Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari

0

Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari. Оила қонунчилигида вояга етмаганларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари. Оила конунчилигида вояга етмаганларнинг хукук ва мажбуриятлари.


13 yoshli G‘anijonga buvasidan avtomashina meros bo‘lib o‘tdi. G‘anijon o‘gayota-onasi bilan birga yashaydi. G‘anijonning otasi mashinani sotib, shartnomaniras miylashtirish maqsadida hujjatlarni tasdiqlash uchun davlat idorasi (notarius)ga murojaat qildi. Ammo notarius shartnomani rasmiylashtirishdan bosh tortdi.

Kasb-hunar kollejining o‘quvchisi Dilshodbek 80000 so‘mlik DVD playernikre ditga oldi. Dilshodbek 16 yoshda bo‘lib, har oyda kollejning maxsus stipendiya sini olar edi. Uning otasi Olim akaga o‘g‘lining xaridi ma’qul kelmadi. Uo‘g‘ lining DVD playerga qiziqib, o‘qishga e’tibori kamayib ketishidan xavotirdaedi. Shu sababli, Olim aka, o‘g‘li bu shartnomani tuzganidan bexabar ekanligininazar da tutib, uni haqiqiy emas deb tan olinishini so‘rab sudga murojaat qildi.

Halimaning hech kimi yo‘q, u qarindoshlarining tarbiyasida bo‘lib, ota-onasidan meros uyi bor. U 16 yoshida tuman hokimining ruhsati bilan turmushga chiqdi. Eri ning uyiga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan o‘ziga meros bo‘lib qolgan shaxsiymul ki bo‘lmish uyini sotishga qaror qildi. Shu maqsadda oldi-sotdi ishlarini rasmiy lashtirish maqsadida qishloq fuqarolar yig‘ini raisiga yordam so‘rab muro jaatqilgan edi, yig‘in raisi Halimani to‘la muomala layoqatiga yetmagan deb, shartno mani rasmiylashtirishga ruxsat etmadi. Bundan xafa bo‘lgan Halima qishloqfu qa rolar yig‘ini raisining qaroridan norozi holda sudga murojaat etmoqchi.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Agar G‘anijonning o‘gay otasi sudga shikoyat qilsa, sud qandayqa ror chiqarishi mumkin deb o‘ylaysiz?
  2. Sizning fi kringizcha, G‘anijonning o‘gay otasi unga meros qolganavto mashinani sotish huquqiga egami?
  3. Sizningcha, Halimaning QFYi raisidan xafa bo‘lishi o‘rinlimi?
  4. Agar Halima sudga murojaat qilsa, uning shikoyati bo‘yicha sudqan day qaror chiqarishi mumkin deb o‘ylaysiz? Halimaning otaona si bor bo‘lsa, qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin? Yo‘qbo‘l sa -chi?
  5. Dilshodbekning qilgan ishini huquqbuzarlik deb atasa bo‘ladimi? Nima uchun?
  6. Sizningcha, Olim akaning shikoyati yuzasidan sud qanday qarorgakeli shi mumkin? Siz Olim akaning o‘rnida bo‘lganingizda qandayyo‘l tutgan bo‘lar edingiz? Dilshodbekning o‘rnida bo‘lganingizda-chi?
  7. Yuqoridagi muammolarni hal qilishda siz qanday yo‘l tutgan bo‘-lar dingiz?
  8. Oilangizdagi qaysi buyumlarni mustaqil tasarruf etishingiz mumkin?
  9. O‘zingizga shaxsan tegishli bo‘lgan buyumlaringiz bormi?
  10. O‘zingizga tegishli bo‘lgan buyumingizni o‘rtog‘ingiz bilanal mash tirish uchun ota-onangizdan ruxsat so‘raysizmi? Nimauchun?

“Ota-onalar o‘z farzandalarini voyaga yetgunlariga qadarboqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalariningvasiy ligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash vao‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyat larini rag‘batlantiradi”.

Konstitutsiya. 64- modda.

  1. Bolalarning voyaga yetgunga qadar ota-onalar tomonidan boqilishi va tarbiyalanishi shartligi konstitutsiyaviy huquq darajasiga chiqarilishining sababi nimada deb o‘ylaysiz? Bu hol bizning milliy qad riyatlarimizga mosmi?
  2. Davlatning boquvchisiz va qarovsiz qolgan bolalarga e’tiborinikons titutsiya orqali mustahkam majburiyatga aylantirilishidan jamiyatqan day naf ko‘radi? Bunda joriy va kelajakda ko‘riladigan nafni alohidaajra tib ko‘rsatishga harakat qiling.

Bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlardan tashqari, har bir bola oiladayashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidanfoy dalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega.

Ayrim sabablarga ko‘ra bolaning ota-onasi bo‘lmaganda uning oiladatar biyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.

Voyaga yetmagan bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoyaqilish huquqiga ega. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning otaonasi, ota-onasi yo‘q bo‘lsa, ota-onasining o‘rnini bosuvchilar, vasiylik vahomiylik idoralari, prokuratura, sud tomonidan amalga oshiriladi.

