O‘zbekistonning tarixiy-me’moriy yodgorliklari

0

Ўзбекистоннинг тарихий-меъморий ёдгорликлари.


Ismoil Somoniy maqbarasi

Buxoro shahrining madaniyat va istirohat bog‘i hududida Ismoil Somoniy maqbarasi qad ko‘tarib turibdi. U IX asrda Movarounnahming mashhur hukmdori Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan.

Ismoil Somoniy maqbarasi
Ismoil Somoniy maqbarasi

Maqbaraning to‘rt tomoni ham deyarli bir xil o‘lchamli va bir xil ko‘rinishdadir. Pishiq g‘ishtdan ko‘tarilgan ushbu maqbaraning devori kohinishidan bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Maqbaraning usti gumbaz bilan qoplangan. Gumbaz atrofiga to‘rtta qubba o‘rnatilgan.


Minorayi Kalon

Minorayi Kalon. Minorayi Kalon (Katta minora) Buxoro shahrida bunyod etilgan eng go‘zal me’moriy yodgorliklardan biri. Uni Movarounnahr hukmdori Arslonxon 1127-yilda qurdirdi.

Minorayi Kalon
Minorayi Kalon

Minoraning poydevori yer sathidan 9 metr chuqurlikda bunyod etilgan.

U tosh va maxsus qorishmadan ko‘tarilgan. Balandligi 50 metr bo‘lgan minora pishgan g‘ishtdan terilgan bo‘lib, yuqori qismiga atrofni kuzatish maqsadida 16 ta dare ha ochilgan. Minora tepasiga uning ichiga qurilgan 104 ta aylanma zina orqali chiqilgan. Minorayi Kalon hamon savlat to‘kib, qad ko‘tarib turibdi.


Registon majmuasi

Registon deyilganda Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar — bayramlar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun uning ustiga mayda tosh yotqizilgan.

Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’moriy majmua bunyod etildi.

Ulug‘bek madrasasi XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib, atrofi hujra va darsxonalar bilan ohalgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi — Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida joylashgan.

Registon Samarqand Samarkand
Registon me’moriy majmuasi

Madrasa to‘rt burchakli va ikki qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni quvib borayotgani tasvirlangan. Quyosh esa bodomqovoq, qiyiq ko‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan.

Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin sarflangani uchun madrasa Tillakori nomini oldi.

Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori madrasasida ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivallari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu xalqaro festivalning ahamiyati haqida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bunday degan edi: «Sharq taronalari» musiqa festivali xalqlarimiz madaniyatlarini o‘zaro boyitadi…, xalqlarimizni … bir-biriga yaqin- lashtiradi».


Oqsaroy

Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur o‘z onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. U o‘z davrining eng go‘zal va salobatli me’moriy inshooti edi. Bu obida tepasiga aylanma zinalar orqali chiqilgan.

Oqsaroy devonxonasi peshtoqiga Quyosh, Arslon va Amir Temur davlatining uch halqa shaklidagi tasviri tushirilgan. Ayniqsa, Oqsaroy tomi tepasiga barpo etilgan hovuz saroyning eng noyob jihati edi. Bu hovuzga suv dovondan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kelingan. Hovuzdagi ortiqcha suv sharshara hosil qilish yo‘li bilan pastga oqizilgan.

Hozirda Oqsaroy me’moriy majmuasi restavratsiya qilinib (qayta tiklanib) markaziy maydonda Amir Temur haykali o‘rnatildi.

Oqsaroyning go‘zalligi va salobati hatto chet elliklarni ham hay ratga solgan.

E’tibor bilan o‘qing!

Hatto mohir ustalari jahonga mashhur bo‘lgan Parijda ham bu ish juda go‘zal hisoblangan bo‘lar edi.

Gonzales de Klavixo — Ispaniya qirolligi elchisi.
O‘z davrida dunyoni lol etgan Oqsaroydan hozirgi kunda ulkan peshtoqning ikki chekkasidagi minora va poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan, xolos.


Ichan qal’a

Jahonning durdona yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qismidir. U o‘tmishda ajdodlarimiz mohir- lik bilan bunyod etgan 54 ta noyob tarixiy-me’moriy obidalar majmuasiga kiradi. Bu majmua Ko‘hna Ark (arzxona), madrasa, mas­jid, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlarni o‘z ichiga oladi. Dunyoda bunday noyob va go‘zal obidalari bilan saqlanib qolgan shaharlar juda kam.

Ichan qal’a majmuasi
Ichan qal’a majmuasi

Shuning uchun ham 1961-yildayoq Ichan qal’a majmuasi muzey- ga aylantirildi. Bu muzey-qo‘riqxonaning maydoni 26 gektarni tashkil etadi. 1990-yilda esa xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Ichan qal’a «Jahon madaniyati merosi» ro‘yxatiga kiritildi.


Atamalar mazmunini bilib oling

Maqbara — vafot etgan kishining jasadi qo‘yiladigan me’moriy inshoot.

Minora — pastdan yuqoriga qarab kichrayib boradigan tarzda qurilgan baland inshoot. Minoralar, asosan, masjid va madrasalar yonida qurilgan. Minoralar din vakilining azon aytishi va shahardagi me’moriy majmualarga ko‘rk, salobat berish hamda uni qurdirgan kishining kuch-qudratini namoyish etish uchun qurilgan.

Registon (mayda tosh to‘shalgan joy) — Sharq mamlakatlarida shaharning markaziy maydoni.


Savol va topshiriqlar

  1. Ismoil Somoniy maqbarasi va Minorayi Kalon haqida so ‘zlab bering.
  2. Oqsaroy haqida nimalarni bilib oldingiz?
  3. Ichan qal’aning muzey-qo‘riqxonaga aylantirilganligi va Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligi nimani anglatadi?
Previous articleO‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda
Next articleIsmoil Somoniy maqbarasi haqida