Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq

0

Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq. Конституция ва конституциявий ҳуқуқ / хукук.


Siz har qanday madaniyatli va taraqqiyparvar jamiyat hayotida Asosiy qonun bo’lgan Konstitutsiya muhim rol o’ynashini yaxshi bilib oldingiz. Chunki Konstitutsiyada davlat tomonidan eng barqaror, doi- miy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo’yilgan.

«Konstitutsiya» lotincha «constitutio» so’zidan olingan bo’lib, «belgi- lash», «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va vakolatlarini, fuqarolar asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabat- larni belgilab beradi.

Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir me’yoriy hujjati Konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglata- di. Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha sohalariga, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy, mehnat faoliyati, shaxsiy hayotga va boshqa- larga ta’sir o’tkazadi.

Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustunligi so’zsiz tan olinadi.


 Yodda tuting!

Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni, unda inson va fuqaro- ning huquq va erkinliklari e’lon qilinadi, e’tirof etiladi va kafolatlana- di, davlat boshqaruvi shakli va hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi mahalliy organlarni tashkil etish tizimi va ularning va- kolatlari belgilab qo’yiladi, shuningdek, qonunchilik, ijro organlari va sud hokimiyati organlarini tuzish tartibga solib turiladi, saylov tizimi, davlat ramzlari va Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish tartibi belgi- lanadi.


Konstitutsiya bilan konstitutsiyaviy huquq o’rtasidagi farq shundaki, Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq tarmog’i, o’quv fani sifatida konstitutsiyani o’rganish predmetining asosiy negizi hisoblanadi, ya’ni konstitutsiyaviy huquq – huquq tarmog’i, Konstitutsiya esa ana shu tarmoq manbayi.

1-topshiriq

Quyidagi vaziyatni tasavvur qiling. Mamlakatda huquq-tartibot, qonunlar va huquq normalari bekor qilingan. Odamlar qonunga rioya etmay qo’ygan, boshqa fuqarolar huquqlarini hurmat qilmay qo’yishdi, jinoyatga jazo tayinlash va jazodan ozod qilish huquqini o’z ixtiyorlariga olganlar.

Nima deb o’ylaysiz, bunday vaziyatda davlatda qanday hodisalar ro’y beradi? Qonunlar mavjud emasligidan kim ko’p jabr ko’radi?

2-opshrq

Mamlakatdagi huquq tartiboti qanday shart-sharoitga bog’liq deb o’ylaysiz?


Batafsil >> Konstitutsiyaviy huquq. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni

Previous article1-§. Konstitutsiyaviy huquq. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni
Next articleKonstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog’i