Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi

0

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi. Конституцияга ўзгартириш киритиш тартиби.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida uning barqarorligini ta’minlash, tez-tez o’zgartirishlar kiritilishiga monelik qilish bo’yicha himoya choralari nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning VI bo’limida bayon etilgan bo’lib, unda o’zgartirishlar kiritish tartibi va shartlari keltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar, basharti faqat tegishincha Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchiligi tomonidan ovoz berilsa yoki O’zbekiston Respublikasi referendumi jarayonida kiritilishiga yo’l qo’yiladi. Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o’zgartirishlar hamda tuza- tishlar kiritish to’g’risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin.

Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o’tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.

Barcha davlat organlari o’z aktlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi uchun mas’uldir. Ular Konstitutsiyaga muvofiq ish yuritishlari shart.

3-topshiriq

O’ylang va javob bering:

  1. Mahalliy hokimiyat organlarining buyruq va qarorlarida mamlakat Kons- titutsiyasiga muvofiq bo’lmagan qoidalar bo’lishi mumkinmi?
  2. Konstitutsiya huquqiy munosabatlarni aniq tartibga solib turishi uchun qaysi huquq tarmoqlariga yo’naltirilishini aytib bering.
  3. Nima deb o’ylaysiz, «insonning huquqqa munosabati» deganda nima ko’zda tutiladi?

4-topshiriq

Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Ularda qonunchilik asoslari yoki axloq normalari buzilganligini aniqlang.


Batafsil >> Konstitutsiyaviy huquq. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni

Previous articleKonstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog’i
Next articleHuquqiy tartibot nima? Ҳуқуқий тартибот нима?