Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari. Меҳнат қонунчилигида вояга етмаганларнинг ҳуқуқлари. Мехнат конунчилигида вояга етмаганларнинг хукуклари.
Har bir shaxsmeh nat qilish, erkinkasb tanlash, adolatlimeh nat sharoitlaridaish lash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himo yalanish huquqiga egadir.
Konstitutsiya. 37- moddadan.
“O‘n sakkiz yosh -ga to‘lmagan shaxslar meh natga oidhu qu qiy muno sa -bat larda katta yosh da gi xodim lar bilan teng huquq dabo‘ la di lar, mehnat ni muhofa za qilish, ish vaqti, ta’ til larva boshqa mehnat shart lariso ha sida ular uchun meh -nat to‘g‘risidagi qonunlar vabosh qa normativ hujjat lar dabel gi langan qo‘shim cha imti yoz lardan foyda la na di lar”.
Mehnat kodeksi. 240- moddadan.
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
- Yuqoridagi rasmlarda tasvirlangan bolalar qanday mashg‘ulotlarbilan shug‘ullanmoqda?
- Konstitutsiyada keltirilgan moddalari bilan tanishgan holda, sizning tengdoshingiz mana shu kasblardan qaysi birlarida ishlashi
- Mabodo tengdoshlaringiz shu kasblardan qaysidir biri bo‘yichaish ga kirsa, unga qanday sharoitlar yaratib berish lozim bo‘ladideb o‘ylaysiz?
- Bolalarning yoshligidan mehnat faoliyatiga jalb qilinishi jamiyatga foyda keltirishi mumkinmi? Buning ijobiy va salbiy tomonla ri ni sanab berishga harakat qiling.
- Maktabdagi o‘qishga halaqit bermagan holda mehnat bilan shug‘ul lanib o‘zingiz mustaqil pul topishga imkoniyatingiz bor debo‘y laysizmi?
- Haq to‘lanadigan vazifada ishlashingiz uchun ota-onangizningrozi ligi shart deb hisoblaysizmi?
- Sizning fi kringizcha, ishlab topilgan pulingizni kim tasarruf qilishi lozim? Sizmi yoki ota-onangizmi? Nima uchun?
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida har bir shaxs mehnat qilish, erkinkasb tanlash huquqiga ega bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Mehnatko dek sining 77- moddasiga binoan, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdanrux sat beriladi. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ota-onasidan birining yokiular ning o‘rnini bosuvchi odamning yozma ravishdagi roziligi bilan, tibbiyko‘rik dan o‘tkazilib, ishga qabul qilinadi.
Shunda ham bu ish ularning sog‘lig‘iga va axloq odobiga ziyon qilmaydigan, o‘qishlariga xalaqit bermaydigan, yengil bo‘lishi lozim.
Voyaga yetmaganlarni mehnat faoliyatiga jalb qilishdan ko‘zlanganasosiy maqsad yoshlarni mehnatga tayyorlash va ular ni kasb tanlashlarigaturtki bo‘lishi lozimligini e’tiborga ilish kerak.mumkinligi to‘g‘risida o‘z fi kringizni bildiring. Fikringizni asoslashga harakat qiling.
Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti 16 yoshdan 18yosh gacha bo‘lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16yosh gacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan osh maydi gan qilib belgilanadi. |
Mehnatga oid huquqiy munosabatlarda esa o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganbola lar katta yoshdagilar bilan teng huquqda bo‘ladilar. Ular ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari bo‘yicha ular uchun mehnat to‘g‘risidagiqonun lar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha va imtiyoz lardan foydalanadilar. Ularga belgilangan me’yordan ortiq yuk ko‘tarishva tashish lariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nodir ota-onasining, vasiylik va homiylik organining roziligibilan kichik korxonaga ishga joylashdi. Biroz vaqt ishlaganidan so‘ngu ishdan bo‘shash to‘g‘risida korxona rahbarini ogohlantirdi va yozmaariza berdi. Korxona rahbari Nodirning arizasini rad qildi va otaonasining yozma roziligini olib kelishini so‘radi. |
Sizning munosabatingiz. Korxona rahbari to‘g‘ri yo‘l tutdimi? |
Shuningdek, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan o‘quvchilarningish vaqti muddati o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarish vaqti eng ko‘p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas. Qolaver sa, bolalar tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olishkun laridagi ishlarga jalb qilinmasligi lozim.
Bundan tashqari, ishni o‘qishlari bilan birga olib borayotgan voyagayet maganlarga ish beruvchilar zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerakbo‘ ladi.
Shu o‘rinda, ham o‘qib, ham mehnat qilishni xohlovchi voyaga yetma gan bola larga mamlakatimizning mehnat qonunchiligida bir qanchaim ti yozlar beril ganligini aytib o‘tish lozim. Bulardan, qo‘shimcha ta’tilgachi qish, qis qartirilgan ish haftasi kabilarni misol qilish mumkin.
