Tirik organizmlarni o‘rganish uchun turli usullardan foydalanila- di. Ulardan asosiylari to‘rt xil.
1. Kuzatish usuli – eng qadimgi usul. Tekshirayotgan odam sezgi organlari (ko‘rish, eshitish, his qilish) yordamida, tabiiy ho- latga ta’sir etmagan holda ma’lumot to‘playdi. Masalan, biror qush haqida ma’lumot to‘plash uchun uning uyasi oldida kuzatish olib boriladi (7- rasm, a). Hozirgi kunda videokamera qo‘yish yoki chip ulash orqali kuzatishni osonlashtirish mumkin.
2. Taqqoslash usuli to‘plangan ma’lumot asosida ikkita orga- nizm o‘zaro solishtiriladi. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda farqlar aniqlanadi. Masalan: ikki xil hayvon turi solishtirilganda, ularning tirik organizm ekanligi, kislorod bilan nafas olishi o‘xshash, lekin tashqi tuzilishi, yashash joyi va oziqlanishi farq qiladi (7- rasm, b).

3. Tarixiy usul – qadimda mavjud bo‘lgan organizmlar hozirda yashayotganlari bilan solishtiriladi. Ulardagi farqni bilish orqali tirik organizmlarda qaysi darajada o‘zgarishlar sodir bo‘lganligi aniqla- nadi. Masalan, paleontologlarning fikricha, otlar qadimda tulkidek keladigan yirtqich hayvonlar bo‘lgan. Keyinchalik oyoqlari uzun- lashib, tuyoqlar bilan himoyalangan, tez yuguradigan va o‘t bilan oziqlanadigan jonzotga aylangan.
4. Tajriba usuli – organizmlar uchun qulay bo‘lgan muhit yaratib beriladi, shu muhitda ularning o‘sishi va rivojlanishi, orga- nizmning tashqi muhit ta’sirida o‘zgarishi o‘rganiladi. Masalan, oq gulli o‘simliklarni turli rangdagi bo‘yoq eritmasiga solib, 2 soatdan so‘ng gul rangining o‘zgarishi tajribada kuzatiladi.
Biologiyani o‘rganish usullarini birgalikda qo‘llab, tirik organizm haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
- Tirik organizmlarni o‘rganish usullarini aytib
- Oq va qo‘ng‘ir ayiqning o‘xshashlik va farqlarini qaysi usulda aniqlash mumkin?
- Qaysi usuldan foydalanib otlarning kelib chiqishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin?
- Oq gullarga bo‘yoqning ta’sirini qaysi usul yordamida tek- shirish mumkin?
- Qaysi usulda tabiiy muhitga ta’sir etmasdan ma’lumot oli- nadi?