
Mahmudxo‘ja Behbudiy (Маҳмудхўжа Беҳбудий / Махмудхужа Бехбудий). Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug‘ildi. O‘z davrining diniy va dunyoviy ilmlarini puxta egalladi.
U dastlab Samarqand shahri yaqinidagi bir qishloqda jahon ilm-fani yutuqlaridan saboq berishga mo‘ljallangan yangi usul maktabini ochdi. Bu maktab uchun qator darsliklar yaratdi. Chunonchi, «Savod chiqarish kitobi», «Qisqacha umumiy geografiya», «Aholi eografiyasiga kirish» deb nomlangan darsliklar shular jumlasidan edi.
Behbudiy yosh avlod tarbiyasida teatrning ham katta rol o‘ynashini to‘g‘ri baholay oldi.
Shuning uchun sahna asari ham yozdi. Uning «Padarkush» nomli sahna asari katta shuhrat qozondi. Bu asar o‘qimagan, johil va nodon o‘g‘lining qanday qilib o‘z otasi qotiliga aylanganligi haqida hikoya qiladi. Behbudiy «Samarqand» deb ataluvchi gazeta va «Оупа» deb ataluvchi jurnal ham nashr ettirdi. Ularning sahifalarida yosh avlodni vatanparvar bo‘lishga, jahon ilm-fani yutuqlarini puxta egallashga da’vat etdi.
Diqqat bilan o‘qing! «Zamon ilmi va fanidan bebahra xalq boshqalarga poymol bo‘lur». Behbudiy |
Behbudiy, ayni paytda, yosh avlodni Vatan taraqqiyoti yo‘lida bir nechta xorijiy tilni o‘rganishga ham chaqirdi.
Batafsil >> Turkiston ma’rifatparvarlari