Xayriddin Saloh Ko’krak ochdim shamollarga she’ri

0

Xayriddin Saloh Ko’krak ochdim shamollarga she’ri. Хайриддин Салоҳ Кўкрак очдим шамолларга шеъри. Хайриддин Салох Кукрак очдим шамолларга.


Ko’krak ochdim shamollarga,
Bisotimni sarf etdim.
Ular shirin xayollarga
Meni butkul g’arq etdi.

Shamollarga bitib sho’x kuy
Taklif etdim bog’imga.
Chamanlardan ular xushbo’y
Sepishdi dimog’imga.

Tunda uyqum qochib ketdi
Xushlab yellar ta’bini.
Ular tongda ochib ketdi
G’unchalarim labini.

Xayriddin Saloh


Savol va topshiriqlar:

  1. She’rda shamollarga «ko’krak och»gan orzumand lirik qah ramon holati qanday tasvirlanganiga e’tibor qiling.
  2. She’rning ikkinchi bandida shoir va shamol munosabati qanday aks etganini sharhlashga urining.
  3. «Chamanlardan ular xushbo’y Sepishdi dimog’imga» satrlarida lirik qahramonning qanday kayfi yati aks etgan?
  4. Shoirning: «Ular tongda ochib ketdi G’unchalarim labini» ifodasida norozilik aks etganmi yoki quvonch? Fikringizni asoslang.
Previous articleXayriddin Saloh Yulduzlar afsonasi she’ri
Next articleXayriddin Saloh Yer va ter she’ri