Kompyuter o’yinlari klassifikatsiyasi

0

Kompyuter o’yinlarining yaratilish tarixi, yaratilayotgan qo’shimcha vositalari, shu bilan birga kompyuter o’yinlarining insonga ta’sir etuvchi jihatlari haqida avvalgi darslarda tanishib oldik. Kompyuter o’yinlari xilma-xildir, lekin ularning hammasini o’ynash tavsiya etilmaydi.

Kompyuter o’yinlari klassifikatsiyasi

  1. Strategik o’yinlar.
  2. Mahalliy o’yinlar.
  3. Sport o’yinlari.
  4. Mantiqiy o’yinlar.
  5. Imitator o’yinlar.
  6. On-Line o’yinlar.

Foydalanuvchilar orasida qiziqish uyg’otayotgan o’yinlardan biri harbiy strategiya yoki urush mavzusidagi o’yinlardir. Bu o’yin- larda butun qo’shinni boshqarish, himoyalanish uchun qurilish ishlarini olib borish, mustahkamlash ishlarini rejalashtirish kabi masalalar mavjud.

Arkada va Kvest deb ataluvchi o’yinlar esa qiziqarli jarayon- larni boshqarish, maxfiy vazifalarni bajarish va o’yin davomida bosh- qotirmalarni yechish orqali qurol ishlatmasdan g’alabaga erishishga yo’naltirilgandir.

On-Line o’yinlar. Bu o’yinda bir emas, balki bir necha o’yinchilar tarmoq orqali o’yinni boshqaradilar. Bunday o’yinlar bolalarda muloqot ko’nikmalarini rivojlantiradi.

O’g’il bolalar o’rtasida, albatta, avtomobil poygalari, keyingi o’rinda esa sport o[1]yinlari – futbol, xokkey, boks, basketbol, shaxmat, golf kabi o’yinlar mashhurdir. Chunki bu o’yinlarda bir o’yinchi yoki bir guruh o’yinchilarni boshqarish imkoni mavjud.

Pazl yoki boshqotirmalar. Sodda o’yinlar turkumiga kirib, kichik yoshdagi foydalanuvchilarga mo’ljallangan. Ular orasida foydali va rivojlantiruvchi o’yinlar ham kam emas. Bunday o’yinlar yorqin rang- larda ishlangan multfilm qahramonlari ishtirokida alifbo saboqlarini, hisob-kitob, rasm chizish, chet tillarini o’rganishga yo’naltirilgan va tavsiya etiladigan o’yinlardir.

Sport oiyinlari singari poygalar ham ma’lum darajada insonlarga foyda keltirishi mumkin. Ular yordamida yo’l harakati qoidalarini o’rganish mumkin bo’lsa-da, sport o’yinlari kabi badanni chiniqtirish, sog’lom va baquvvat o’sishga yordam bermaydi. Unga faqat g’alaba qozonish maqsadida qaraladi (1, 2, 3, 4-rasmlar).

«Pazl» o’yinlar. Bu o’yinlar kichik yoshdagi o’quvchilarga mos bo’lib, rang-barang bo’yoqlar yordamida yaratilgan, asosan, ko’z xotirasini rivojlantiruvchi o’yin hisoblanadi. O’yin sharti bo’yicha mevalar o’rnini almashtirish natijasida 3 ta qatorda bir xil mevali katakcha hosil bo’lishi kerak. Albatta, o’yin tezligi ham hisobga olinadi. Bunday o’yinlar o’quvchi bolalar zehnini oshirishga, chaqqon bo’lishga yordam berishi mumkin.

Mantiqiy o’yinlar. Biror masala yoki jumboqni yechishda o’yinchidan topqirlikni, izlanuvchanlikni talab qiladigan o’yinlardir. O’z qobiliyatini sinab ko’rmoqchi bo’lgan o’quvchilar uchun «Magik Square» (sehrli kvadrat) o’yinida 5 ta murakkab mantiqiy masalani yechish tavsiya etiladi. Bunday o’yinlarni On-Line muhitida o’ynash mumkin.

Boshqotirmalar. «Dupligon» kabi o’yinlar «test-o’yin» deb nomlanadi. Bir soniyada aks ettirilgan tasvirni xotirada saqlab qolish va uni qayta tasvirlab berish vazifalari orqali o’yinchining qobiliyati aniqlanadi.


Mavzuga doir savol va topshiriqlar

  1. Kompyuter o’yinlarining mahalliy o’yinlardan farqi nimada?
  2. Kompyuter o’yinlarini qanday guruhlarga ajratish mumkin?
  3. Kompyuter o’yinlarini yaratuvchi qanday kompaniyalarni bilasiz?
  4. Grafikli monitor qachon va qaysi kompaniyada yaratilgan?
Previous articleKompyuter o’yinlari haqida (Birinchi kompyuter o’yini)
Next articleOperatsion tizimlar va ularning turlari (referat)