Turkiston ma’rifatparvarlari / Туркистон маърифатпарварлари.
Ma’rifat va ma’rifatparvarlik haqida
Ma’rifat va ma’rifatparvarlik haqida (Маърифат ва маърифатпарварлик ҳақида / хакида). Ma’rifat — ta’lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo‘lida qili- nadigan harakatdir. O‘z faoliyatlarini bu ishga bag‘ishlagan kishilar esa ma’rifatparvarlar deb ataladi. Yurtimizda ma’rifatparvarlik harakati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida vujudga keldi va u jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi.
Jadidchilik harakatining namoyandalari esa jadidlar deb atalishgan. Jadidlarni Rossiya mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotda orqada qolib ketganligi tashvishga solgan. Ular yurtimizni ozod va obod ko‘rishiii xohlagan edilar.
Yodda tuting! Jadid (arabcha — yangi) — yangilik tarafdori, yangilik uchun kurashuvchi.[1] |
Jadidlar Turkistonning ilg‘or mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi, awalo, zamonaviy bilimlarni egallagan kishilarning qanchalik ko‘p bodishiga bog‘liq ekanligini yaxshi tushunganlar. Mavjud maktabxo- na va madrasalar bilan esa bu vazifani hal etib bo‘lmas edi. Shuning uchun ham ular o‘z oldilariga, birinchi navbatda, yurtimiz maktab- larida hukm surayotgan eski tartiblar va eski o‘qitish usullarini yan- gilash maqsadini qo‘ydilar.
Eski maktablarda, asosan, diniy bilimlar o‘qitilgan. Tabiiy fanlari esa (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, zamonaviy tibbiyot kabi fanlar) deyarii o‘qitihnagan. Yosh avlodga bunday fanlarni o‘rgatmay turib yurt taraqqiyotiga erishib bo‘lmas edi.
Jadidchilik harakatiga yurtimizning taraqqiyparvar ziyolilari rah- barlik qilishdi. Ular ishni dastlab yangi usul (usuli jadid) maktablari- ni ochishdan boshladilar. Yangi usul maktablarida diniy ta’lim bilan bir qatorda tabiat fanlaridan ham saboq berildi. Jadidlar iqtidorli bolalarni chet ellarga o‘qishga yuborishni ham tashkil etdilar.
Qoloqlikka ko‘nikib qolgan xalqning ongini o‘zgartirish uchun turii gazeta va jumallar nashr ettirdilar. Teatrlar tashkil etib, ularda kishilami o‘yga toldiruvchi asarlarni sahnalashtirdilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyandalari edilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy

Mahmudxo‘ja Behbudiy (Маҳмудхўжа Беҳбудий / Махмудхужа Бехбудий). Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug‘ildi. O‘z davrining diniy va dunyoviy ilmlarini puxta egalladi.
U dastlab Samarqand shahri yaqinidagi bir qishloqda jahon ilm-fani yutuqlaridan saboq berishga mo‘ljallangan yangi usul maktabini ochdi. Bu maktab uchun qator darsliklar yaratdi. Chunonchi, «Savod chiqarish kitobi», «Qisqacha umumiy geografiya», «Aholi eografiyasiga kirish» deb nomlangan darsliklar shular jumlasidan edi.
Behbudiy yosh avlod tarbiyasida teatrning ham katta rol o‘ynashini to‘g‘ri baholay oldi.
Shuning uchun sahna asari ham yozdi. Uning «Padarkush» nomli sahna asari katta shuhrat qozondi. Bu asar o‘qimagan, johil va nodon o‘g‘lining qanday qilib o‘z otasi qotiliga aylanganligi haqida hikoya qiladi. Behbudiy «Samarqand» deb ataluvchi gazeta va «Оупа» deb ataluvchi jurnal ham nashr ettirdi. Ularning sahifalarida yosh avlodni vatanparvar bo‘lishga, jahon ilm-fani yutuqlarini puxta egallashga da’vat etdi.
Diqqat bilan o‘qing! «Zamon ilmi va fanidan bebahra xalq boshqalarga poymol bo‘lur». Behbudiy |
Behbudiy, ayni paytda, yosh avlodni Vatan taraqqiyoti yo‘lida bir nechta xorijiy tilni o‘rganishga ham chaqirdi.
Abdulla Avloniy
Abdulla Avloniy (Абдулла Авлоний). O‘z davrining atoqli ma’- rifatparvari, shoiri, jurnalist, davlat arbobi bo‘lgan Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida tug‘ildi.
Maktabxona va madrasada ilm oldi. U arab, fors va rus tillarini yaxshi o‘rganib oldi. Yangi usul maktablarining ahamiyatini yaxshi tushunganligi uchun Toshkentda shunday maktab ochdi. O‘zi ona tili va adabiyotdan dars berdi.
O‘quvchilar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklar (O‘qish kitoblari) yaratdi. «Turon» deb ataluvchi teatr jamoasini tuzdi. Qator sahna asarlarini, jumladan, Behbudiyning «Padarkush» asarini ham sahnalashtirdi.
Munavvar qori Abdurashidxonov
Munavvar qori Abdurashidxonov (Мунаввар қори Абдурашидхонов). Munawar qori Abdurashidxonov 1878-yilda Toshkentda ziyoli oilasida tug‘ildi. 1901-yilda Toshkentda yangi usul maktabini ochdi.

Yangi usul maktablari uchun «Tovush chiqarib o‘qish usuli», «O‘qish kitobi», «Yer yuzi» (Geografiya) kabi darsliklar yozdi. Munavvarqori bora-bora Turkiston jadidlar harakatining yo‘lboshchisi- ga aylandi.
U qoloqlikni qoralab, yoshlarni Yevropa ilm-fanini o‘rganishga chaqirdi. Turkiston- ning mustamlaka holatidan qattiq qayg‘uga tushdi. Bu esa mustamlakachi kuchlarga yoqmadi. Shuning uchun ham ular turli uydirmalar to‘qib unga tuhmat qilishdi va 1931-yilda otib tashlashdi.
Ozodlik uchun kurashganlar nomi va xotirasi barhayot
Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlarning nomi hech qachon unutilmaydi. O‘z- bekiston mustaqillikka erishgach ularning qutlug‘ nomlari, sha’nlari to‘la tiklandi. Bu ishga shaxsan Yurtboshimiz Islom Karimov rahbar- lik qildi. U kishining tashabbusi bilan 2000-yilda Toshkentda «Shahid- lar xotirasi» yodgorlik majmuyi bunyod etildi.
2002-yilda esa shu majmuaning tarkibiy qismi sifatida, «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi barpo etildi. Shu tariqa Vatan ozodligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasi abadiylashtirildi.
Atamalar mazmunini bilib oling
Ziyoli — ma’rifat, ilm tarqatuvchi.
Mustamlaka — kuchli davlat tomonidan bosib olingan mamlakat.
Qatag‘on — erkin fikrlovchi kishilarni quvg‘in qilish, jismonan yo‘q qilish.
[1] O‘TIL. – T.: «УзМЭ». 2006. 2-jild. 64-bet.
Savol va topshiriqlar
- Turkistonda ma ’nfatparvarlik harakatini vujudga keltirgan sabablarni qayd eting.
- Jadidlar nega o‘z faoliyatlarini yangi usul (usuli jadid) maktablarini tashkil etishdan boshlaganlar?
- Behbudiy hayoti va faoliyati haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Avloniy qanday darsliklar yaratgan edi?
- Munavvar qori Abdurashidxonov hayoti va faoliyati haqida so ‘zlab bering.