga yoki, basharti u bolalarmuassasasida tar biya lanayotgan bo‘lsa, shu muassasa rahbarlariningqaroviga ham berilishi mumkin.


Ijodiy faoliyat

Voyaga yetmagan bolalarning huquqbuzarligi to‘g‘risida kichik hi koya yozing. Bu hikoyada bitta huquqbuzarlik holatini keltiring. Ma na shuhikoyadagi huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs 6 yoshdan 14 yosh gacha, 14 yoshdan 16 yoshgacha, 16 yoshdan 18 yoshgacha va 18 yosh dan kattabo‘lsa, qanday jazolanishi mumkinligini aniqlang. (Bunda Fuqarolik, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslardan foy dalaning.)


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Jinoyat qonunchiligi nima?
  2. Voyaga yetmaganlik nima?
  3. Voyaga yetmaganlik tushunchasining jinoyat sub’ekti yoshi tushunchasidan farqi nima?
  4. Voyaga yetmaganlar necha yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin?
Previous articleEmansipatsiya nima? Эмансипация нима?
Next articleJarima nima? Жарима нима?