Voyaga yetmagan bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan,uning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lganshaxs lar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik vaho miy lik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach,vasiy lik va homiylik organi bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarinihimo ya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart bo‘ladi. Ota-ona o‘zbola larining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniyva yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarda, shu jumladan, suddaalohi da vakolatlarsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.

Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masa la hal qilinayotganda bola o‘z fi krini ifoda qilishga, shuningdek, har qan -day sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haq lidir.

Har qanday ota-ona o‘z farzandlariga o‘zaro kelishib, yoki yaqin qarindosh-urug‘lari maslahati bilan ota-onasining ismiga ko‘ra, yoki o‘zlari xohla gan ismni qo‘yishlari mumkin. Odatda, bolaning familiyasi ota-onaningfami liyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-ona turli familiyalarda bo‘lsa, ularning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi berilishimumkin. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga milliy an’analarga ko‘ra otayoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.

“Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalarihaqi da g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”.

Konstitutsiya. 66- modda.

  1. Konstitutsiyaning ushbu moddasining talablari bo‘yichafi kringizni bildiring.
  2. Bu modda talablari bizning milliy qadriyatlarimizga, urf-odatlarganechog‘lik mos tushishi bo‘yicha o‘z fi kringizni bildiring.
  3. Ushbu modda talablarini 64- modda talablari bilan taqqoslang.

O‘n olti yoshga to‘lguncha, voyaga yetmagan bolaning familiyasima’lum maqsadda ota-onasi birgalikda qabul qilgan qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. Agar u o‘n olti yoshga to‘lgan bo‘lsa, uning ismi yokifami liyasini o‘zgartirish faqat uning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.

Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkigaega lik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasidanyo ki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bundabo la ga tegishli har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqatur da gi nafaqa bo‘lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti,ta’ lim-tarbiya olishi uchungina sarfl anishi kerak bo‘ladi.

Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi hammum kin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bundaymulk ka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.

Va nihoyat, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibdahad ya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati vatad bir korlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulkihi sob lanadi.

Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagibuyum lari (kiyim-kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar)ularning xususiy mulki hisoblanadi.


Amerikalik bir do‘stimning uyiga mehmonga bordim. Do‘stimbilan hol-ahvol so‘rashib turgandim, uning o‘g‘li o‘qishdan keldi.

– Ota men keldim. “Salom” dedida (inglizchada) yuqori qavatdagio‘z xona siga chiqib ketdi. Biroz vaqt o‘tib, allaqanday rok guruhiningmusiqasi uyni to‘ldirib yangray boshladi. Men do‘stimga, – hozir boshog‘ri g‘idan shikoyat qilayotgan eding, o‘g‘lingga aytsang bo‘lmaydimi,sal pasaytirsin, – dedim. Do‘stim menga: “Bu o‘g‘limning huquqi, menunga pasaytir deya olmayman, u dam olyapti”, – deb javob berdi.

  1. Bizning milliy qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan ushbu oiladagihuqu qiy munosabatlarni ijobiy baholash mumkinmi?
  2. Bola o‘z huquqidan foydalanar ekan, boshqalarning qanday huquqlarini buzdi?

Sharhlang!

Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarining qonuniy vakili hisoblanadi.

Bun ga sabab ular o‘z huquq va majburiyatlarini mustaqil himoya qilaol mas ligidandir.

Ota va ona bolalarini moddiy jihatdan ta’minlash, jismonan, ruhanva axloqan sog‘lom qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlashbora sida bir hil majburiyatga egadir. Ota-onaning huquqi bolaning manfa atiga xizmat qilishi kerak. Bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlarinihimo ya qilish huquqiga ega.


Ijodiy faoliyat

O‘z oilangizni yozma tavsifl ang. Oilangizda o‘zingizning va boshqavoya ga yetmagan aka, uka, opa, singillaringizni sanab yozing. Ularnimuhim lik darajasiga qarab tasvirlang.

O‘zingizni oiladagi burchlaringizni ham yozing.

Siz uchun oiladagi huquqlaringizning saqlanishi muhimroqmi yokiburch laringizning bajarilishimi? Bunda siz va oila nuqtai nazaridanyon doshishga harakat qiling. Javobingizni yozing.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Har qanday bolaning o‘z oilasida qanday huquqlari mavjud?
  2. Agar voyaga yetmagan bolaning ota-onasi bo‘lmasa, uning huquqlaribaja rilishi kim tomonidan ta’minlanadi?
  3. Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli masala halqili nadigan holda bolaning qanday huquqlari borligini ayting.
  4. Bolaga ism qanday va kim tomonidan beriladi?
  5. Necha yoshga to‘lgandan keyin voyaga yetmagan bolaning ismi va famili yasi o‘zgartirilishi uchun uning roziligi so‘raladi?
  6. Ota-ona voyaga yetmagan bolasining yoki bola ota-onasining mulkigaega lik qilishga haqlimi?
  7. Agar voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi alohida mulklarga egalikqilish sa, ular bir-birlarining mulklaridan foydalana oladilarmi?
  8. Qanday buyumlar voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi?
Previous articleAxloq tuzatish ishlari jazosi nima?
Next articleMehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari