Operatsion tizimlar va ularning turlari (referat)

0

Operatsion tizimlar va ularning turlari

Reja:

  1. Operatsion muhit haqida tushuncha.
  2. Operatsion tizim.
  3. Operatsion tizimning turlari.

Operatsion muhit haqida tushuncha

Amaliy   dasturlarni   ishlab   chiqish   va   ular bajarilishini ta’minlaydigan vositalar majmuasi. Operatsion   muhit   operatsion   tizim,   dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari,  ma’lumotlar  bazalari  va dasturlash tillaridan iborat.

Operatsion tizim

  1. Kompyuter resurslarini   va   ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni  va ma’lumotlarni  boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Garchand operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
  • fayl tizimini  boshqarish  (yozish,  o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
  • dasturlar bajarilishini  boshqarish  (protsessor vaqtini  taqsimlash,  dasturlarni  diskdan  tezkor xotiraga  yuklash,  yashirin  xavfli  ta’sirni  tutib olish va h.q.);
  • xotirani boshqarish   (keshlash,   taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
  • foydalanuvchi bilan muloqot  (klaviaturadan, sichqonchadan   buyruqlarni   o‘qish,   axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.

Bundan   tashqari  operatsion  tizimlar,  kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy  tarmoqlardan  global  koorporativ tarmoqlargacha, shu  jumladan,  Internet  tarog‘idan    erkin    foydalanishni    boshqaradi. Operatsion tizimga misollar – MS-DOS, Linux, UNIX, Windows, Solaris va boshqalar.

Keling ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tsak:

MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi

MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft  korporatsiyasi tomonidan taklif  qilingan    operatsion    tizim.    MS-DOS    ning birinchi   rusumi   1981   yilda   paydo   bo‘lgan. Avvalambor, Microsoft kompaniyasi tomonidan IBM uchun ishlab chiqilgan MS-DOS, IBM – uyg‘un kompyuterlar uchun standart operatsion tizimdir.  MS-DOS 16-xonali  operatsion tizimi bo‘lib,  u ko‘pfoydalanuvchili  va ko‘pmasalali maromlarni  qo‘llab-quvvatlay   olmaydi. Operatsion  tizimning  muhim  xususiyatlaridan biri  mutaxassis  bo‘lmagan  foydalanuvchilarga amaliy   jarayonlarni  bajarishning  qulay shakllarini  taqdim  qilsa,  mutaxassislarga dasturiy ta’minotni  ishlash  uchun  yaxshi asos taqdim  qiladi.  MS-DOS  kataloglar  shajarasini tashkil  qiladi,  taraqqiy  etgan  buyruqlar  tiliga ega.  MS-DOS  amaliy  jarayonlar,  fayllar  va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.

Linux operatsion (amaliy) tizimi

Linux operatsion (amaliy) tizimi. O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan  chiqarilgan. Linuxning  muhim  xususiyatlaridan  biri  –  u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora  litsenziyasiga  ko‘ra  bepul  tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.

UNIX operatsion (amaliy) tizimi

UNIX operatsion (amaliy) tizimi. Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion  tizimi.   Ilk  bor  UNIX  operatsion tizimi  Bell  Laboratory  tomonidan  1969  yili taklif  qilingan,  azaldan  tarmoqlarda  ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si    tilida    yozilgan    ko‘pfoydalanuvchili   va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy  qismi  bo‘lib  mikroo‘zak  hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/  bajaruvchi  modul joylashtirilgan.   UNIX   operatsion   tizimi   bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:

  • amaliy dasturlarni bir turdagi  kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish;
  • ma’lumotlarni tarqoq    ishlovini    bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi;
  • bir vaqtning    o‘zida    turli    xildagi    fayl majmualarining mavjud bo‘lishi;
  • yuz berayotgan  ishlov  jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;
  • RISC protsessorlari  bilan  yaxshi uyg‘unlashuvi;
  • xar xil   ishlab chiqaruvchilar tomonidan  taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish;
  • rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;

UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.

UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi

UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX  operatsion  tizimining   Novell korporatsiyasi    tomonidan   ishlab chiqilgan rusumi.  UNIXWare  tizimi  birinchi  navbatda NetWare   tarmoqlarida  ishlatish  uchun  yaratilgan. Shu   bilan   birga,   bu   operatsion tizimining   muhitida   hududiy   tarmoqlarning bayonnomalari    ham   bajariladi.    UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish   stoli»  deb  ataluvchi   muhitda   ishlaydi. UNIXWare  ko‘pmasalali,  ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.

Solaris operatsion (amaliy) tizimi

Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN  Microsystems  korporatsiyasi  tomonidan taklif   qilingan   UNIX   operatsion   tizimining rusumi.   Solaris   simmetrik   multiprotsessorli ishlov bajaradi,  tasvirlar  bilan  ishlash vositalariga    ega,    ma’lumotlar    xavfsizligini ta’minlaydi.  Tizim  Internet  tarmog‘i,  elektron pochta,  shu jumladan,  nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.