Agar umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan bolalar haftasiga olti kunishla salar, ularga o‘quv yili davomida kamida o‘ttiz olti ish kuni miqdoridata’til berilishi kerak bo‘ladi.
Ishdan ozod qilingan vaqt uchun o‘quvchilarga ish joyida oladigano‘rta cha oylik ish haqining kamida ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdordahaq to‘lanadi.
O‘quvchilar uchun ish haqi saqlangan holda kasb-hunar kollejlaridadav lat imtihonlarini topshirish paytida yigirma ish kunidan kam bo‘lmaganta’til beriladi.
Ustaxona ma’muriyati o‘n beshyarim yoshli o‘smirni gaz payvandchisi shogir d i qilib mustaqil ravishda ishga qabul qiladi. Tib biy tekshiruvda shifokor (kasbni ko‘r -sat ma gan holda) ushbu o‘smir ishlab chi qa rishama li yotini o‘tishi mumkin degan ma’lu motno ma beradi. Uning uchun 6 soatlik ish kunibelgi lanadi (maxsus qo‘shimcha to‘l ov siz). Biroz muddatdan keyin prokuror yor dam chi simehnat qonunchiligiga rioya qili nishini umumiy nazorat qilish tartibida tek shirish o‘tkazib, tuman prokuraturasi orqali ustaxona mudiriga yozma bayon nomayubo radi va unda shogirdini boshqa ishga o‘tkazishni hamda o‘s mir larmeh natini muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilikning bir qator buzi lishhol larini tugatishni talab qiladi. 1. Prokurorning talabi asoslimi? 2. Ustaxona ma’muriyati tomonidan mehnat qonunchiligi buzilishiningqan day hollari sodir bo‘ldi? 3. Shunga o‘xshash holatlarda qonunchiligimizda sud tomonidan huquqiy javobgarlikning qanday turlari ko‘zda tutilgan? |
Maktabning sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlarini topshirish vaqtida,ishla yotgan o‘quvchiga, o‘rtacha ish haqi saqlangan holda to‘rt kundan oltikun gacha ishdan ozod qilish belgilab qo‘yilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishnitartib ga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo‘yichako‘p gina xalqaro huquqiy hujjatlarga qo‘shilgan O‘zbekiston Respublikasi,jumla dan, 2008- yil 4- apreldagi O‘RQ – 140- son Qonun bilan “Ishgaqabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Jeneva, 1973- yil, 26- iyun), 2008- yil 8- apreldagi O‘RQ – 144- son Qonuni bilanesa, “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va yo‘q qilishga doirshoshi linch choralar to‘g‘risida”gi Konvensiyani (Jeneva, 1999- yil, 17-iyun) ratifi katsiya qilgan.
Hikmatlar xazinasidan!
Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushiva kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir. (Majididdin Xavofiy)
Sharhlang!
Har qanday mehnat insondan shaxsiy irodaviy faoliyatni talab qiladiva inson tomonidan shaxsan amalga oshiriladi, shu sababdan har qandaymeh natga layoqatli shaxs bir vaqtning o‘zida huquqiy layoqatga vamuomala layoqatiga ega bo‘lishi mumkin.
Ijodiy faoliyat
Faraz qiling, siz korxona rahbarisiz. Sizga 14 yoshli va 16 yoshliikki ta bola ishga joylashish uchun murojaat qildi.
Sizning xatti-harakatlaringiz qanday bo‘lishi lozim? Siz ularga qanday ishlarni taklif qila olasiz? Ularga qanday shart-sharoitlar yaratibber gan bo‘lar edingiz? Ularga qanday imtiyozlar bergan bo‘lar edingiz? Agar ular ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berishsa, qanday hujjatlartalab qilgan bo‘lar edingiz?
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
- Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan voyaga yetmagan bolalarni nechayosh dan ishga olish mumkin?
- O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ishga qay tarzda joylashadilar?
- Bolalarning qay sharoitlarda mehnat qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi?
- Mehnat qonunchiligiga asosan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ga ish vaqti haftasiga necha soat, 14 dan 16 yoshgacha bolalarga nechasoat qilib belgilanadi?
- Ham o‘qib, ham mehnat qiluvchi voyaga yetmaganlarga qonunchiligimizdaqan day imtiyozlar ko‘zda tutilgan?
- Bu imtiyozlar qay tarzda belgilanishi lozimligini tushuntiring.
- O‘zbekiston Respublikasi voyaga yetmaganlarni mehnatga jalb qilishnitar tibga solish va bolalar mehnatidan foydalanishni cheklash bo‘yichaqan day xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifi katsiya qilgan?