Yo‘nalish azimuti va masofani o‘lchash

0

Geografik xarita — insoniyatning buyuk kashfiyoti. Yer yuzi va har bir joyning tabiiy sharoiti, aholisi va uning xo‘jalik faoliyati geografik xaritalarda hamda joy planida tasvirlanadi.

Sayyohlar, kashfiyotchilar notanish o‘lkalarda ot-ulovda yuzlab, minglab kilometr yo‘l yurganlar, qayiq va kemalarda dengiz-u okeanlarda suzganlar. Ular ko‘rgan, o‘rgangan, kashf qilgan narsalar xaritalarga tushirilgan. Demak, Yer yuzini o‘rganishning eng qadimgi va sinalgan uslubi yo‘l bo‘ylab joy planini chizishdir.

Joyda ufq tomonlarini aniqlash. Agarda keng tekis joyga chiq- sangiz, Siz turgan yer doira shaklda ko‘rinadi. Doira shakldagi tekislikning chetida osmon bilan Yer tutashib turgandek tuyuladi (15-rasm). Ana shu osmon bilan Yer tutashgan chiziq ufq deb ataladi. Sizdan ufqqacha bo‘lgan doira shakldagi tekis yer ufq tekisligi deyiladi.

15-rasm. Ufq, ufq tekisligi. Ufq tekis- ligining asosiy va 21 oraliq tomonlari.
15-rasm. Ufq, ufq tekisligi. Ufq tekis- ligining asosiy va 21 oraliq tomonlari.

Darslikning “Quyosh, oy va yulduzlar” mavzusida (15—16- betlar) ufqning 4 ta asosiy tomoni va 4 ta oraliq tomonlari hamda bulardan boshqa mayda oraliq tomonlari borligi haqida aytib o‘tilgan edi.

Lekin har bir joyda yo‘nalishlar juda ko‘p. Chunonchi, Siz turgan joydan biror uy yoki daraxtga tomon yo‘nalish to£ppa-to£g‘ri shimolga emas, biroz sharqqa yoki janubi-sharqqa bo‘lsa, Siz bu yo‘nalishni qanday aniqlaysiz? Ana shunday vaqtda azimut yordam beradi.

Azimutni kompas yordamida aniqlash. Har qanday aylana 360° ga bo‘lingan (Kompas nima? U qanday tuzilgan? Bularni «Tabiat- shunoslik» fanidan eslang).

Azimut nima?

Xo‘sh, azimut nima? Azimut — joydagi ikki yo‘nalish orasida hosil bo‘lgan burchak. Bu yo‘nalishlardan biri doim shimolga, ik- kinchisi esa biz aniqlash lozim bo‘lgan predmetga (biror daraxtmi, simyog‘ochmi) yo‘nalgan bo‘ladi (16-rasm).

Azimutlar shimolga yo‘nalishdan boshlab soat millari harakati yo‘nalishi bo‘yicha hisoblanadi (16-rasmga e’tibor bering). Rasmda simyog‘ochga yo‘nalish azimuti 50° ga, zavod mo‘risiga yo‘nalish azimuti 135° ga, yo‘l chetigacha yo‘nalish azimuti 210° va daraxtga yo‘nalish azimuti 330° ga teng ekanini ko‘rasiz.

Рис. 16. Определение азимута с помощью компаса
16-rasm. Azimutni kompas yordamida aniqlash.

Masofani o‘lchash

Masofani o‘lchash. Biror joyning planini tuzayotganda maso- falarni o‘lchashga to£g‘ri keladi. Bir-biriga yaqin turgan ikki predmet orasidagi masofani metr yoki ruletka yordamida o‘lchash mumkin. Lekin boriladigan joygacha bo‘lgan masofani yoki tabiatdagi ikki predmet oralig‘ini qadamlab o‘lchash qulay.

Masofani qadamlab o‘lchash uchun har bir bola o‘z qadami- ning o‘rtacha uzunligini bilishi zarur. Qadamning o‘rtacha uzunligini bilish uchun avval 100 metr(m) masofani ruletka bilan o‘lchab olish kerak. Keyin shu masofani odatdagicha qadamlab yurib, necha qa- dam ekani aniqlanadi. Aytaylik, Siz, 100 m masofani 200 qadamda bosib o‘tdingiz. Endi 100 m ni 200 ga bo‘lasiz. 100 m — 10 000 santimetr (sm). 10 000 : 200 = 50 sm. Demak, Sizning har bir qada- mingizning uzunligi 50 sm, ya’ni yarim metrga teng ekan.

Kattaroq masofalarni o‘lchaganda qadamni juftlab hisoblash kerak. Bunda chap oyoq qadamini sanasangiz, sanoq qancha bo‘lsa, masofa shuncha metr bo‘ladi.

Masofani yasama o‘lchov g‘ildirak yordamida o‘lchasa ham bo‘ladi. Bunday g‘ildirakni tunukadan qo‘lda yasash mumkin. Bu- ning uchun qalin tunukadan diametri 32 sm qilib, doira shaklda g‘ildirak qirqib olinadi. G‘ildirakni uzunligi 1 metrli dastakka ayla- nadigan qilib mustahkamlanadi. Bu g‘ildirak bir aylanishi 1 m ga teng. G‘ildirakning biror yeriga qattiq plyonka yopishtirib qo‘yilsa, g‘ildirak har bir to‘liq aylanganda o‘qqa tegib, ovoz chiqaradi. Siz uning yordamida g‘ildirak necha marta aylanganini hisoblaysiz.


  1. Ufq deb nimaga aytiladi? Ufq tekisligi nima?
  2. Ufq tekisligining asosiy tomonlari kompas yordamida qanday aniqlanadi?
  3. Ufq tomonini mahalliy belgilarga qarab qanday aniqlash mumkin? Azimut nima?
  4. Azimutni kompas yordamida qanday aniqlashni ko‘rsating.
  5. Uyingizdan maktabgacha bo‘lgan masofani o‘lchang. So‘ng bu yo‘nalishni daftaringizga chizib oling.
Previous articleXalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar (referat)
Next articleMasshtab