Windows operatsion (amaliy) tizimi

Windows operatsion (amaliy) tizimi.  Microsoft   korporatsiyasi   tomonidan   shaxsiy kompyuterlar  uchun  taklif qilingan  operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi,   virtual   xotiraning   boshqaruvini taqdim  qiladi  va  ko‘pgina  tashqi  qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni  ishlatib, foydalanuvchi    birdaniga   bir   necha   amaliy jarayonlar  bilan samarali  ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.   Dunyoda   90%  ga  yaqin kompyuterlar Windows operatsion     tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi

Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows  95  aloqa  va  muloqot  uchun  ishlab chiqilgan  birinchi  operatsion  tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining   operatsion   tizimi,   amaliy tizimi.  Windows  95  o‘zining  imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi,  amaliy tizimini  ancha  ortda  qoldirgan. Foydalanuvchining  yangi  interfeysiga qo‘shimcha  ravishda,  Windows  95  o‘z ichiga ko‘pgina  muhim  angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi,  bu  esa,  maxsus  shu  operatsion tizim  uchun   yaratilgan   qo‘llanmalar   yanada tezroq  ishlashini  anglatadi.  Shu  bilan  birga, Windows   95,   Windows   va   DOSning   eski qo‘llanmalarini  bajara  oladi.  Windows  95da,  DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi    8    belgi    bo‘lishi    kerakligi    kabi cheklovlar bekor qilingan.

Windows 98 operatsion (amaliy) tizim

Windows 98 operatsion (amaliy) tizim. Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra Windows   97   deb   ataldi,   ammo   Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda   tayyor    bo‘lmaganligi    sababli,    uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni  quvvatlash imkonini  beradi, shu jumladan,  FAT32, AGP, MMX,  USB,  DVD  va  ACPI texnologiyalarni ham.  Uning  eng sezilarli  xossasi  bo‘lib,  veb- brauzer  (Internet  Explorer)ni  operatsion  tizim bilan   uyg‘unlashtiruvchi,    «Faol    ish    stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.

Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi

Windows 2000 operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft  Windows operatsion tizimlari safidagi   mahsulot,   Windows   NT   operatsion tizimi,   amaliy   tizimining   takomillashtirilgan rusumi.   Windows   2000ni   ko‘pincha   W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor:

  Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion    tizim.    Qo‘llanmalarni    ishlatish, Internet  bilan  ulanish,   fayllar,   printerlar   va tarmoq  resurslaridan  erkin  foydalanish  uchun  ishlatiladi.

  Server   –  veb-server   sifatida   ham,   mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi.

  Advanced   Server   –   biznes-qo‘llanmalar   va elektron   tijorat   uchun   ishlatiladi. Windows 2000  Server           standart     rusumidan  yuqori masshtablanuvchanlik    va   erkin   foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.

Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta  hajmdagi   ma’lumotlarga   ishlov  berish talab  qilinadigan  kompyuter  tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan.

Windows CE operatsion (amaliy) tizimi

Windows CE operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft  Windows  operatsion  tizimi,  amaliy tizimining  mobil  PDA (personal digital assistants)ga   o‘xshash   kompyuterlar   uchun, qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi Windows 95ga o‘xshash.

Windows NT operatsion (amaliy) tizimi

Windows NT operatsion (amaliy) tizimi. Windows   New  Technology (Windows   ning yangi  texnologiyasi)  32-bitli  operatsion  tizim bo‘lib,   Microsoft    korporatsiyasi    tomonidan Windows 95 va MS-DOSlarning o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion tizimga talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning   eng   qiziquvchan   10% qismidir.

Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir:

  • funksional uyg‘unlik;
  • mobillik;
  • masshtablanuvchanlik;
  • tizimning boshqarilishi;
  • ochiq interfeys;
  • sanoat standartlarini quvvatlash.

Windows    NT   ning   ikki   rusumi   mavjud: Windows    NT    Server,   tarmoqlarda    server sifatida    ishlash    uchun    va    Windows    NT Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan.

Windows XP operatsion (amaliy) tizimi

Windows XP operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan  2001 yilda taqdim  qilingan  operatsion  tizim.  Microsoft, Windows  XPni  Windows  95  chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows   XP,  Windows   2000ning   o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga  ega.  Windowsning  avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning    ikki    rusumi    mavjud:    Home    va Professional.  Microsoft  har  ikkala  rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi.   Simsiz   tarmoqlarga   ulanish   uchun “plugand-play” vositasini ham, Windows Xpda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.


Adabiyotlar

  1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002.
  2. Sattorov A Info’rmatika va axbo’ro’t texnologiyalari. To’shkent.”Oʻqituvchi”. 2002 y
  3. Ahmedov A, Toyloqov N. Info’rmatika. To’shkent. “O’ʻzbekisto’n”. 2002 y
  4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М: Изд. ОЛМА-ПРЕСС, 2003.
  5. talaba.su
Previous articleKompyuter o’yinlari klassifikatsiyasi
Next articleGeografiyada tabiat va jamiyat munosabatining asoslari