Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o’rinlar va xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
OT foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi.
Hozirgi davrda ko’plab OTlar mavjud: UNIX; MS DOS;OS2; NC, WINDOWS.
Birinchi shaxsiy kompyuterlar OT ga ega emas edilar. Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo’lmagan dasturlash tili, masalan, Beysik yoki shunga o’xshash tilni qo’llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o’rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so’ngra kompyuterga uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo’lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dasturni xam yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta, LOAD buyrug’i kifoya edi, xolos.
Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo’lgan zaruriyat paydo bo’ldi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion sistemasi (DOS) deb nom oldi.
DOS nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylni bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo’lgan paytda fayllarni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkinchisiga ko’chirish (nusxa olish) kabi ishlarni xam bajara oladi. Umuman olganda, DOS foydalanuvchini aloxida qog’ozlarda ko’plab yozuvlarni saqlashdan xalos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar paydo bulishi bilan OTlar xam uzgardi. Kattik disklarning yaratilishi bilan, ularda unlab emas, balki yuzlab, xatto minglab fayllarni saklash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida xam anglashilmovchiliklar paydo bula boshladi. Ana shunda DOTlar xam ancha murakkablashdi. Ularga disklarni kataloglarga buluvchi va ushbu kataloglarga xizmat kursatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni kuchirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshkalar) kiritildi. Shunday kilib, disklarda faylli struktura paydo buldi. Uni tashkil etish va unga xizmat kursatish vazifasi esa OTga yuklanadi. Kattik disklar yanada katta ulchamlarga ega bulishi bilan OT ularni bir nechta mantikiy disklarga bulishni xam «urganib» oldi.
Har bir yangi paydo bo’layotgan OT kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshi, unumliroq foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy operatsion tizimi
MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 versiyasigacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o’rtasidagi «vositachi» bo’lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha ko’pgina ishlar xam MS DOSda bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98, ME, XP va xokazolar grafik interfeysli OTlar xisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar, belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Tarmoq OT. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarni yakkaxol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat OT— tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu OT, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko’rsatadi.
Asosiy dasturiy ta’minotni qushimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitlar deb atashadi.
Utilitlar
Utilitlar — bu, ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Drayverlar haqida tushuncha
Drayverlar. Ular OT imkoniyatlarini kengaytiradi. Jumladan, kompyuterning kiritish — chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.