Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi

0

Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi. Виждон ва диний эътиқод эркинлиги ҳуқуқи. Виждон ва диний эътикод эркинлиги хукуки.


O’zbekistonda o’z tasdig’ini topgan vijdon erkinligini hurmat qilish xalqimizning teran ma’naviy an’analariga javob beradi. Dinning davlatlashtirilishi har kimning dinga e’tiqod qilishi shaxsiy ishi ekanligiga davlatning aralashuvini anglatgan bo’lar edi. Davlat va diniy tashkilot orasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonuni asosida boshqarib boriladi. Konstitutsiya dindorlarga ham, dunyoviy turmush tarzini kechiruvchi kishilarga ham davlat ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo’lishini kafolatlaydi.

Asosiy qonun belgilaydi

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda.

Yodda tuting!

Dunyoviy davlat — rasmiy davlat dini mavjud bo’lmagan va birorta diniy ta’limot majburiy sanalmaydigan davlat.

4-topshiriq

Sizningcha, qaysi hollarda insonning shaxsiy huquqla ri buzilgan? Yuzaga kelgan muammo yechimini taklif qiling.


1-vaziyat.

O’smirlar guruhi o’g’irlik sodir etdi. Bu voqea sudgacha maktab Pedagogik kengashi majlisida muhokama qilinib, unda o’sha o’smirlarni jinoyatchilar deb atashdi. Shu bilan birga, majlis qatnashchilari ularni sud qat’iy jazolaydi degan umid bildirishdi…

Bunda har ikkala tomonda qanday qonunbuzarlik namoyon bo’ldi?

2-vaziyat.

O’smirlar guruhi tibbiyot institutining tajriba xonasidan kuchuk o’g’irlashdi. Voqeani tekshirish davomida shu narsa aniqlandiki, tajriba o’tkazilgandan so’ng kuchuklar boqilmasligi va parvarishlanmasligidan zorlanib akillashlariga bolalar achinishgan.

Axloq va qonun nuqtayi nazaridan o’smirlar xatti-harakatini qanday baho laysiz?

3-vaziyat.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Komissiya yig’ilishida o’g’ri- lik masalasi yuzasidan muhokama borardi. Shu payt inspektor kabinetiga jabrlanuvchi shaxt bilan kirib keldi-da, o’g’irlik sodir etgan o’spiringa ko’zi tushgach, unga qarata haqorat yog’dira boshladi. Ammo inspektor uni to’xtatdi va haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdi.

Sizningcha, inspektor, garchi o’spirinning aybi aniq bo’lsa-da, nega uning sha’niga haqorat yog’dirilishini to’x tatdi?

4-vaziyat.

O’tgan darsda to’qqizinchi sinf o’quvchilari sport zalida jismoniy tar- biya darsida bo’lganlarida, yettinchi sinf o’quvchilari ularning xonasida o’tkazilgan darsda o’tirishgan edi. Shu dars paytida o’zlarining pullari yo’qolganini bahona qilib, to’qqizinchi sinf o’quvchilari yettinchi sinf o’quvchilarini tintib chiqishdi.

To’qqizinchi sinf o’quvchilarining xatti-harakatlari qonuniymi? Ushbu xat- ti-harakatlarga baho bering.


5-topshiriq

Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Qaysi hollarda insonning qanday shaxsiy huquqlariga putur yetkazilgan?

  • Siz konverti ochib ko’rilgan maktub oldingiz;
  • muassasadan chiqayotganda militsiya xodimi sizdan sumka ichidagilarni ko’rsatishni talab qildi;
  • vaksinalash (emlash) paytida bolaga gepatit virusini yuqtirishdi;
  • o’quvchi qizning pul turgan hamyoni yo’qoldi va yonidagi partadoshiga: «Sen o’g’irlagansan, sen o’g’risan», – deb aytdi;
  • konduktor chipta olishni rad etgani uchun yo’lovchini haqorat qildi.

Batafsil >> 

Previous articleFikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqi
Next articleHokimiyat nima? Ҳокимият / хокимият нима?